O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 473,89 Kb.
səhifə1/9
tarix26.09.2017
ölçüsü473,89 Kb.
#1915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Aim.uz

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Navoiy davlat pedagogika instituti


UMUMIY TILSHUNOSLIK


O`zbek filologiyasi fakulteti

bakalavr yo`nalishi talabalari uchun

M A `R U Z A M A T N L A R I


Navoiy - 2007


Mazkur ma’ruza matni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2007-yil 24-avgustda tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan.

Tuzuvchilar: R.Sharopova

G. Ernazarova


Taqrizchi: f.f.d., dotsent N.Murodova.
Mas’ul muharrir:f.f.d. prof. B. Yo`ldoshev

Ushbu ma’ruzalar matni o`zbek filologiyasi fakulteti to`rtinchi bosqich bakalavr yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan.

Navoiy davlat pedagogika instituti O`zbek filologiyasi fakulteti o`quv-uslubiy kengashi (2007-yil 2-son majlisi) qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.



Navoiy davlat pedagogika instituti 2007-yil

1-ma`ruza

Kirish. Umumiy tilshunoslik fanining maqsadi va vazifalari
«Umumiy tilshunoslik» fani tilshunoslik fanlari sirasida eng murakkab va keng qamrovli ilmiy-nazariy, falsafiy fan sifatida ajralib turadi. Ushbu fanning murakkabligi, keng qamrovli va falsafiy fan ekanligi bevosita o`rganiladigan o`ta jiddiy muammolar bilan, fikr yuritiladigan dolzarb masalalar bilan, lisoniy hodisalarning (faktlarning) mohiyati bilan, ularga qaysi nuqtai nazardan yondashish bilan, ularni chuqur tahlil qilish va ulardan obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish bilan belgilanadi.

«Umumiy tilshunoslik» fanining faollik ko`rsatish chegarasi «cheksiz» bo`lib, ayni fan o`z kuzatishlarini jahon tilshunosligi tarixiga oid zarur masalalardan, yetakchi oqimlar va yo`nalishlardan boshlab, hozirgi tilshunoslikning eng muhim va murakkab nazariy muammolarini, ta’limotlarini o`rganish bilan - nafaqat tilshunoslikning balki barcha fanlar uchun metodologik asos bo`lib xizmat qiladigan dialektik falsafa hamda psixologiya, mantiq kabi fanlarga ham bevosita aloqador bo`lgan muammolarni qamrab olishi bilan yakunlaydi.

Aytilganlarning isboti sifatida «Umumiy tilshunoslik» fani o`rganadigan asosiy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritamiz.


  1. Til va jamiyat (millat).

  2. Til va tarix.

  3. Til va tafakkur.

  4. Til semiotik ob`ekt sifatida.

  5. Til va nutq.

  6. Til sistema va struktura sifatida.

  7. Tilda substanciya va forma.

  8. Til belgisi va ma`no.

  9. Til va yozuv.

  10. Tilni tadqiq qilish usullari va boshqalar.

«Umumiy tilshunoslik» fani talabalarga nima uchun kerak?
«Umumiy tilshunoslik» fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash uchun, ularni shu yo`nalishda puxta, «hushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talabalargina (faqat talabalar emas) tom ma`nodagi filolog - tilshunos sifatida shakllanadi. Shuningdek, ular til hodisalari tahlilidan ilmiy xulosalar, g`oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e`tibor beradi, nazariya bilan amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutq birliklarini chuqur o`rganish jarayonida dialektik falsafaning shakl va mazmun, umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari nuqtai nazaridan, shularga asoslangan holda fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi.

«Umumiy tilshunoslik» fani talabalarning umumlingvis-tik tayyorgarligini, bilim darajasini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, yangi nazariya va faktik materiallar bilan tanishtiradi, mustaqil, ijodiy fikr-mulohaza yuritishga, izchillikka o`rgatadi, nazariy saviyasini yuksaltiradi, ularni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodologiyasi va metodikasi bilan qurollantiradi.

«Umumiy tilshunoslik» fani haqida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, ushbu fan bo`yicha rus hamda o`zbek tilshunosligida yaratilgan ishlarga ijodiy yondashgan va ulardan foydalangan holda o`quv qo`llanmasida quyidagi dolzarb massalalarga, aniqrog`i, dastavval, birinchi masalaga to`xtalamiz, fikr yuritamiz. Bular:


  1. Tilshunoslik tarixi.

  2. Tilshunoslikning nazariy masalalari.

  3. Tilshunoslik metodlari.


2-ma`ruza
Tilshunoslik tarixi va uning davrlarga bo`lininshi

Reja:


  1. Eng qadimgi tilshunoslik maktablari.

  2. Qadimgi hind tilshunosligi.

  3. Qadimgi Xitoy tilshunosligi.

  4. Qadimgi Gretsiya va Rimda tilshunoslik.



Асосий таянч тушунчалар:

Ведалар тили, вякарана, нол морфема, логограмма, predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi, стоиклар мактаби; тилшуносликнинг 2 даври: фалсафий даври, грамматик даври; сўз боғланишли нутқнинг энг кичик қисми.

Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g`oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o`zining alohida o`rganish ob`ektiga va tekshirish metodiga ega bo`ldi.

Qat`iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o`sish» davrini bosib o`tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta`limotlar ta`sirida bo`ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haq ida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda ko`plab manbalarga «guvoh bo`ldi», shakllandi. Anig`i, tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida o`ziga xos va o`ziga mos doimiy mustahkam o`rin egalladi.

Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta`limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi.

O`rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O`rta Osiyoda taraqqiy qildi.



Yüklə 473,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə