O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 23,52 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü23,52 Kb.
#166655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgargan taqdirda va Soliq Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni to‘lash majburiyati bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda to‘lamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq to‘lovchining soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatini to‘liq hajmda bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Penya - soliq to‘lovchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda to‘lashi lozim bo‘lgan pul summasidir. Tegishli penyalarning summasi to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalaridan tashqari va soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlashga doir boshqa choralar, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llanilishidan qat’i nazar to‘lanadi.
Mol-mulkni
xatlash - soliq
organining
soliq
to‘lovchi
yuridik shaxsning
mol-mulkiga
nisbatan
mulk
bo‘lgan huquqini
cheklashga doir harakati soliq qarzini undirish
to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash usulidir.
Soliq qarzi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yishi mumkin.
Soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha uning mol-mulkini xatlash soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab o‘n besh kalendar kun ichida u tomonidan to‘liq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi.
Mol-mulkni xatlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin.
4.Soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi.
Soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi uni to‘lashga doir to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka, o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bor-yo‘qligidan qat’i nazar belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.

Yüklə 23,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə