Pedagogika fani, uning


Pedagogik kuzatish metodi



Yüklə 481,71 Kb.
səhifə22/40
tarix31.12.2021
ölçüsü481,71 Kb.
#82085
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
1-ma`ruza ma`lumoti

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:



  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish;

  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.


Yüklə 481,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə