bosim yoki boshqa . fizik kattaliklarning qiymatini faza oʻtishi nuqtasi
deyiladi. I tur va II tur fazaviy o’tish mavjud.
Moddaning bir fazadan ikkinchp fazaga utishi issikdik yutilishi yoki
ajralib chiqishi bilan sodir boʻlsa, bunday oʻtishlar birinchi tur fazaviy
o’tish deb ataladi. Erish va qotish, bugʻlanish va kondensatlanish,
moddalarning polimorf almashinishlari, magnit maydonida sof oʻta
oʻtkazgichning normal holatiga oʻtishi I turdagi Fazaviy oʻtishlarga
misolDir. Agar fazaviy o’tishda issiqlik miqdori yutilmasa yoki ajralib
chiqmasa, bunday oʻtishlar II tur fazaviy o’tish deb ataladi. Ikkinchi tur
ga quyidagi misolni keltirish mumkin: geliy gazsimon, qattiq va ikki xil
suyuq fazada boʻladi. Agar gazsimon holatdagi geliyni bosimi bir atm
bosimiga teng boʻlgan sharoitda sovitib, temperatura 4,2 K ga
yetkazilsa, u gazsimon holatdan suyuq holatga oʻtadi. temperatura yana
pasaya borib, 2,17 K ga teng boʻlganida esa geliy birinchi suyuq
holatdan ikkinchi suyuq holatga oʻtadi, bunda hech qanday issiqlik
yutilmaydi ham, ajralmaydi ham. Lekin oʻtish trasidan yuqori tralarda
yopishqoqlik taxminan 210~5 Pz boʻlgan boʻlsa, oʻtish trasidan past
tralarda u nolga teng boʻladi. Yaʼni, 2,17 K dan past tralarda geliy ugla
okuvchanlik xususiyatiga ega boʻlib qoladi. Bundan tashqari, temir,
nikel kabi elementlar va turli qotishmalarning har bir moddasi uchun
aniq Kyuri nuqtasi deb ataluvchi trada ferromagnit holatdan paramagnit
holatga oʻtadi, mutlaq nolga yaqin tralarda esa elektr qarshiliklari sakrab
kamayadi va boshqa.
Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga
o‘tishi, ya'ni kristallanish va aksincha o‘tish, erish va qaynashni ko‘rdik.
Avval VlI bobda suyuqlikning bug‘ga o‘tishini - bug‘lanishni va
aksincha o‘tish – kondensatsiyani ko‘rdik. Bu barcha fazoviy o‘tishlarda
jism yoki tegishli o‘tishning yashirin issiqligi (erish
issiqligi
bug‘lanish issiqligi va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya
yutadi. Energiyaning yoki energiya bilan bog‘liq bo’lgan boshqa
kattaliklar, masalan, zichlikning sakrashsimon o‘zgarishi bilan
bo‘ladigan fazaviy o‘tishlar birinchi tur fazaviy o‘tishlar deb ataladi.
Birinchi tur fazaviy o‘tishlar uchun modda
xossalarining sakrash
simon , ya’ni juda qisqa temperaturalar intervalida o‘zgarishi
xarakterlidir. Binobarin, aniq o‘tish temperaturasi yoki o‘tish
nuqtasi
haqida , masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va hokazo haqida
gapirish mumkin. Fazaviy o‘tishlar temperaturalari tashqi parametr – p
bosimga bog‘liq, berilgan temperaturada o‘tish sodir bo‘ladi. Fazaviy
muvozanat chizig‘i bizga ma'lum bulgan Klapeyron - Klauzius
tenglamasi bilan ifodalanadi:
Bu yerda, L - o‘tish molyar
issiqligi V
1
va V
2
har ikkala fazaning
molyar hajmlari.Birinchi tur fazaviy o‘tishlarda yangi faza birato‘la
butun hajmda paydo bo‘lmaydi.Dastlab yangi fazaning markazlari hosil
bo‘lib so‘ngra ular o‘sib butun hajmga tarqaladi. Markazlarning hosil
bo‘lish protsessi bilan suyuqlikning kondensatsiyasida duch kelgan edik.
Kondensatsiya uchun chang zarralari, ionlar va hokazo ko‘rinishida
kondensatsiya markazlari bo‘lishi zarur. Xuddi shuningdeksuyuqlikning
qotishi uchun kristallanish markazlari bo‘lishi zarur. Bunday markazlar
bo‘lmaganida bug‘ va suyuqlik o‘ta sovigan holatda bo‘lishi mumkin.
Masalan, 10°C temperaturada ham, agar suv toza bo‘lsa, uzoq muddat
muzlamasligini kuzatish mumkin. Biroq shunday fazaviy o‘tishlar ham
bo‘ladiki, ularda aylanish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz
o‘zgarishi, ya'ni panjarada zarralarning o‘zaro qayta joylashishi
natijasida darhol ro‘y beradi. Bu ma’lum temperaturada panjara
simmetriyasining o‘zgarishi, masalan, past simmetriyali panjaraning
yuqori simmetriyali panjaraga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bu
temperaturada fazaviy o‘tish ikkinchi tur fazaviy o‘tish deb ataladi.
Ikkinchi tur fazaviy o‘tish sodir bo‘ladigan bu temperatura Kyuri nuqtasi
deb ataladi. Bu birinchi marta ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy
o‘tishlarini kashf qilgan olim Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan.
Holat bunday uzluksiz o‘zgarganida o‘tish nuqtasida ikki turli fazaning
muvozanati bo‘lmaydi, chunki o‘tish butun hajmda birdaniga sodir
bo‘ladi. Shuning uchun o‘tish nuqtasida U ichki energiyaning sakrashi
ham ro‘y bermaydi. Demak, bunday o‘tishda o‘tish yashirin
issiqligining
ajralishi ham , ro‘y bermaydi. Biroq o‘tish nuqtasidan
yuqori va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali
bo‘lgani uchun ularning issiqlik sig‘imi turlicha bo‘ladi. Demak, fazaviy
o‘tish nuqtasida issiqlik sig‘imi, ya’ni ichki energiyadan vaqt bo‘yicha
olingan hosilasi sakrashsimon o‘zgaradi. Garchi o‘tish nuqtasida
hajmning o‘zi o‘zgarmasa-da, hajmiy kengayish koeffitsienti sakrash
bilan o‘zgaradi. Shunday ikkinchi tur fazaviy o‘tishlar ham borki, ularda
holatning uzluksiz o‘zgarishi kristall strukturasining
o‘zgarishini bildimaydai , biroq bu o‘tishlarda holat birdaniga butun
hajmida o‘zgaradi. Bunday tur o‘tishlarning eng mashhuri moddalarning
ferromagnit holatdan ferromagnit bo‘lmagan holatga o‘tishidir, bunday
o‘tish Kyuri nuqtasi deb atalgan temperaturada sodir bo‘ladi; ba’zi