O'zbekiston respublikasi


 Soliqlarning asosiy funktsiyasi



Yüklə 26,28 Kb.
səhifə4/9
tarix13.01.2023
ölçüsü26,28 Kb.
#98502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pulga talab

1. Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zining mablag‘i etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari ko‘p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo‘jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.

Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo‘yicha tortiladi.Soliqlarning ko‘pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi.



Yüklə 26,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə