Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi sаmаrqаnd veterinаriya vа meditsinаsi instituti toshkent filiаli

Yüklə 13,37 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü13,37 Kb.
#147982
1   2   3   4   5
Abdullayev Soxibjon

Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar o’zlarining to’g’ri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko’p, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining me’yor holiga kelgunicha ma’lum vaqt o’tishi ham lozim bo’lib qoladi.

Adabiy tilning me’yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me’yorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: kodifikasiyalanganlik – ongli aralashuv yo’li bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o’zlashganlik va anglanganlik, egallanganlik va tushunilganlik, qat’iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo’llanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviylik, turg’unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, an’anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan o’suvchanlik, variantlilik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obyektivlik kabilar.

Nutq jarayonidagi odat va ko’nikmalarni ana shunday bosqichlar deb tushunsak to’g’ri bo’ladi. Chunki ma’lum predmet yoki tushunchaning ifodasi, atamasi bo’lgan birlik tilda paydo bo’lar ekan, undan foydalanishga til vakillari dastlab o’rganishi, odatlanishi lozim. Bu birliklarni qanday talaffuz qilishdan tortib, u anglatgan ma’noni fahmlash, anglab yetishgacha bo’lgan jarayon yuz berishi kerak. Shunday ekan, kishi ongi va amaliyotida til birligi me’yorlashishining birinchi bosqichi odatlanish bo’lib hisoblanadi. Bu elementlar tinimsiz, takror-takror ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida ko’nikma hosil bo’ladi. Ko’nikmalar esa me’yorlashishni bir qadar mustahkamlaydi, deb bemalol aytish mumkin. Ana shuning uchun ham tanlash imkoniyati tilning amalda bo’lishining keyingi davrlariga – til ham shaklan, ham mazmunan boyigan, adabiylik darajasiga ko’tarilgan paytlarga to’g’ri keladi.

Yüklə 13,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə