Pedagogik nutq madaniyati va unga qo`yiladigan talablar



Yüklə 18,36 Kb.
səhifə1/2
tarix10.04.2023
ölçüsü18,36 Kb.
#104882
  1   2
Pedagogik nutq madaniyati va unga qo`yiladigan talablar


PEDAGOGIK NUTQ MADANIYATI VA UNGA QO`YILADIGAN TALABLAR
Reja:

1. Tarbiyachi nutqining bola nutqini to’g’ri rivojlantirishdagi ahamiyati.


2. Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan talablar.
3. Tarbiyachi nutqinitakomillashtirish ustida ishlash.

Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalikhayotda, o‘yinla da, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqa- bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bo`lishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalaming xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi -tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.


Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar. Tarbiyachimaktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalaming mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi,
Ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatlimunosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalaming mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlami tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan
olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalami ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarnitarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bolish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali
pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak.
Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ulaming xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalami topa olishi kerak.
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda
texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalami yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi kerak.
Tarbiyachi о ‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ulaming diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, wlalarning xulqini, xatti-harakatini
haqqoniy baholay olishi kerak.
1. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallami oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak.
2. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.
3. Bolalaming ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.
4. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak.
Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa, tinchlantira olishi kerak.

6. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.


Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osuda, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqdagimavjud kamchiliklami bartaraf etish;
aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish;
o‘z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik qoidalarga rioya qilish;
ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlami hisobga olgan holda to‘g‘ri foydalanishga intilish;
Bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur’atda, ovozni sal pasaytirgan holda nutq so‘zlash;
Matnlar mazmunini so‘zlar va grammatik tuzilmalardan foydalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish;
Bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini takomillashtirish haqida qayg‘urish bo‘lajak pedagogning axloqiy burchidir. U o‘zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy ko'nikmalami mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi xususiyatlami o‘zida aks ettira olishi kerak.
nutqning to‘g‘riligi;
nutqning aniqligi;
nutqning ifodaliligi;
nutqning sofligi;
nutqning ravonligi;
nutqning boyligi.



Yüklə 18,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə