Pedagogik texnologiya turlari


Ushbu  farqlar  yuzasidan  quyidagi  fikrni  eslash  mumkin:  ” Aslida  zamonaviy



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/78
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#81675
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

 

Ushbu  farqlar  yuzasidan  quyidagi  fikrni  eslash  mumkin:  ”



Aslida  zamonaviy 

ta’lim  metodlari  muqaddas  qiziquvchanlikni  hozircha  batamom  bo`g`ib 

tashlamagani  deyarli  mo`jiza,  chunki  bu  nozik  nihol  (  ya’ni  qiziquvchanlik) 

rag`batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo`qsa, u 

shaksiz, mahv bo`ladi

”. ( A.Eynshteyn). 




 

14 


Bu  yerda  ta’lim  metodlari  qiziquvchanlikka  yetarlicha  erkinlik  bera  olmasligi 

nazarda  tutilmoqda.  Pedagogik  texnologiya  esa  bolaning  qiziquvchanligini  har 

tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. 

“Pedagogik  texnologiya”tushunchasi  xususiy  fanlar  va  mahalliy  darajalardagi 

o`qitish  metodikalari  tushunchasu  bilan  mos  keladigan  hollar  xususiy  darajadagi 

pedagogik  texnologiyalarga  tegishli.  Ular  orasida  faqat  asosiy  e’tiborni  nimaga 

qaratilishida farqlar mavjud. 

Texnologiyalarda  ko`proq  prossesual,  miqdoriy  va  hisob-kitob    komponentlari 

ifodalansa,  metodikalarda  maqsad,  mazmun,  sifat  va  variantli  yo`naltiruvchi 

tomonlari  ko`proq  ifodalanadi.Texnologiya    metodikalardan  o`zining  qayta 

tiklanuvchanligi,  natijalarining  turg`unligi,  ko`plab  “agar”lar(agar  o`qituvchi 

iste’dodli,  agar  bolalar  qobiliyatli  bo`lsa,  agar  yaxshi  ota-onalar  bo`lsa….)  yo`qligi 

bilan  farq  qiladi.Ya’ni  texnologiya  tegishli  tayyorgarlikka  ega  bo`lgan  hamma  

mutaxasislar  tomonidan  qayta  tiklash  va  qo`llash  mumkinligi  bilan  juda  ham 

individual bo`lgan metoddan farq qiladi. 

Metod – 

 biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`rinishidan iborat. 

Bunda harakatni amalga oshirish yo`li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat 

uchun  qo`llash  mumkin  bo`lgan  bir  nechta  yo`ldan  oldindan  ko`zda  tutilgan 

maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo`lga aytiladi. 

Harakatni  amalga  oshirish  usuli  deb,  tanlangan  ma’lum  yo`ldan  foydalangan 

holda  oldindan  ko`zda  tutilgan  maqsadga    erishish  uchun  qo`llaniladigan  harakat 

usullariga aytiladi. 

Hozircha metodlar ,metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok 

qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga 

olib  keladiki,  ba’zan  metodika  texnologiyalar  tarkibiga  kirib  qoladi,  ba’zan  esa 

aksincha 

Pedagogik  texnologiya  o`quv  jarayoni  (ya’ni  o`qituvchining  o`quvchining 

faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko`p darajada 

bog`langan.  


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə