SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 596
“TEMUR TUZUKLARI”NING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
Bahodir Tursunovich Xaitov
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar
fanlar kafedrasi
katta o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida munosib o‘rin egallagan
buyuk sarkarda,
markazlashgan davlat asoschisi Amir Temurning faoliyati qisqacha bayon etilgan.
“Temur tuzuklari” bugungi kungacha o‘zining qiymatini yo‘qotmasdan kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
“Temur tuzuklari”, buyuk sarkarda, markazlashgan davlat,
islohotlar, kengash, adolat
“TEMUR TUZUKLARI”NING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
ABSTRACT
This article briefly describes the activities of the great commander, the founder of
the centralized state Amir Temur, who has a worthy place in the history of our country.
"Temur's rules" have not lost their value to this day.
Keywords:
" Temur tuzuklari",
the great commander, the centralized state,
reforms, council, justice
“... Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik,
ulug‘ Sohibqironning “Tuzuklari”ni qancha askar o‘qigan va harbiy mahorati haqida
hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholonki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari,
strategiya va taktikalarini dunyodagi ko‘plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun
ham o‘rganishadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz qadimdan
alloma-yu mutafakkirlar, olim-u
fozillar diyori hisoblanadi. Bu hududdan jahon ilm-fani ravnaqiga o‘zining
munosib
hissasini qo‘shgan Abu Nasr Forobiy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari qomusiy allomalar, Imom al-Buxoriy, Imom at-
Termiziy, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy
kabi mutafakkirlar, To‘maris,
Shiroq, Spitamen,
Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi,
Amir Temur, Bobur Mirzo
kabi mard va jasur sarkardalar yetishib chiqdi.