O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
KITOB

 
1.3. Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi 
Turli mamlakatlarning tashkilot va korxonalari orasidagi xalqaro savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnik va turli aloqalar amalga oshirilishi borasida, bitimlar tuziladi. 
Odatda ular shartnomalar deb yuritiladi. Bunday munosabatlarni rasmiylashtirishda, 
bir qancha terminlardan foydalaniladi. Masalan, «bitim», «kelishuv», «shartnoma», 
«rozilik», «kelishilganlik». Bir qator olimlar «bitim» va «kelishuv»ga ko‘proq e’tibor 
beradilar. Oxirgi vaqtda tashqi-iqtisodiy amaliyotda shartnoma qo‘llanilsa ham lekin 
«bitim» tushunchasi «kelishuv»ga qaraganda kengroq ekanligi ta’kidlanmoqda. 
Kelishuv- bu tomonlarning roziligidir. Unda kelishuv predmeti va tomonlar aniq 
ko‘rsatiladi hamda ularning huquqi va majburiyatlari belgilab qo‘yiladi. Boshqacha 
qilib aytganda bitimni rasmiylashtirishdir. Bu borada bitim va kelishuv orasida bir 
qator savollar yuzaga keladi. Shuning uchun ham har biriga aloxida to‘xtash 
maqsadga muvoffidir.
Shartnoma- bu eng qadimiy huquqiy konstrukstiyalardan biridir. Ayniqsa, oxirgi 
bir necha yilliklardan buyon uning zamonaviy fuqarolik huquqidagi o‘rnining 
tendenstiyasi juda ham oshib bormoqda. 
Shartnoma- (contractus lot.) bu fuqarolik huquqida ikki va undan ortiq 
shaxsning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish yoki bekor 
qilishga oid kelushuvidir (zayom, savdo-sotiq, buyurtma va h.k.). Shartnomalarning 
ba’zi turlarini davlat idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.
Shartnoma o‘zi nima? Bu, faqatgina, pul mablag‘larini hisob raqamiga 
tushiradigan hujjat emas. Balki, shartnoma – bu, birinchi navbatda, ikki tomonlama 
foydali manfa’tlar yo‘lida harakat qilish borasidagi o‘zaro rozilik bildirilgan akt,


16 
ya’ni tomonlar kelushuvidir.
“Ishonchli shartnoma” qanday bo‘lishi kerak? Bu quyidagilarni bajaradigan 
shartnomadir: 
- birinchidan, u sizning manfa’tingiz yo‘lida tuzilgan bo‘lishi kerak; 
- ikkinchidan, u amaldagi qonun hujjatlaridagi qoidalarni buzmasligi kerak;
 
- uchinchidan, sizning manfa’tingiz yuridik jihatdan ishonchli himoyalangan, 
sizning kontragentingiz majburiyatlari esa uning mas’uliyati bilan jiddiy 
ta’minlangan bo‘lishi kerak;
 
- to‘rtinchidan, unda hech qanday “pinhona to‘siqlar” mavjud bo‘lmasligi 
kerak.
Shartnoma deb, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini 
belgilash, o‘zlashtirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlarga aytiladi. 
Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga kelitirish, o‘zgartirish yoki bekor 
qilish uchun xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. 
Faktlar umumiy qoida bo‘yicha huquqiy munosabatni belgilash, o‘zgartirish, yoki 
bekor qilishdan tashqari doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning hatti-
harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va 
burchlarini belgilaydi. 
Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida
taraflarining hatti harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini 
ham teksirish imkoniyatini beradi.
Shartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart-taraflarning muayyan 
natijaga erishishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlaridir. Taraflarning xar qaysisi 
tomonidan shartnoma bo‘yicha olinadigan huquq va burchlar xar xil bo‘lsa ham, ular
yagona huquqiy natija beradi. 
Xalqaro huquqda majburiy tusdagi xalqaro shartnoma shakli belgilanmagan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu 
uning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: 
shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya. Izoh (ogovorka) 
xalqaro shartnoma tuzish jarayonida izoh beruvchi davlatga nisbatan shartnomaning 
alohida qoidalari harakatini o‘zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu davlatning 
bir tomonlama tartibda beradigan bayonoti, demakdir. Izoh shartnomaning maqsad va 
printsiplariga zid bo‘lmasligi va uning asosiy mazmunini o‘zgartirib yubormasligi 
kerak. Izoh ratifikatsiya qilish, tasdiqlash va qo‘shilish davrida beriladi. Izoh 
berilishiga yo‘l qo‘ymaydigan, masalan, MDH mamlakatlari Iqtisodiy ittifoqini 
tuzish to‘g‘risidagi shartnoma kabi shartnomalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Izoh bergan davlat uni istalgan paytda bekor qilishi mumkin. Agar 
ishtirokchilarning muayyan qismi, shuningdek shartnomaning maqsad va printsiplari 
uni barcha ishtirokchilarning yalpi ravishda qabul qilishini talab etsa, u holda 
shartnomaga izohlarni ham barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi taqozo 
etiladi. Boshqa hollarda ishtirokchilardan muayyan qismining izohga nisbatan 
bildirgan e’tirozlari izoh bergan davlatning shartnomada ishtirok etishiga monelik 
qilmaydi. Bir yil davomida izohga nisbatan e’tiroz bildirilmasa, uni ishtirokchi qabul 
qilgan hisoblanadi.


17 
Xalqaro tashkilotning ta’sis hujjatiga bildiradigan izohni tegishli davlatning 
qabul qilishi joizdir. Izohning yuridik oqibatlari shartnomaga uni tuzgan tomonlar va 
qabul qilgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarga daxldor o‘zgartirishlar kiritishdan 
iboratdir. Agar ayrim tomonlar izoh beruvchi davlat bilan o‘zaro munosabatlariga 
daxldor izohlarga e’tiroz bildirsa, u holda bunday qoida qabul qilinmaydi. Izoh 
boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Izohdan tashqari, davlatlar xalqaro shartnomaga bayonot ham berishi mumkinki, 
bu bilan tegishli davlat shartnomadagi u yoki bu qoidaga o‘z nuqtai nazarini bildiradi. 
Shu bois, aksariyat hollarda ular talqin qiluvchi bayonotlar deb ham ataladi. 
Izohlardan farqli o‘laroq, bayonotlar xalqaro shartnoma mazmunini o‘zgartirmaydi va 
unga boshqa ishtirokchilar roziligi talab etilmaydi. U faqat xalqaro shartnomani 
tayyorlagan davlatgagina majburiyat yuklaydi.
Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish boshqa davlatlar o‘rtasida tuzilgan 
shartnomaning majburiyligiga rozilik to‘g‘risidagi akt sanaladi. Qo‘shilish imkoniyati 
shartnomada ko‘zda tutiladi yoki uning ishtirokchilari o‘rtasida kelishib olinadi. 
Qoidaga ko‘ra, qo‘shilishni ham ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash bilan 
shug‘ullanadigan organlar tomonidan amalga oshiradi. Vena konventsiyasi og‘zaki 
shartnomalarning yuridik kuchini inkor etmasada, lekin faqat yozma shartnomalarga 
taalluqli hisoblanadi. «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
to‘g‘risida»gi qonun ham xuddi shu maqsadga qaratilgandir. Xalqaro shartnomaning 
alohida shakli - ayni mazmundagi notalar almashish yo‘li bilan o‘zaro kelishuvdir.
5

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə