Pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 5,13 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü5,13 Kb.
#163592
MUSLIMA HFH

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

Amaliy psixologiya

301- guruh talabalari.


Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruvni joriy qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, dunyoda epidemiologik xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni, hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda, ayniqsa, ularning profilaktikasi, erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash hamda davolashda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ish uslublarini qayta ko‘rib chiqib, sog‘liqni saqlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish zarur.
Quyidagilar sog‘liqni saqlash tizimini bugungi bosqichda isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
mavjud kuch va vositalarni jalb qilgan holda, eng avvalo birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini ta’minlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish, bu borada avvalambor sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda keng targ‘ib qilish;
Sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda raqobat muhitini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribaga asosan xodimlarni kasbiy rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish orqali joylardagi tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish;
Tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, xalqimiz o‘rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish, ushbu kasb egalari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga zamonaviy menejmentini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha va byurokratik tartib-tamoyillarni qisqartirish, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish hamda raqamli tibbiyotni takomillashtirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmati joriy qilinsin:
aholi ularning salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga (tayanch, past xavf guruhi, o‘rta xavf guruhi, yuqori xavf guruhi va boshqalar) bo‘linadi;
aholi guruh mansubligiga ko‘ra belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklardan o‘tadi va salomatligi davriy kuzatuvga olinadi;
Mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinadi hamda uyiga borgan holda ularga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va individual patronaj amalga oshiriladi;
profilaktik ko‘riklar o‘rniga hududning o‘ziga xos xususiyatlari va aholining guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar bo‘yicha davriy tibbiy skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi;
patronaj ko‘riklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimi joriy qilinadi;
umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi;
E’tiboringiz uchun rahmat.
Yüklə 5,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə