O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə22/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar

Mutlaq ko‘rsatkichlar o‘rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o‘xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko‘lami, soni, hajmi, darajasi makon va zamonda taqsimlanish shaklida namoyon bo‘ladi. Mutlaq miqdorlar hodisalar to‘plami yoki bir butun qismini ta’riflashiga qarab makro va mikro ko‘rsatkichlarga, olish usuliga asosan oqim va zahiraviy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Oqim ko‘rsatkichlari ma’lum davr davomida sodir bo‘lgan hodisalarning absolut miqdorini ta’riflaydi, zahiraviy ko‘rsatkichlar esa ularning muayyan holatini, ayni fursatda mavjud bo‘lgan miqdorini aniqlaydi. Masalan, 2005 yilda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida 15,1 trln. so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratilgan, ulardan 10,4 trillion so‘m pirovard iste’mol va 4,7 trillion so‘m iqtisodiy aktivlarni jamg‘arish uchun ishlatilgan.6


Absolut miqdorlar natura va shartli natura birliklarida va pulda ifodalanadi. Natura birliklari uzunlik, og‘irlik, yuza va hajm birliklardan iborat bo‘lib, ular hodisalarining jismoniy tabiati va o‘rganishda ko‘zlangan maqsadga qarab qo‘llanadi. Ammo bu holda bir jinsli hodisalarning sifat tomoni hisobga olinmaydi. Shartli natura birliklari iste’mol qiymatlari bir xil bo‘lgan, ammo sifat belgilari bilan keng ko‘lamda farqlanuvchi hodisalarni miqdoriy o‘lchashda ishlatiladi. Buning uchun bir jinsli hodisalarning eng muhim belgisiga qarab shartli birlik qabul qilinadi va unga boshqa hodisalarni ushbu qiymatlari orasidagi nisbatlarga asosan keltirish koeffitsiyentlari tuziladi. Bu koeffitsiyentlarga tegishli hodisalarning jismoniy sonini ko‘paytirib, ularning shartli-natura birliklarida ifodalangan umumiy miqdori aniqlanadi.


Shartli natura o‘lchov birliklari yordamida har xil jinsli (turli) hodisalarni o‘lchab bo‘lmaydi, chunki bu holda ular uchun umumiy muhim belgi topilmaydi, demak aylantirish koefitsyentlarini tuzib bo‘lmaydi. Bunday hollarda hodisalarning umumiy miqdori pulda bozor baholari yordamida ifodalanadi.
Ommaviy hodisa va jarayonlarni bilish va o‘rganishda mutlaq miqdorlar muhim qurol vazifasini o‘ynasa-da, ammo ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. Mutlaq miqdorlar o‘rganilayotgan voqelik qanday tezlikda rivojlanayotganligini, uning takrorlanish intensivligini aniqlamaydi. Buning uchun nisbiy miqdorlar qo‘llanadi. Ular qiyosiy tahlilni chuqurlashtirish va tafakkurimizni boyitish uchun xizmat qiladi. Taqqoslash statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o‘xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo‘llari va shakllari mavjud (3.4-tarh).





Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə