12
ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy
tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd
qiladi. U tabiiyotshunoslikni о‘qitishda kо‘rgazma
qurollardan keng foydalanish,
tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.N.Beketovning
о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust
Lyuben (1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan
uning darsligida bu fanning tarbiyaviy ahamiyati, xususan, о‘quvchilar olib
boradigan
mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar о‘tkazish
kо‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha
о‘quvchilar avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obektlar
misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy о‘simliklar, xayvonlar bilan
boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg‘ulot olib
borish lozimligi uqtiriladi. О‘quvchilar о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil
о‘quv materiallarini о‘rganishlari
bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan
no’malum tomon yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak.
Biroq maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or metodik
kо‘rsatmalarini joriy yetishga tо‘sqinlik qildi.
Bundan tasharqi A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat о‘simliklar
morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni
qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos
bо‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi.
Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning (1841-1888)
faoliyati ana shu
muammolarni
hal
etishga
qaratildi.
A.Y.Gerd
fikricha
Lyuben
tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon talablariga
mos emasligidir. A.Y.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti
sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikining
asosiy maqsadi
о‘quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning
mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir.
A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish,
ekskursiyalar
о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin tutadi. Olimning qayd
13
etishicha, tabiiyotshunoslikni о‘qitishdan kо‘zlangan vazifa organizmlarning
xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, xarorat, namlik, havo va
va boshqa organizmlarga bog‘liqligini
tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan
oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. A.Y.Gerd
Darvin tomonidan asoslangan evolyusion nazariya ta’sirida bо‘lgan va о‘z
darsliklariga evolyusion prinsipini joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi:
1. Anorganik dunyo; 2.О‘simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam»,
«Yer tarixi» kabi о‘quv fanlaridan tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlqaydi.
A.Y.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni о‘qitish
metodikasi pedagogika
fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi.
3.XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining xolati. XX asrdagi biologiya
о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta xissa qо‘shdi. U 1907 yili
Dostları ilə paylaş: