O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi



Yüklə 100,38 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü100,38 Kb.
#134791
1   2   3   4   5
Real sektorining tarkibiy tuzilishi va ularning o\'zoro bog\'liklari tahlili va prognozlash

Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o’sishga yo’l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy shartlaridan biridir. Tarkibiy o’zgarishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag’batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishi bo’lib qoladi. Hozirgi davr yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o’zgartirishlarni yuzaga keltiradi. Shu bois tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur. Islohotlar barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashi zarur. Ammo, buning uchun butun iqtisod tayanchi bo’lgan o’zak tarmoqlarni qo’llab-quvvatlab, ularning inqiroziga yo’l bermaslik o’zbek modelining muhim talabidir. Islohotlarni chuqurlashtirish o’zak tarmoqlarni barqaror o’sishini ta’minlashni anglatadi. Iqtisodiyotning real sektorini yangilash tarmoqlarning yangi pog’onaga ko’tarishga va mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga katta hissa qo’shadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning «o’zbek modeli» milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Ulardan biri - sarmoyalarni jalb etish yo’li bilan iqtisodiyotning real sektoriga madad berishdir. Iqtisodiyot tarkibini isloh etish bu – milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun eng zarur bo’lgan resurslarni etkazib beruvchi tarmoqlar majmuidir. Ularga neft, neft mahsulotlari va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko’mir ishlab chiqaruvchi sohalar, tog’-metallurgiya kompleksi, kimyo, mashinasozlik, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari kiradi. Iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish davlatning ko’magida rivojlandi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlari o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, qichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish hamda bank-moliya faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi jon boshiga nisbatan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi yildan yilga o’sib bormoqda. Biroq tarmoqlarni modernizatsiyalash va qayta texnologik jihozlash bo’yicha olib borilgan tadbirlarda, ularning bajarilishida va korxonalarni rivojlantirishda bir qator muammolarga ham duch kelmoqda. Jumladan: • jahonda vujudga kelgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va xomashyo narxining ko’tarilishi natijasida investitsiya mablag’larining belgilangan tadbirlarni qoplamasligi; • xorijiy davlatlardan ajratiladigan kredit limitlarining chegaralanganligi, shuning uchun dasturdagi belgilangan investitsiyalarni o’zlashtirish masalalarining qayta ko’rib chiqilishi; • pudratchilar tomonidan bajariladigan ishni juda qimmat bahoga belgilanishi, ajratiladigan mablag’lari bu ishlarni qoplamasligi sababli, ishni bajarish uchun mablag’ni o’zlashtirilmaganligi va shu kabidir. Yuqoridagi muammolarni hal etishda milliy ishlab chiqaruvchilardan mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, ichki va tashqi omillardan maksimal darajada foydalangan holda faoliyatni tashkil etish talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda Investitsiyani davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari muhim o’rin kasb etadi
Investitsiya faoliyati: investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi.
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi.
Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.
Investitsiyaning ob’ekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan ob’ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari bo’lishi mumkin.
Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin.
Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir.
Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar.
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir.
Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir.
Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta’sir ko’rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o’z-o’zidan rivojlana olmaydi, unga albatta, muayyan ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektlarning aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat qo’li bilangina ta’minlash mumkin bo’ladi. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion faoliyatining rivojlanishini bo’g’ib qo’ymasligi kerakki, aks holda uning amal qilishi sub’ektivlik ta’sir kuchiga bo’ysundirilib qoladi.
Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish.
Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo’llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo’yidagilardan iborat.

  1. Soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq sub’ektlarini, ob’ektlari va stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish.

  2. Amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo’llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish.

  3. Ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, subsidiyalar, subventsiyalar orqali yordam ko’rsatish.

  4. Kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o’tkazish.

  5. Yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash.

  6. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish davlat dasturlariga kiritish.

  7. Investitsiya loyihalarining monitoringini o’tkazish va mexanizmini ishlab chiqish.

  8. Zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to’xtatib turish, cheklash yoki tugatish.




Yüklə 100,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə