Pedagogning o’z usitida ishlash bosqichlari O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishi



Yüklə 1,28 Mb.
tarix07.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#126271
3. amaliy


Pedagogning o’z usitida ishlash bosqichlari
O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishi. O‘qituvchi mehnatini tashkil etishda o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
O‘z-o‘zini rivojlantirish –
1) shaxsning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishi;
2) shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirishi;
o‘z-o‘zini takomillashtirishi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga hayotini yaxshilash, qulay yashash sharoitini yaratish uchun muayyan vazifalarni qo‘yadi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishi uning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi sanaladi. Pedagoglarning kasbiy nuqtai nazardan rivojlanishida uning o‘zini o‘zi tahlil qilishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish – pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishi. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi ob’ektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘zo‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash sub’ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. Qolaversa, o‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi (29-rasm).

O‘z-o‘zini baholash darajasi shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O‘zini o‘zi oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatish o‘zo‘zini baholash ko‘rsatkichlarining noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi. IV. Individual rivojlanish dasturi - o‘qituvchining kasbiy rivojlanishining muhim omili. O‘qituvchining kasbiy nuqtai nazardan rivojlanishida individual rivojlantirish dasturiga ega bo‘lishi muhimdir. Individual rivojlanish dasturi – har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida u yoki bu sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqilgan shaxsiy dasturi. O‘qituvchining individual rivojlanish dasturi – mutaxssis sifatida o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqilgan dasturi. Mutaxssis sifatida o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiypedagogik sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda shaxsiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi. Bu dasturda o‘qituvchining o‘zida shakllantirishi, takomillashtirishi zarur bo‘lgan sifat, BKMni shakllantirish, amaliy faoliyat turlarini tashkil etish, tanlangan metodlar bo‘yicha o‘z ustida ishlash uchun belgilangan muddat aks etadi. Shaxsning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishini, shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirishini hamda o‘z-o‘zini takomillashtirishini ta’minlovchi metod, vositalardan samarali, maqsadli foydalana olishi, qolaversa, o‘z-o‘zini kuchli mutaxassis ekanligiga, faoliyatiga ijodiy yondasha olishiga ishontira bilishi o‘qituvchi mehnatining samarali kechishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda o‘qituvchi o‘z-o‘zini ishontirish shaxsning o‘z shaxsiy sabab, rag‘bat (motiv)lariga aoslangan holda shaxsiy yo‘riqlariga ongli ta’sir ko‘rsatishi ekanligini anglay olishi zarur. O‘z-o‘zini ishontirish usuli negizini u yoki bu pozitsiyaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi takomillashgan aqliy harakatlar tashkil etadi. Barcha kasbiy faoliyatlarda bo‘lgani kabi pedagogik mehnatni tashkil etishda ham o‘qituvchi oldida uning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish, shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish yo‘lida Muhim omillar O‘zini tushunish (o‘zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish) Shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash (o‘zi to‘g‘risidagi ijobiy ma’lumotlarni to‘plash) O‘zini-o‘zi nazorat qilish (o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi

O‘zini o‘zi samarali baholash omillari muayyan harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan ichki va tashqi omillarni o‘zida mujasssamlashtirgan psixologik to‘siqlar mavjud bo‘ladi. O‘qituvchi ana shu to‘siqlarni yengib o‘ta olishi zarur. Buning uchun u mustaqil mashq qilishi, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, bunda hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchidan foydalangan holda o‘z-o‘zini takomillashtirish yo‘lida muayyan harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan ichki va tashqi omillarni bartaraf etishga harakat qilishi zarur. Mazkur jarayonda o‘qituvchi bir qator o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonidagi psixologik to‘siqlarni yengib o‘tish yo‘llaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘zo‘zini rivojlantirishida o‘z-o‘zini ishontirish, ruhiy barqarorlikka erishishga doir psixologik mashqlar va treninglardan samarali, o‘rinli foydalana olishi muhimdir. V. O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi. O‘qituvchi mehnatini tashkil etishda o‘z ustida ishlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mutaxassis sifatida o‘qituvchining mahorati, qobiliyati doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan o‘z ustida ishlashni taqozo etadi. O‘z ustida ishlash – shaxsning aniq maqsad, intilish asosida doimiy, izchil ravishda o‘z kamchiliklarini bartaraf etish, yutuqlarini yanada boyitib borish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish yo‘lida olib boradigan amaliy harakati. O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi – uning aniq maqsad asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish, uning samaradorligini va o‘zining ishchanlik faolligini oshirish, zamonaviy pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish, ilg‘or texnologiyalardan xabardor bo‘lish, faoliyatiga innovatsion yangiliklarini tadbiq etish, kasbiy BKMni takomillashtirish, salbiy pedagogik nizolarning oldini olish va bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati.
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular (30-rasm):

O‘qituvchi o‘z xato va kamchiliklarini aniqlashda ularning haqiqata mavjudligini tan olishi muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchining yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning o‘zi, boshqalar va atrof-muhit uchun zararini tushuna olishi Bosqichlar 1 2 3 4 5 Tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash Yutuqlarni boyitish, kamchiliklarni yo‘qotish haqida aniq qarorga kelish Qarorga ko‘ra amaliy harakatlarni izchil tashkil etish yo‘llarini izlash Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish Qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib borish 30-rasm.
Pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari ham muhim sanaladi. Zero, xato va kamchiliklar (nojo‘ya xatti-harakatlar va ularning oqibatlari) ijtimoiy munosabatlarning buzilishi, vazifa, muammolarning hal etilmaganligi kabi holatlarni yodga olish, salbiy oqiba – pedagogik nizo yoki janjallarni keltirib chiqarishi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlikning qaror toptirishi mumkin. O‘qituvchi xato va kamchiliklarni takrorlamaslik yuzasidan qaror qabul qilishda o‘z iqrori va qarorini baralla ovoz bilan ayta olishi ham muhim sanaladi. O‘z ustida ishlashda o‘qituvchi ayrim psixologik-pedagogik jihatlarni inobatga ola bilishi zarur. Ular: o‘z ustida ishlash jarayonida shaxsning aqliy, jismoniy, hissiy va ruhiy tayyorgarligi, imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi. Binobarin, o‘z ustida ishlashda shaxs xotirasini chiniqtiradi, kechirimli bo‘lishni o‘rganadi, dunyoqarashi o‘zgaradi, tanasini chiniqtiradi, muloqot uslublarini o‘zlashtirish orqali atrofdagilar bilan samimiy, samarali munosabatda bo‘lishni, chiroyli so‘zlashishni o‘rganadi, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan pedagogik tajribaning to‘planib borishi zamin yaratadi. O‘qituvchilarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir (1-jadval):
2-jadval. Pedagogning o‘z ustida ishlash modeli

Bosqichlar Ularda amalga oshiriladigan vazifalar Qaydlar 1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich 5-bosqich Modelda o‘z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o‘tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi. O‘qituvchining mutaxassis sifatida: - aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish; - pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish; - izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish; - ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish; - faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish; - kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish; - salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. Demak, kasbiy refleksiya o‘z faoliyatini tahlil qilish orqali mutaxassisning rivojlanish istiqbolini belgilashga xizmat qiladi. Oqituvchining kasbiy refleksiyasi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishlari va natijalarini tahlil qilish orqali uning o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar va rahbariyatga bo‘lgan, shuningdek, ularning o‘qituvchining o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini oydinlashtirish imkoniyatini yaratadi. Binobarin, o‘qituvchining ta’lim sub’ektlari bilan o‘zaro munosabati pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pedagogik tashxis o‘qituvchi uchun kasbiy faoliyatda erishayotgan yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida to‘la tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlaydi. Uning natijasi o‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan harakat rejalarini tuzib olishiga imkon beradi. O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi harakat rejasi “Individual rivojlanish dasturi”da o‘z ifodasini topadi. Ushbu dastur asosida o‘qituvchi o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1. Kasbiy refleksiya deganda nima tushuniladi?
2. Oqituvchining kasbiy refleksiyasi nimalarda namoyon bo’ladi?
3. Pedagogik tashxis nima?
4. O‘qituvchi faoliyatini tashxislash qanday amalga oshiriladi?
5. Oqituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishi qanday kechadi?
6. Individual rivojlanish dasturi nima?
7. Qanday holatlar o‘qituvchining o‘z ustida ishlashini anglatadi?
Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə