O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 62,92 Kb.
səhifə6/11
tarix25.05.2022
ölçüsü62,92 Kb.
#87841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

1.4 Oltingugurt
Oltingugurt (Sulfur). Tabiatda erkin holda uchraydi.Nisbiy atom massasi 32,064; tabiiy izotoplarining massa sonlari: 32; 34; 36. Oltingugurt qadimdan ma‘lum element. Oltingugurt tabiatda erkin (tug‘ma oltingugurt) holida va birikmalar (sulfidlar va sulfatlar) holida uchraydi. Eng muhim sulfide rudalar (ularning ko‘rinishlariga qarab)kolchedanlar va metall yaltiroqlar nomi bilan yuritiladi.Bular qatoriga temir kolchedani FeS₂(uni pirit va oltingugurt kolchedani deb ham yuritiladi), rux yaltirog‘i ZnS, qo‘rg‘oshin yaltirog‘i- PbS, mis kolchedani,mis yaltirog‘i kiradi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor,ayniqsa pirit texnikada sulfat kislota ishlab chiqarish uchun katta ahamiyatga ega. FeS — temir kolchedani; ZnS — rux aldamasi;PbS—qo‘rg‘oshin yaltirog‘i; Bi2S3 — vismut yaltirog'i; CaSO4 • 2H2O — gips; BaSO4;MgSO4 • 7H2O ; Na2SO4* 10 H2O glauber tuzi ko'rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko‘mir,o‘simlik va hayvonlar tarkibida bo'ladi. Oltingugurtning bir qancha allotropik shakl o‘zgarishlari bor. Odatdagi sharoitda mo‘rt sariq rangli kristallar hosil qilib, 112,8°C da suyuqlanadi, d=2,07 g/sm3. Suvda erimaydi, lekin CS2, benzolda eriydi. Rombik oltingugurt. 95,6°C dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi. Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6°C dan yuqori haroratda uzun ignasimon kristallar holida bo'ladi. 119°C da oltingugurt suyuqlanadi. 160°C da jigarrangga kiradi, 250°C dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400°C da harakatchan, 446,6°C da qaynaydi. Agar oltingugurt kuchli qizdirilib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq rangli yumshoq oltingugurt hosil bo‘ladi u kauchukka o‘xshab cho‘ziladi. Shunday oltingugurt plastik oltingugurt deyiladi va u oltingugurtning amorf shakl o‘zgarishi hisoblanadi. Oltingugurt past haroratda S8 holida bo‘ladi. Harorat oshirilsa, uning molekular massasi kamayadi. Oltingugurt bug‘larida S8, S6, (500°C), 1000°C da S2 va 2000°C da S holida bo‘ladi. S8 molekulasi “toj” shakliga o ‘xshash ko'rinishda bo'ladi. Tabiiy izotop massa sonlari:³²16S(95,02%),3316S(0,75%),3416S(0,02%).

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə