O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi) yo‘nalishi 2-kurs talabasi



Yüklə 7,73 Mb.
tarix28.05.2023
ölçüsü7,73 Mb.
#113717
Navro\'z rahmonova

  • Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas.
  • Navro'z bayrami kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab bir hafta, o'n kun davomida o'tkazilgan.
  • Navro'z avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, yangi yil bilan yurtimizga go'zal Bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o'z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlangan. 
  • Navro'z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Navro'z Sharq xalqlarining umumiy bayram qiladilar. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarni uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir.
  • Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa «Devonu lug'otit turk» asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Umar Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida «Navro'znoma» nomli maxsus kitob yozgan. Navoiyning ustozi-turkiguy shoirlarning malikul kalami-Lutfiy domla «Gul va Navro'z» o'lmas dostonini yaratganlarki, bu asar hamon sahnalarimizni bezab, bizga Navro'z haqida aadbiy-badiiy tushuncha, ma'lumot berishda davom etib kelayotir.
  • Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tekin ishlari boshlanib ketgan.
  • Navro'z bayramiga atab ajdodlarimiz mazsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Navro'z taomlari o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlashgan an'anaviy odat tusiga kirgan.
  • .
  • Bu bayramda Siz tengi bolalarning ishtiroklari, ayniqsa, juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayrami haftaligida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq o'yin, tosh, lapar, ip o'yinlari va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar, ayniqsa, sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun unga ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan.
  • Bu arzimasdek ko'ringan harakat ostida juda ulkan ma'no yotibdi: xalqning birgalashib harakat qilishga nonu tuzini, topgan-tutganini birga baham ko'rishga intilish yotibdi. Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiya sovrinli o'yinlar, musobaqalartashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar «jang» lari, xo'roz, it, qo'chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, xalq tomoshalari o'tkazilgan.
  • Navro'z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri-keksalarga hurmat, ularning holaridan xabar olish, ko'mak berishdir. Navro'z tiriklik bayrami sifatida mashhur bo'lib, uning tag'in bir muhim xosiyati: bu kunlar marhumlar yodiga juda katta ahamiyat berilgan. Machitu madrasa, xonadonu mahalla, mozoru ziyoratgohlarda qur'on o'qitilib, jonliqlar so'yilgan.

Yüklə 7,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə