Populyasiyaning xarakterli xususiyatlari va tuzilmalari


Ekosistemada modda va energiya aylanishida ishtirok etuvch ekologik guruhlar hamfa ularning vazifalari haqida



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü33,55 Kb.
#82062
1   2   3   4
3-topshiriq javobi

Ekosistemada modda va energiya aylanishida ishtirok etuvch ekologik guruhlar hamfa ularning vazifalari haqida.

"Ekosistema» tushunchasi ilk bor ingliz ekologi A. Tensli (1935) tomonidan qo‘llanildi. U ekosistemalarni tabiatning er yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi.Modda aylanishinig amalga oshishi uchun anorganik moddalar va yana 3 ekologik guruh organizmlari—produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bo‘lishi lozim.Produtsentlar—bu avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik birikmalaridan foydalanadi.Konsumentlar—bu geterotrof organizmlar bo‘lib, produtsentlar va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan foydalanadi.Redutsentlar— organik moddalar hisobiga yashaydi va ular moddalarni qayta o‘zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi. Tabiatda turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi lishayniklar yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi, o‘tloq, o‘rmon, dasht, cho‘l, okean, butun er yuzining hayot bilan band qismi.

Ekosistema va biogeotsenoz terminlari bir—biriga yaqindir. "Ekosistema" modda almashinuvi amalga oshib turadigan sistemani bildiradi.Moddalar aylanishi va organizmlarning ekosistemadagi hayoti, doimiy ravishda ularni ta’minlanib turadigan energiya oqimiga bog‘liq. Erdagi butun hayot quyosh nurlari energiyasi yordamida davom etadi. Bunda fotosintez yordamida organik birikmalarning kimyoviy bog‘lanishlari hosil bo‘ladi.




  1. Yüklə 33,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə