O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə2/2
tarix25.04.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#106899
1   2
zarafwon iqtisodiy rayon2222222

Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y.lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan.

Keyinchalik, 80-y.lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi.

Dastlab, 60-y.lar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y.lar oxiri - 90-y.lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan.

Toshkent Iqtisodiy rayon (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, mineral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q.x. sertarmoq (pax-tachilik, donchilik, kanopchilik, pil-lachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial rayon. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov beruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. BuIqtisodiy rayon sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi (qarang x. mashinasozligi, toʻqimachilik mashina-sozligi, elektrotexnika), mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya ktida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy kis-mi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (mineral oʻgʻitlarning 39,4%, xom ashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish materiallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shiferning 58,6%, linoleumning 100%, deraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. rayon qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu rayonda joylashgan.

Jizzax — Sirdaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) yaqin oʻtmishda Toshkent Iqtisodiy rayonning chekka semiki tashkil qilar edi. Keyinchalik mustaqil Iqtisodiy rayonga ajratilgan. Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish munosabati bilan bu rayon jadal rivojlandi va muayyan xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻldi. Mamlakatda paxta yetishti-ruvchi yirik rayon hisoblanadi (yalpi hosilning 25%). rayon sanoati shakllanish bosqichida, uning tuzilmasida paxta tozalash sanoati va issiqlik energetikasi (keltiriladigan gaz hisobiga)ning hissasi katta. Jizzax choʻlini yanada oʻzlashtirish rayon rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat-fuqarolik qurilishi uchun yer resurslarining koʻpligi, qulay iqtisodiy-geografik va transport sharoitlari, Toshkent, Fargʻona, SamarqandQashqadaryo Iqtisodiy rayonlariga qoʻshniligi bu yerda ishlov beruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish, aholini zich joylashgan hududlardan koʻchirib keltirish, istiqbolda erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoni-yatlarini beradi.

Fargʻona Iqtisodiy rayon (tarkibida Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari)da yersuv va mineral xom ashyo resurelari gʻoyat cheklangan, lekin mehnat resurslariga gʻoyat boy — Oʻzbekistonda aholi eng zich joylashgan hudud. rayonni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi mavjud q,x. resurelari xom ashyosi (paxta, meva, sabzavot, pilla)ga moʻljallangan mehnattalab ishlab chiqarish tuzilmasini barpo etishdan iborat. Q.x., asosan, pax-tachilikka ixtisoslashgan (yalpi paxta hosilining 26%). rayonda ipakchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash (Ol-tiariq, Fargʻona), butun Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasi (Asaka sh.) muhim ahamiyatga ega.

Samarkand — Qashqadaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari) mamlakatning markaziy qismini ishgʻol qiladi. Uning hududidagi togʻli va togʻ oldi adirliklarida qad. lalmikor dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan (jami lalmikor yerlarining 1/3 qismi shu rayonga toʻgʻri keladi), ilgari qorakoʻl qoʻylari boqilgan choʻl zonasida paxtachilik jadal rivojlanmoqda. rayon qattiq bugʻdoy navlari, zigʻir, beda kabi ekinlar, uzum, mayiz, mevalar, ertagi sabzavotlar yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylanadi. rayon tarkibida Qarshi choʻlini oʻzlashtirish negizida ingichka tolali paxtachilik bazasi boʻlib qoladigan Qashqadaryo hududiy-ishlab chiqarish majmui shakllanmoqda. rayonda gaz (Shoʻrtan gaz majmui, Muborak gazni qayta ishlash zavodi), kimyo sanoati, mashinasozlik, metallga ishlov berish kabi sanoat tarmoklari jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda qazib olinadigan neftning 95%, tabiiy gazning 95,8% shu rayonga toʻgʻri keladi.

Buxoro — Navoiy Iqtisodiy rayon (tarkibida Buxoro va Navoiy viloyatlari) Qizilqum choʻlida joylashgan, rayon, asosan, gaz, neft, rangli va qimmatbaho me-tallar, qurilish materiallari uchun xom ashyo va b. mineral zaxiralarni qazib olish negizida rivojlanmoqda. Navoiy konmetallurgiya k-ti, Navoiy, Zarafshon (Muruntov), Uchquduq, Tasqazgʻan, Gazli sanoat bogʻlamlarida oltin qazib olish sanoati, rangli metallurgiya, kimyo (mineral oʻgʻitlarning ), gaz, qurilish materiallari (sementning 40,3%) sanoati korxonalari respublika iqtisodiyotida salmoqli oʻringa ega. Q.x.da paxtachilik, qora-koʻlchilik va rayon ichki ehtiyojlarini qondiradigan meva-sabzavotchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Amu-Buxoro mashina kapali bilan sugʻorish imko-niyatlari bu rayonda sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirishni cheklaydi.

Quyi Amudaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) qad. sugʻorma dehqonchilik mintaqasida joylashgan. rayonda, ayniqsa, Ustyurtda 200 dan ortiq foydali qazilmalar konlari (tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi va b.) topilgan, Bu hududda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik, polizchilik (Xorazm qovunlari), urugʻlik beda, sabzavotchilik rivojlanadi. Boy mineral xom ashyo resurslaridan kompleks foydalanish asosida yaqin istiqbolda 2 sanoat rni va bir kator sanoat bogʻlamlari paydo boʻladi.

Orol dengizining qurib borishi va Orol boʻyining saxroga aylanishi ja-rayonlari bilan bogʻliq holda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hududni rivojlantirish istiqbollarini qoʻshni TurkmanistonningToshhovuz viloyati bilan muvofiklashtirilgan holda hal etishni talab etadi.



Surxondaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Surxondaryo viloyati) Oʻzbekistonning eng jan. qismini ishgol etadi. rayonning oʻziga xos geografik holati (deyarli qamma tomoni togʻlar bilan oʻralgan) uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. rayon iqlimi subtropiklarga yaqin boʻlgani sababli rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertagi sab-zavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati koʻmir (Shargʻun toshkoʻmir koni), neft va gaz kazib olish (mahalliy isteʼmol uchun) asosida rivojlangan. Surxon-Sherobod choʻlida yangi yerlarni oʻzlashtirish asosida bu hududda ingichka tolali paxtachilik, eksport yoʻnalishidagi subtropik mevachilik va ertagi sabzavotchilik rivoj topadi. aniqlangan foydali qazilmalar konlari ni oʻzlashtirish bu hududda kon sanoatini va rangli metallurgiyani rivojlantirish imkoniyatlarini yara-tadi: Xodiza, Shargʻun — Sariosiyo (rangli metallar, koʻmir, qurilish materiallari), Boysun (toshkoʻmir, tabiiy gaz, qurilish materiallari) sanoat uzellari shakllanadi. Termiz sh.da va tuman markazlarida, asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanadi.
Mamlakatimizda turizm sohasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq katta
e’tibor berildi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm
vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham
davom etmoqda. O'zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho
beradigan bo'lsak, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori
imkoniyatlarga ega ekanligini ko'ramiz. Respublika hududida mavjud bo'lgan to'rt
mingdan ortiq qadimiy me'morchilik, monumental san'at yodgorliklari mavjud
bo`lib, O'zbekiston tarixiy me'morchilik yodgorhklarning umumiy soni bo'yicha
jahondagi yetakchi o'nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to'rtta yirik shaharlari
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati
yodgorliklari markazi sifatida tan olingan va xalqaro tashkilot tomonidan
muhofazaga olingan.
Zarafshon mintaqasida rekreatsion-turistik resurslardan foydalanish,
mahsulotlarni shakllantirish, sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish
masalasi yetarli darajada o’rganilmagan. Shunday ekan Zarafshon mintaqasida
turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini
tadqiq etishni talab qiladi. Ushbu tadqiqod ishda mazkur masalalar mintaqada
rekreatsiya va turizmni rivojlantirish miqyosida o’rganiladi. Zarafshon mintaqasida
turizm imkoniyatlari juda ham katta. Ushbu imkoniyatlardan to’g’ri foydalanish,
dunyo sayyohlarini jalb qilishda, ular uchun yaratilayotgan sharoitlarni chuqur
tahlil qilish va baholash, turizm infrastruktura tarmoqlari va mehmonxona
xo’jaligidagi muommolarini, rekreatsion dam olish joylarini yaratish
muommolarini hal qilish uchun tavsiyalarni ishlab chiqish mazkur tadqiqod
ishining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mintaqa turizm sohasini rivojlantirish, turizm
infratuzilmasini yaxshilash va yanada takomillashtirishning 2017-2021 yillarga
mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturinini bajarishda muhim rol o`ynaydi.
Zarafshon mintaqasida turizm bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni rejalashtirish,
turistik ob’ektlarni ilmiy asoslangan holda joylashtirish, turistik resurslardan
samarali foydalanish maqsadida yangi istiqbolli turistik marshrutlar tashkil etish,
turizm indisturiyasini rivojlantirish ishlarini ilmiy yondashgan holda amalga
oshirish mazkur dissertatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mamlakatimizda turizm sohasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq katta
e’tibor berildi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy–huquqiy mexanizm
vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham
davom etmoqda. Bugungi kunda jahon xo’jaligida noishlab chiqarish
tarmoqlarining hissasi muttasil oshib bormoqda. Fikrimiz isboti sifatida
rivojlangan g’arb davlatlarida yalpi milliy mahsulot hajmining moddiy ishlab
chiqarish sohalariga nisbatan xizmat ko’rsatish tarmoqlari ulushining oshib
ketganligini keltirishimiz mumkin. Xizmat ko’rsatish va servis sohasi keng
ko’lamiga ega bo’lib, insonlar hayotini yaxshilashda muhim o’rnin tutmoqda.
Shuning uchun so’ngi yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga
katta ahamiyat berilmoqda . Bu esa xizmatlar bozorida yangi istiqbolli xizmat
turlarining ya’ni rekreatsiya va turizm xizmatlarining shakllanishiga asos
bo’lmoqda.
Samarqand shahrida 2014 yil 2-oktabrda BMT Jahon Sayyohlik Tashkiloti
Ijroya Kengashi 99-sessiyasi bo’lib o’tdi. Bu sessiyada jahonning 100 ga yaqin
mamlakatlaridan delegatlar ishtirok etishdi. Mamlakatimiz prezidenti Islom
Karimov sessiyaning ochilish marosimida nutq so’zladi. O’zbekiston hududida 7
mingdan ortiq tarixiy yodigorliklar mavjud bo’lib ularning aksariyati YUNSKO
ning Butunjahon merosi ro’yxatga kiritilgan. Sharq durdonalari bo’gan
Samarqanad, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo’qon va Termiz shaharlari
shular jumlasidandir. 2013 yilda mamlakatimizga dunyoning 70 dan ortiq
davlatlardan 2 milliondan ortiq turistlar tashrif buyurishdi. Bu sohada
mamlakatimiz boyicha 200 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda, 550 ta sayyohlik
kompaniyasi turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham
jahondagi yetakchi mamlakatlarining rivojlanish darajasiga erishish maqsadida
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, xizmat ko'rsatish va servis
sohasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ko'rib chiqib, o'z milliy modeliga
asoslangan holda turizm sohasini shakllantirish uchun barcha zaruriy ishlarni olib
bormoqda. Ushbu milliy model birinchi navbatda ichki imkoniyatlarni, o'zbek
xalqining mentalitetini va jahon andozalariga mos keladigan omillarni hisobga
olgan holda amalga oshirilishi lozimligini yoddan chiqarmaslik kerak.
O'zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho beradigan bo'lsak,
uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini
ko'ramiz. Bu haqda, masalan, Respublika hududida mavjud bo'lgan to'rt mingdan
ortiq qadimiy me'morchilik, monumental san'at yodgorliklari dalolat beradi.
O'zbekiston tarixiy me'morchilik yodgorhklarning umumiy soni bo'yicha jahondagi
yetakchi o'nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to'rtta yirik shaharlari Samarqand,
Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati
yodgorliklari markazi sifatida tan olingan va xalqaro tashkilot tomonidan
muhofazaga olingan.Xalqaro turizm sohasi respublikamiz iqtisodiyoti uchun
g'oyatda zarur bo'lgan valuta tushumini ta'minlaydi. Respublikada xalqaro turizmni
rivojlantirishda tarixiy-madaniy obidalar bilan bir qatorda dam olish va madaniy
hordiq chiqarish uchun xizmat qiladigan turistik obektlarning ham mayjudligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Ayni vaqtda turizm sohasini
rivojlantirish mintaqalar iqtisodiyotini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Shu bois mazkur tarmoqni rivojlantirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirildi,
unga tegishli ma’rifiy va huquqiy asoslar yaratildi. Ammo shunga qaramasdan
mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanilmayapti, turizmda yaratilgan shart
sharoitlar mintaqalar talab darajasida emas. Bu esa turizm infratuzilmasini tadqiq
etish lozimligini ko’rsatib boradi.
Mamlakatimizda turizm sohasi bozor munosabatlarini shakllantirishda xizmat
ko’rsatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning hal etishda, o’ziga xos o`rni bor.
Chunki bu soha bozor sub’ekti sifatida tez rivojlanish bosqichida, uning tarkibiy
qismi bo’lgan turizm sohasi ham o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Turizm nisbatan
yangi soha bo’lishiga qaramasdan o’z mavqieni mustahkamlab bormoqda. Bu
kelajakda ham istiqbolli porloq sohalardan biri bo’lib qoladi. Zarafshon
mintaqasida rekreatsion-turistik resurslardan foydalanish, mahsulotlarni
shakllantirish, sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish masalasi yetarli
darajada o’rganilmagan. Shunday ekan Zarafshon mintaqasida turistik resurslardan
foydalanish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishni talab
qiladi.
Ushbu tadqiqod ishda mazkur masalalar mintaqada rekreatsiya va turizmni
rivojlantirish miqyosida o’rganiladi. Zarafshon mintaqasida turizm imkoniyatlari
Respublikada, balki O’rta Osiyoda ham etakchidir. Ushbu imkoniyatlardan to’g’ri
foydalanish, dunyo sayyohlarini jalb qilishda, ular uchun yaratilayotgan
sharoitlarni chuqur tahlil qilish va baholash, turizm infrastruktura tarmoqlari va
mehmonxona xo’jaligidagi muommolarini, rekreatsion dam olish joylarini yaratish
muommolarini hal qilish uchun tavsiyalarni ishlab chiqish mazkur tadqiqod
ishining dolzarbligini asoslab beradi.
Respublikamizning maydoni katta bo’lgan hududlaridan
biri Buxoro viloyati bo’lib, u 15 yanvar 1938 yilda tashkil topgan. Maydoni 40,3
ming kv. km, O’zbekiston hududining 9,0 foiziga teng va bu borada
Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatidan so’ng 3-o’rinda turadi.
Odatda, maydoni katta viloyatlar tabiiy sharoiti xo’jalik nuqtai nazaridan noqulay
tog’ yoki cho’llardan iborat bo’ladi. Buxoro viloyati ham aynan tipik cho’l
mintaqasidir. Aholisi 1756,5 ming kishi yoki respublika aholisining 5,8 foizi shu
hududda yashaydi (2014 y.). Ma’muriy jihatdan u viloyatga bo’ysunuvchi 2 ta
shahar, 11 ta qishloq tumanlarini o’z tarkibiga oladi. Shahar posyolkalari 69 ta, QFY
121 ta, qishloq aholi punktlari 1469 ta. Viloyatning eng katta tumani Peshku 8,72
ming km2
, eng kichigi Vobkentda 0,29 ming km2 maydon bor, ular orasidagi
tafovut 30 barobar. Bu ancha katta raqam hisoblanadi. Qorako’l tumanining ham
hududi katta, u Peshku bilan birgalikda mintaqa maydonining 43,5 foizini tashkil
qiladi. Bunday geografik vaziyat ko’proq cho’llarga xos bo’ladi. Buxoro viloyati
respublikamiz mehnat taqsimotida yoqilg’i, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari,
qishloq xo’jaligida paxta, jun, qorako’l terisi yetishtirishga ixtisoslashgan. Uning
turistik imkoniyatlari va salohiyati ham katta.
Buxoro viloyati O’zbekiston Respublikasining g’arbiy qismida joylashgan,
uning qo’shni Turkmaniston davlati bilan chegarasi qisman Amudaryo bo’ylab
o’tadi. Viloyat shimolda, qisqa masofada Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston
Respublikasi bilan, shimol va shimoli sharqda keng miqyosda Navoiy va janubda
Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Yer usti tuzilishining taxminan
yarmidan ko’prog’i tekislik - Qizilqum cho’llaridan iborat. Balandlik va tog’liklar
asosan viloyatning shimoli sharqi va sharqida joylashgan. Eng baland nuqtasi
dengiz sathidan 800 metrga yaqin bo’lib, u Quljuq tog’ining viloyat hududidagi
qismiga to’g’ri keladi (Shofirkon va Peshku tumanlarining chekkasida).
Viloyatning yer maydoni katta, biroq suv resurslarining yetishmasligi sababli
ushbu omilning mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishidagi roli biroz cheklangan.
Yaqin o’tmishda bu yerda sobiq Ittifoqda dong’i ketgan Gazli tabiiy gaz koni
mavjud edi. Hozirgi vaqtda ham Buxoro viloyatida mazkur yoqilg’i turining
zahiralari bor (Jarqoq, Uchqir, Qandim, Quvachi, Xauzak, Dengizko’l va boshqa
konlar). Gazli, O’rtabuloq va Jarqoq konlaridan qisman neft qazib olinadi. Yoqilg’i
resurslaridan tashqari viloyat hududida qurilish materiallari xom ashyosi mo’l.
Jumladan, Kogon va Qorovulbozor atrofida ohaktosh va gips, Tasqozg’onda grafit,
Tozbuloqda marmar, Jonkeldida granit va mineral bo’yoq konlari mavjud.
Shuningdek, janubda g’isht va kulolchilik uchun tegishli xomashyo (Buxoro,
Vobkent va b.), G’ijduvon tumanining chekka shimolisharqida rangdor metallar
koni (Zafarobod) joylashgan, Yangiqo’zg’onda oltin zaxiralari bor. Umuman esa,
viloyatda aniqlangan qazilma boyliklar ko’proq yoqilg’i va qurilish sanoatini
rivojlantirishda ahamiyatlidir. Buxoro viloyatining iqlimi asosan yaylov
chorvachiligiga qulayroq, sug’orma dehqonchilik uchun esa bu yerda sharoit uncha
yaxshi emas. Zarafshon daryosi viloyat hududining sharqiy chekkasiga yetib
keladi, xolos, sug’orish uchun esa suv ko’proq Amudaryodan olinadi. Aynan shu
maqsadda Amu Qorako’l, Amu Buxoro, Yomonjar kanallari qurilgan. Qo’shni
Navoiy viloyatida joylashgan Quyimozor suv omborlaridan shu nomli kanal
boshlanadi va u Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarining bir qismini sug’oradi.
Bulardan tashqari, Zarafshon, Xayrobod, Shofirkon kabi kanallar, Sho’rkul suv
ombori ham mavjud.
Viloyatda juda ko’p kollektorlar (zovurlar) hamda oqova ko’llar (qora ko’llar)
joylashgan. Ularga misol qilib Shimoliy, Og’itma, Parsonko’l zovurlari,
Dengizko’l, Sho’rko’l, Oyoqog’itma, Sho’rxok, Qoraqir ko’llarini keltirish
mumkin. 1993 yilda qurilgan Damxo’ja - Buxoro suv quvuri viloyat markazini
ichimlik suvi bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq shunga
qaramasdan, bu yerda suv muammosi keskin. Yuzaga kelgan holat nafaqat qishloq
xo’jaligiga, balki aholining salomatligiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Umuman olganda, yuqorida ta’kidlanganidek, Buxoro viloyati tipik cho’l
mintaqasidir. Katta qumliklardan biri - Qizilqum bu hududni ham qamrab olgan.
Viloyatning transport va iqtisodiy geografik o’rnining o’ziga xos xususiyatlaridan
biri shundaki, uning hududi, aniqrog’i Olot tumani mamlakatimizning xorijiy
davlatlarga chiqadigan darvozalaridan biri sanaladi. Turkmanobodga o’tgan temir
yo’l orqali O’zbekiston Turkmaniston, Kavkazorti mamlakatlari hamda Eron va
boshqa janubiy, janubiy-g’arbiy Osiyo (Yaqin Sharq) davlatlari bilan tashqi
iqtisodiy aloqalar olib boradi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Navoiy-UchquduqNukus temir yo’lining ishga tushirilishi Buxoro viloyati transport geografik o’rnini
biroz o’zgartirdi, Kogon, Qorako’l va Olot bekatlarining bunday funksiyalari
susaydi. Maydoni 111,0 ming kv. km yoki respublika hududining 25
foiz qismiga teng. Aholi soni esa 940 ming kishi (mamlakat aholisining 3,0 foizi).
Qizig’i shundaki, bu geografik ko’rsatkichlar O’zbekiston miqyosida katta
qutbiylik xarakteriga ega: maydoni bo’yicha ham, demografik salohiyati bo’yicha
ham u ikkinchi, biroq hududiga ko’ra viloyat Qoraqolpog’iston Respublikasidan
keyingi ikkinchi, aholi soni jihatidan esa faqat Sirdaryo viloyatidan oldinda, ya’ni
oxiridan ikkinchi. Navoiy viloyatining ichki ma’muriy tuzilishi ham uncha
murakkab emas; bu yerda atigi 8 ta qishloq tumanlari mavjud, xolos. Eng kichik
tuman-Karmana va eng katta tuman-Uchquduq o’rtasidagi tafovut 49,1 martaga
barobar. Navoiy viloyati respublikamiz hududiy mehnat taqsimotida asosan tog’-
kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati
hamda qishloq xo’jaligida go’sht-jun chorvachiligiga ixtisoslashgan. Uning
hissasiga respublika yalpi ichki mahsulotining 5,4, sanoat ishlab chiqarishining
10,6, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 4,7, chakana savdo aylanmasining 4,0,
pullik xizmatlarning 3,0 foizi to’g’ri keladi. Eksport va importda viloyat ulushi 2,9
va 4,5 foiz. Sanoat mahsulotining qiymati bo’yicha Navoiy viloyati
respublikamizda oldingi o’rinlarda turadi.
Viloyat mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U
katta masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat
hududi g’arbda Buxoro, janub va janubisharqda Samarqand va qisman Jizzax
viloyatlari bilan, shimolda va shimolig’arbda Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan,
janubda juda qisqa masofada Qashqadaryo viloyati bilan tutash. Navoiy viloyati
o’zining orografik xususiyatlari bo’yicha respublikaning boshqa mintaqalaridan
keskin farq qiladi. Uning hududida kichik-kichik qoldiq tog’liklar mavjud. Viloyat
hududi, eng avvalo, o’zining oltin zahiralari bilan ajralib turadi. Bu yerda uran,
fosforit, asbest, dala shpati, marmar, qurilish materiallari xom ashyosi va boshqa
konlar ham mavjud. Aynan ana shu mineral xom ashyo resurslari viloyat
iqtisodiyotini shakllantirish, uning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini
rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, oltin Oltintov,
Ko’kpatas, Jeltoy, Tomdibuloq, Belpontov, Muruntov, Amantoytov, Adjibugur,
Aristontol va boshqalarda, fosforit Jeroy-Sardoba konida, marmar G’ozg’on,
Oqtov, Ko’kpatasda, oxaktosh Tomdibuloqda, polimetal rudalar Oqetpes,
Ko’kmanachi, Visokovoltnoye, Qorabugutda, mis Qoramurunda, turli xil qurilish
materiallari xom ashyosi Oytim, Bepasan, Azkamar, Jeroy kabi konlarda bor.
Iqlimi nihoyatda quruq va kontinental, yog’insochin miqdori juda oz (o’rtacha
100-200 mm). Bu esa viloyatda qishloq xo’jaligini, xususan uning dehqonchilik
tarmog’ini rivojlantirishga qulay sharoit yaratmaydi. Shu bois, Navoiy viloyati
asosan yaylov chorvachiligi, qorako’lchilikka ixtisoslashgan. Viloyatda gidrografik
shaxobchalar rivojlanmagan; Navoiy shahri yaqinida Zarafshon daryosining suvi
juda ozayib qoladi. Janubiy rayonlarda sug’orma dehqonchilikni yuritish
maqsadida Quyimozor, Sho’rko’l, To’dako’l suv omborlari qurilgan. Shuningdek,
bu yerda Amu Buxoro, O’rtacho’l, Konimex kanallari ham bor. Nisbatan katta
maydonni egallagan Haydarko’lning esa (uning boshlanish qismi qo’shni Jizzax
viloyatida) qishloq xo’jaligida ahamiyati deyarli yo’q
Samarqand viloyati respublikamizda eng birinchilar
qatorida tashkil etilgan. U 15 yanvar 1938 yilda ushbu ma’muriy maqomni olgan.
Maydoni 16,8 ming kv.km yoki O’zbekiston hududining 3,7 foiziga teng. Uncha
katta bo’lmagan mintaqada, 2014 yilning ma’lumotlariga qaraganda, 3412,8 ming
aholi yashagan. Bu mamlakat aholisining 11,2 foizi demakdir. Hududining ko’lami
bo’yicha respublikamizda 7-o’rinda, aholisiga ko’ra esa birinchi o’rinda turadi.
Bundan to’g’ridan-to’g’ri xulosa chiqarish mumkinki, viloyat aholisining zichligi
o’rtacha mamlakat ko’rsatkichiga qaraganda deyarli 3 marta yuqori.
Viloyatning demografik salohiyati ancha katta bo’lsada, asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha u uncha ajralib turmaydi. Samarqand
viloyati respublika yalpi ichki mahsulotining 6,2 foiz, sanoat ishlab chiqarishining
5,4 foiz,, xalq iste’mol mollarining 10,0 foiz,, kapital qo’yilmalarning 6,1 foiz,,
qurilishning 4,8 foiz, chakana savdo hajmining 8,3 foiz, va pullik xizmatning 9,5
foizini ta’minlaydi. Samarqand viloyati ma’muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari,
11 shahar va 88 ta shaharchalardan iborat. Bu yerda 125 ta qishloq fuqarolar
yig’inlari, 1871 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Maydoni bo’yicha eng katta
tuman Nurobod - 4,86 ming kv. km yoki viloyat hududining 28,9 foiz,.
Viloyatning ikkinchi “qanoti” – Qo’shrabot tumani ham ancha katta - 2,16 ming kv
km. Ayni vaqtda Toyloq tumani hududi atigi 0,28 ming kv km.
Samarqand viloyati mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida muhim mavqega ega.
Bu yerda mashinasozlik, oziqovqat sanoatlari, paxta, uzum, tamaki yetishtirish,
xalqaro turizm ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi.
Samarqand viloyati qulay geografik o’rinda, respublikamizning markaziy
qismida joylashgan. U g’arb va shimolig’arbda Navoiy, shimolisharqda Jizzax,
janubda Qashqadaryo viloyatlari bilan, janubisharqda qisqa masofada Tojikiston
Respublikasining So’g’d (Panjakent rayoni) viloyati bilan chegaradosh. Viloyat
tabiiy resurslarga birmuncha boy. Jumladan, Qo’shrabot tumanida oltin
(Zarmiton), Nurobod tumanida volfram va molibden (Ingichka), Urgut tumanida
marmar, Samarqand tumanida ohak (Ohakli) va boshqalar bor. Yuqoridagilardan
tashqari, mintaqa hududida oltin Oqbel, Oltinqozg’on, bazalt Zarband, granit
Gurmak, Qo’shrabot, kaolin va alunit Oqtosh, volfram rudalari Yaxton, Urgut, turli
xil qurilish materiallari Jom, Bulung’ur, Ishtixonda topilgan. Biroq, bu tabiiyresurs salohiyatdan hozircha to’laligicha foydalanilmayapti.
Iqlimi kontinental, namgarchilik qo’shni Navoiy viloyatiga qaraganda biroz
ko’proq (300-400 mm). Eng ko’p yog’in Omonqo’ton atrofida - 1000 mm. Asosiy
daryo, mintaqa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining «o’qi» Zarafshon bo’lib, u
Samarqanddan sal o’tgandan so’ng ikkiga, ya’ni Oqdaryo va Qoradaryoga
bo’linadi, viloyat chegarasida esa (Xatirchi tumanida) ular yana qo’shiladi.
Zarafshonning doimiy, aytarlicha suv zahiralariga ega bo’lgan irmoqlari ancha oz.
Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent tumaniga
qo’shni joyda, Zarafshonning tog’ oraliqlaridan vodiyga chiqish qismidan kanallar
boshlanadi. Ulardan eng muhimi qadimgi Darg’om hisoblanadi, aynan ana shu
kanaldan Eski Anhor kanali suv oladi va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi
tumanini ham sug’oradi. Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari,
Narpay, Bulung’ur kanallari, Beshariq arig’i ham dehqonchilik rivoj topgan
hududlarni suv bilan ta’minlaydi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, viloyat
iqtisodiyotining shakllanishida mineral resurslarga ko’ra agroiqlimiy sharoitlarning
roli katta. Bundan tashqari, bu yerda turizm va rekreatsiya resurslari mavjud bo’lib,
ularning ahamiyati ham sezilarli darajada yuqori. Rekreatsiya resurslari, xususan
tog’ etaklarida, soy bo’ylarida juda ko’p va ulardan foydalanish katta ahamiyatga
ega. Ekoturizm nuqtai nazaridan g’orlar, Urgut chinor va buloqlari diqqatga
sazovor joylardir.
Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə