Pedagogik texnika va aktyorlikka xos xususiyatlar


O`qituvchining aktyorlik mahorati



Yüklə 77 Kb.
səhifə2/6
tarix13.10.2023
ölçüsü77 Kb.
#127443
1   2   3   4   5   6
PEDAGOGIK TEXNIKA VA AKTYORLIKKA XOS XUSUSIYATLAR

O`qituvchining aktyorlik mahorati


Pedagogik texnikalar tizimiga o`qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta`sir ko`rsatadigan yana bir mahorat o`qituvchining aktyorlik va rejissyorlik mahoratidir. Xususan, adbiyot, odob, ma`naviyat asoslari, tarix fanlari o`qituvchilari uchun aktyorlik mahorati juda zarur. Ayrim mavzular, obrazlar, tarixiy qaxramonlarni tasvirlash, aktyorlik, tarbiyaviy ma`lumotlar so`rash, o`quvchilar vaoliyatini tashkil etishda o`qituvchidan rejissyorlik mahorati zarur. Bu ko`nikmalar o`qituvchiga yoshlar bilan muloqotda bo`lishda –o`quvchilarning intelektiga emas, balki ularning his-tuyg`ulariga ta`sir o`tkazishga, dunyoga hissiy jihatdan qimmatli bo`lish tajribasini o`rgatishda yordam beradi.
Pedagogik texnika xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogiiq.
0‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiograimnasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlaming fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “o‘qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar.
1) 0 ‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi,dilkashligi, mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta ’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, о 'quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta ’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mqfkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarurmateriallami tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta ’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar ja moasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham о'quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ malakalari: о ‘quvchilarni о 'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogic muloqotlarni tashkil qilishi, о'quvchilarning jamoada о'zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga solishi.
7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz о 'qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan О`rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to'g ‘ri foydalana bilishi, о`quvchilar xulq-atvorini mukammal о ‘rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, о'quvchilarni tarbiyalashda о 'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o'quvchilarga pedagogik ta ’siri natijalarini oldindan ко ‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlaming fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi
Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik, jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi.
Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari.
Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 – guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika); hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat, kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq sur’ati).
2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular – didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish, pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning tehnologik usullari.
Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil etishga oid masalalar hususida to’htalamiz.
YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar. O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar, ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi. O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan. Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish, nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik, ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq.
Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga tayyorlashning muhim omillaridan biridir.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə