O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 91,12 Kb.
tarix04.12.2017
ölçüsü91,12 Kb.
#13827

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI

MAVZU: Qadimgi Yunoniston tarixnavisligi. Ksenofont,Geradot,Fukidid tarixchilar asarlari.

Bajardi: Axmedov A.

Qabul qildi: Abdunazarov A.

TOSHKENT - 2013

Mavzu:Qadimgi Yunoniston tarixnavisligi. Ksenofont,Geradot,Fukidid tarixchilar asarlari.

Mundarija:

Kirish………………………………………………………………………………….…3-5

I Bob Antik tarixchilarning asarlarida Gretiya tarixini yoritilsh

I.I.Geradotning “Skiflar”asari,Fukidid asarlari tasnifi……………………………………………………………………………….…..6-12

I.II.Ksenofont asarlari va Aristotel fanlarning tasnifi haqida…………………………………………………………………………….…..13-16

II Bob Miloddan avvalgi II-I asrlardagi manbalarda Yunoniston tarixi

II.I.Polibiy asarlari,Plutarxning “Aleksandr” romani haqida………………………………………………………………………….………17-21

II.II.Gomer va Strabon asarlari…………………………………………….22-25

Xulosa……………………………………………………………………………………….26

Kurs ishiga oid qisqacha izohli lug’at………………..…………………27-28

Ilova

Adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Insoniyat o’zining qadimgi tarixiga hamma vaqt qiziqish bilan qarab kelgan.Bu davrni antik dunyo deb ataymiz.Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz.Qadim zamonlardan qolgan va shular asosida biz o’tmish tarixini tiklaydigan narsalarning hammasi ular hoh tosh va boshqa obidalarga yozilgan yozuv bo’lsin,hoh antik muallifning guvohlik berib yozib qoldirgan asarlari bo’lsin,hoh bino yoki mehnat quroli bo’lsin,ana shularning hammasi biron-bir qadimgi davrni o’rganish uchun manbadir.Antil davrning badiiy go’zalligiga asos solgan Gomer ijodidagina enas,shu bilan birga Esxil,Sofokl,Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarning nodir adabiyot durdonalari ham bitmas-tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir. Gesiod,Geradot,Fukidid,Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ istedotlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir.Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga hos qirralarini kuzatamiz.Gomer davridayoq skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgan edi.Bu o’rinda Gomerning skiflar haqidagi fikri beihtiyor etiborimizni o’ziga jalb etadi.Gomer o’zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi,deb yozadi Flaviy Arrian”Aleksandrning yurishi”asarida.Skiflar hqiqatgo’y odamlar bo’lgan,ular Osiyoda yashaydi,biroz kambag’alrog’u,ammo juda haqiqatgo’y.Yunon adibi Gomerdan tashqari yana bir yunon adibi Geradot o’zining asarlarida ham skiflar haqida qiziq-qiziq hikoyalar yozib qoldirgan.Geradot ijodi to’qqizta kitobdan iborat.uchinchi kitobning bir qismi va to’rtinchi kitob to’liq holda skiflar hayotiga bag’ishlangan.Shu o’rinda skiflarning o’zi kimlar,degan savolning tug’ilishi tabiiy.

Skiflar haqida izchil ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan rus olimi V.N.Dyakovning fikricha,skiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan,ularning tili shimoliy Eron gruppasiga yaqin edi.Ularning ona tillari O’rta Osiyoda yashovchi sak va massaget qabilalarinikiga o’xshash bo’lgan.Skiflar haqida yirik tadqiqotlar yaratgan yana bir olim L.V.Ditmarning fikricha,skiflar,asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi qabilalardan bo’lib,asosan cho’l joylarda yashar edi.

Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz.Ammo uning ijodiga yaqindan yondoshsak,eng avvalo yunon adabiyotining ulug’ namoyondasi bo’lganligining ham guvohi bo’lamiz.To’qqiz kitobning har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya,rivoyat va o’zoga hos tarixiy novellalarini o’z ichiga oladi.Geradot ijodi orqali biz o’sha davrda Markaziy Osiyoda xalq og’zaki ijodi ancha rivoj topganligini bilamiz.Darhqiqat,ilk xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblangan “To’maris”,”Shiroq”afsonalarini ham Geradot,Polien ijodida uchratamiz.

Hatto bu afsonalarning ham ma’lum darajada tarixiy asosga ega ekanligini yunon adabiyotining ulug’ namoyandasi Ksenofontning asari orqali bilib olishimiz mumkin.Ksenofonning bundan tashqari “Anabasis” “10000 yurishi” asarlarida qarib yarim asrdan ko’proq davom etgan Eron-Yunon urushi tasvirlanadi.Badiiy adabiyot insoniyat tarixini aks ettiradi.Shuning uchun ham biz ko’pincha Geradot,Ksenofont asarlarini tarixiy asar sifatida qaraymiz.Aslida bu asarlar tarixiy nasrning yorqin namunasidir.Ularda go’zal badiiy ifodani kuzatamiz.O’z o’rnida tarixchilar ham bu asarlarni o’qib tarix haqida xulosa chiqaradilar.

Hamma davrlarda ham tarix fani bilan adabiyot o’ziga hos ravishda chambarchas bog’lanib kelgan. Ushbu kurs ishining mavzusini shu ma’lumotlar bilan bog’ladim va ochib berishga harakat qildim.Kurs ishini II bob to’rt paragrafga bo’lib yoritdim.Kirish,xulosa va adabiyotlar shular ichida.Yana bir ma’lumot antic tarixchilarning asarlari Yunon tarixiga oid eng asosiy yozma manbadir.Gretsiyada tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas.Greklarning tasavvuricha tarix fan emas,balki san’atdan va pand nasihatdan iborat.Shu sababli qadimgi Greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o’z muzasi bor,bu muza Kliodir,Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda san’atlar boshi Apollon ayyomlari orasida bo’lgan deb hisoblaganlar.Greklar tarixiy voqealar tog’risida chiroyli va pand nasihatli hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar.Ular,tarixning asosiy vazifasi pand nasihatdan iborat deb hisoblaganlar.



I Bob Antik tarixchilarning asarlarida Gretsiya tarixining yoritilshi

I.I.Geradotning “Skiflar”asari,Fukidid asarlari tasnifi Eramizdan avvalgi V asrda chinakam tarixiy asar yaratgan haqiqiy tarixchi Gerarot(Eramizdan avvalgi 484-425-yillar) yashagan, uni tarixning otasi deb ataydilar.U asli Kichik Osiyoning g’arbiy sohili janubida joylashgan Galikarnos shahridan kelib chiqqan.Geradot ko’p sayohat qilgan:O’rta dengizdan to Emfantinagacha butun Misrni aylanib chiqqan.Egey dengizidan tortib to Erom poytaxti Suzaga qadar “Shoh yo’li”deb atalgan yo’lni bosib o’tgan.U shimoliy qora dengiz bo’ylaridagi dashtlarda ham bo’lgan,Grek ma’rifatchilarining markazi Afinada yashagan.Geradot yozgan tarixning asosiy mavzusi gretsiya-eron urushlari edi.Lekin uning tarixi faqat urush harakatlari tasviriga qaraganda ancha kengroqdir.Geradot asosiy mavzuga kirish tariqasida Eron davlati qatoriga kirgan mamlakatlarini tasvirlagan va Gretsiyaning undan oldingi tarixini qisqacha bayon qilgan.Geradotning asari Gretsiya-Eron urushlari,arxaik va klassik Gretsiya,Skifiya va butun olding Sharq tarixiga oid muhim manbadir.Ba’zi mamlakatlar masalan Lidiya faqat Geradot tomonidan tasvirlab yozilgan bo’lib,ular haqida biz deyarli boshqa hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. Geradotning tarixi logograflarning asarlaridan avvalo shu bilan farq qiladiki,Geradot garchi ibtidoiy tarizda bo’lsada,tarixiy konsepsiyaga egadir.Uning tasavvuricha tarixda hamma narsa Hudoga va taqdirga bog’liq.Greklarning Eronlilar ustidan qozongan g’alabasini ham u Hudoning irodasiga bog’lab izohlaydi.

U ishonchli faktlarni berishga harhakat qiladi,faqat o’z kozi bilan ko’rgan voqealarni komil ishonch bilan yozadi,lekin shu bilan birga boshqalarning unga aytganlarini ham bayon qilib o’tadi.U men odamlarning aytganlarini yozishga majburman ammo hammasiga ishonishga majbur emasman deb yozadi1. Shu tariqa unda tarixiy manbalarga tanqidiy qarash boshlandi. Geradot tarixning shunchakisi emas,balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvshi yetuk ijodkordir.Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli.Ayniqsa,skiflarning hayoti haqidagi hikoyalari va ularning urf-odatlari va udumlari haiqdagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy tarizda ifodalanganki,ulani o’qigan o’quvchi hayajonga tushadi. Geradotning skiflar asari jahon adabiyoti hazinasidan munosib o’rin egallagan.Bu asar juda ko’plab tillarga tarjima qilingan.Skiflarni birinchi bo’lib jahonga tanitgan ham Geradotdir.XVII-XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning skiflar asarini juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nusxalarda tarjima qilishga buyruq berishgan. Natijada,asar bir necha marta tarjima qilinib,qayta-qayta nashr etiladi. Geradotdan oldin skiflar haqida yunin adiblari Gomer,Esxil ham yozganlar.Lekin skiflarni haqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi. Geradotning skiflar asarining badiiy uslubi,undagi hikoyalarning harakterli hususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keld.Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa,I.Ya.Temoshenkoning Geradot va uning asari,Vitold Klingerning hikoyachilar motivlari asarlari,shuningdek,Sharq xalqlarining tarixiy hikoyalar kabi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi.

Bu asarlar bilan chuqur tanishsak,Geradotning badiiy so’z san’atkori ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.Eng harakterli tomoni shundaki,Geradot o’z ko’zi bilan ko’rgan va eshitgan voqealarni qalamga oladi,yolg’on-yashiq,sohta ma’lumotlar bilan ish ko’rmaydi.Tarixiy haqiqatni aniq real tasvirlashga harakat qiladi.Shuningdek Geradot ijodida mifologik harakterdagi hikoyalar ham berilgan. Geradot juda katta bilim iroda va matonat egasi bo’lgan.U juda ko’plab ellar ellatlarni bir talay mamlakatlarni piyoda kezgan.O’zi ko’rgan bilgan voqealarni qalamga olgan.Hamma vaqt odamlar orasida bo’lgan, qayerga bormasin,insonlarning qalbiga yo’l topgan.Ellar va Ellatlarning hayotiga kirib borgan. Ular bilan yaqindan tanishgan2.

Skiflar kelib chiqishi haqida turli hil rivoyatlar bitilgan.Jumladan, to’rtinchi kitob to’laligicha skiflar hayotiga bag’ishlangandir.Bu kitobning beshinchi hikoyatida aytilishicha skiflar bilan go’yo yunon mabud va mabudalari o’rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari bo’lganligi,greklar muqaddas bilgan mabudalr mabudi Zevs go’yoki skiflar uchun ham mabud bo’lgan emish.Go’yo skiflar ham Zevsni o’z mabudi sifatida qabul qilgan.Bu fikir shuni ko’rsatadiki antik davrda ko’pgina xalqlarning qismati bir-biriga juda o’xshash va uyg’un bo’lgan.Faqat xalqlar qismatigina emas balki,ulaning orzu o’ylari, kurash va intilishlari ham bir-biriga juda yaqinlashgan. Skiflar o’z kelib chiqihlari haqida shunday hikoya qiladilar. Aytishlaricha,hammayoq dastlab yap-yalong’och cho’l bo’lgan.Bu cho’lda Targ’itoy degan odam paydo bo’lgan.

Targ’itoy Zove bilan daryo qizi Borisfenessadan tug’iladi. Targ’itoydan uch o’g’il paydo bo’ladi:Lipoqsay,Arpaqsay va eng kichkinasi Qoloqsay.Bu o’g’illar hayotligida kunlardan bir kun osmondan oltin narsalar yog’iladi.Bular quyidagilar:omoch,arqon,bolta va tovoq.Bu oltin narsalarga katta o’g’il yaqinlashganda,ular o’zlaridan shunday nur taratib yarqiraydiki,orqaga chekinishga majbur bo’ladi.O’rtancha o’g’il yaqinlashganda ham shunday hodisa yuz beradi.Eng kichik o’g’il yaqinlashganda bu oltin buyumlar o’zida yarqiroq nur tararishdan to’xtaydi.Natijada u bu oltinlarni olib,uyga ravona bo’ladi.Shundan so’ng katta o’g’il Lipoqsay kichik ukasi Qoloqsayga shohlikni inom etadi. Hikoya qilishlaricha Lipoqsaydan tarqalgan skiflarni “Avxatoblar”deb atashgan.O’rtancha o’g’il Arpaqsaydan tarqalgan skiflarni “Katiaram” va “Traspiamlar”deyishgan.Kichil o’g’il shoh Qoloqsaydan tarqalgan skiflarni “Paralattamlar”deb nomlaganlar.Skiflar shohi ularni “Skolotlar”deb atashgan.Skiflar esa ulani Ellinlar deb atashgan3 Kunlardan bir kuni Ilon qiz uchta o’g’il tug’adi.Ulardan biriga Agofirs deb nom qo’yadi ,ikkinchisini Gelondeb ataydi.Uchinchisini,eng keyin tug’ilganini Skif deydi.Uch o’g’ildan ikkitasi,ya’ni Agofirs va Gelon otasi Gerakl qo’ygan shartni bajara olmagani uchun,Ilon qiz ularni mamlakatdan quvib yubordi. Eng keyin tug’ilgan kichik o’gil Skif otasi Gerakl shartlarini bajargani uchun,Ilon qiz unga tovoqsimon oltin to’qali qayish bilan bepayon yerlarni beradi.Shundan buyon skiflar bu yerlarda paydo bo’ladilar4.

Bu hikoyaning mazmuniga diqqat bilan e’tibor bersak,Gerodot skiflarga bir qadar hayrihohlik bilan qaraganligining guvohi bo’lamiz.Bu o’z navbatida,olviyalik greklar bilan skif qabilalari o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy bo’lganligidan ham dalolat beradi.Albatta,bu afsonadagi voqealarga fantastik bo’yoqlar bilan jilo berilgan.Shunday bo’lsad,bu afsonalarning g’oyaviy ruho xalqlar dilidagi tilak va orzularga hamohangdir.Shunday qilib Gerodotning ijodiy merosi to’qqiz kitobdan iborat bo’lib,har bir kitob yuz ellik va undan ko’p hikoyalarni o’z ichida mujassam etgan.Tadqiqotchilar va tarjimonlar bu hikoyalarni boblarga bo’lishgan.Gerodotning takidlashicha,ularning har qaysisi o’ziga xos alohida hikoyalardir.

Gerodot skiflar taomlariga ham qiziqish bilan qaraydi.Oltmish birinchi hikoyada bu haqida shunday deyiladi:”Jonliqning go’shtini suyagidan ajratadida,qozonga soladi.Suyagini o’choqqa qalab yoqadi va shu bilan qozonni qaynatib go’shtni pishiradi.Mobodo qozon topolmasa,go’shtni jonliqning qorniga soladi-da,suv quyadi.Tagiga suyak qalab yoqadi.Suyak juda yaxshi yonadi.Suyakdan tozalangan go’sht tez pishadi.Taom tayyor bo’lgach qassob bir bo’lak go’shtni va pishirilgan qorinni Hudo yo’liga bag’ishlaydi.Uy hayvonlarining hammasini ham qurbonlik qilaverish mumkin,ayniqsa otni qurbonlik qilish alohida buyurilgan.5

Gerodot skiflarning harbiy odatiga doir ham g’aroyib voqealarni hikoya qiladi.Skiflar birinchi o’ljasi bo’lgan dushmaning hammasining kallasini kesib olib,shoh huzuriga olib keladilar va evaziga shohdan mukofot oladi.Aks holda mukofotdan mahrum bo’ladilar.

Dushmanning boshidagi terisini shunday ajratadi:boshining tepasini qulog’i oldidan aylana shaklida kesadi.So’ngra teri qismini ajratib oladi.Teri yumshoq holda pishgancha qo’lda iylanib,otning boshidagi tog’asiga ilib qo’yadi.Skif otda yurganda uni ko’rib mag’rurlanadi.Dushmanni kallasining terisidan ko’pchilik otlariga yugan,jabduq qilib olishgan.Agar bunday terilar ko’payib ketda o’zlari uchun kishilik kiyim qilib,kiyib oladilar.Ko’pincha o’lja olingan dushmanning o’ng qo’lining terisini shilib olib,yoy va uning o’qlarini solib qo’yadigan qin yasab oladilar.Haqiqatdan ham odam terisini juda qalin,yarqiroq va chidamli bo’ladi.Ko’pincha dushman terisini butunlay shilib olib:tayoqqa kiydiradilar,o’zlari bilan birga otda olib yuradilar.6

Peloponnes urushiga bag’ishlagan tarixning muallifi va zamondoshi Fukidid(eramizdan avvalgi 460-359-yillar).Gerodotdan atigi yigirma to’rt tosh kichik edi.Lekin shunday bo’lsa ham u boshqa zamon va boshqa dunyoqarashli kishisi edi. Fukididning tarixi antic dunyoning eng zo’r tarixiy asarlaridan biridir.Bu tarix o’z tuzilishi jihatdan,turli faktlarning sabablari va natijalarini chuqur analiz qilish jihatidan hamda o’z tasvirotining aniqligi jihatidan juda ajoyibdir. Fukidid birinchi bo’lib bo’lib tarixi pand-nasihat qiluvchi fan deb hisoblangan edi.U yozgan ediki,tarixning maqsadi,ilgari o’ylaganlaridek,o’tmish haqida qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat,toki avlodlar undan foyda chiqara olsinlar.

U yozgan ediki, biron-bir ahamiyatsiz tarixiy faktni to’g’ri va oddiyligina bayon qilish uni turli uydirmalar bilan bezab bezashdan ko’ra hiyla yaxshiroqdir.Bu fikrlar,shubhasiz,tarix fanida o’sha zamon uchun progressiv fikrlardir. Fukididnig hizmati ana shundan ham iboratki,u o’z tarixida faqat o’z ko’zi bilan ko’rgan-bilgan kishilarining shahodatidangina foydalanib qolmasdan,shu bilan birga hujjatli manbalar-shartnomalar va har xil obidalarga yozilgan yozuvlardan ham foydalangan.Shu tariqa u birinchi bo’lib tarix sohasiga obyektiv manbalarni dohil qilgan. Fukidid tarixi o’sha davrning ilmiy asarlaridir7.U jiddiy xronologik tarzda yozilgan,unda u yoki boshqa boshqalarning sabab va natijalari manbalarga asoslangan holda bayon qilib,beriladi.Fukidid tarixiy taraqqiyotni turli hildagi kishilar va guruhlar manfaatlarining kurashi natijasi deb qaragan.Uning tarixining birinchi,muqaddima kitobida eng qadim zamonlardir boshlab Gretsiya tarixi qisqacha bayon qilinadi.

I.II.Ksenofont asarlari va Aristotel fanlarning tasnifi haqida

Eramizdan avvalgi IV asrda tarixchi Ksenofont(eramizdan avvalgi 430-355 yillar)shuharat qozonadi.Uning asarlari Gerodo va Fukidid asarlaridan o’zining ochiq siyosiy manfaatdorligi bilan farq qiladi,lekin uning asarlari Gretsiyaning eramizdan avvalgi IV asrdagi tarixi uchun muhim manbadir.Ksenofont 120 dan oshiq asar yozgan. Mehnatsevarligi uchun unga “Attika asalarisi”deb laqab qo’yilgan. Ksenofontning asosiy asarlari-grek davlatlarining tarixi bo’lib,ular “Ellenika”,”Anabasis”,”Xo’jalik haqida” traktata va “Lakedemen politsiyasi”dan iborat8.Birinchi asarida u Fukididning Peloponnes urushi haqidagi tarixini yozishni davom ettirgan.”Anabasis”asarida u eramizdan avvalgi 401-yilda 10 000 grekning Eronga qilgan yurishini tasvirlagan.Ksenofont eramizdan avvalgi IV asrning birinchi yarmida grek dunyosining qimmatli tasvirini chizib beradi hamda greklarning yurishi vaqtidagi Kichik Osiyoni tasvirlab ko’rsatadi.

“Xo’jalik haqida”gi traktatasida u eramizdan avvalgi IV asrdan Gretiyaning ekonomikasiga oid muhim faktlarni yoritib beradi. “Lakedemon politsiaysi” asarida u Spartaning konservativ aristokratik tuzimini ideallashtiradi. Ksenofont dunyoqarashining reaksion belgilari bor edi:U Eronning monarxik tuzimiga,Spartaning aristokratik tartiblariga hayrihohlik bilan qarardi.Sparta esa o’sha vaqtda tezlik bilan inqirozga yuz tuta boshlagan edi.Bu hol Ksenofontning Gretsiya tarixining ba’zi voqealarini g’arazli suratga bayon qilishga olib keldi.

Eramizdan avvalgi IV asrda faylasuf Aristotelning “Afina polotsiyasi”nomli tarixiy asari g’oyat muhim asaridir.Aristotel umuman davlat haqida qayta,asosli asarpometiya tayyorlar ekan,o’sha davrdagi barcha grek davlatlarining va ba’zi boshqa davlatlarining siyosiy tuzimining o’rganishga qaror qilgan9.U shogirdlari bilan barcha 158 pometiya yozgan,ya’ni ayrim davlatlarning siyosiy tuzimini tasvirlab ko’rsatgan.Bizning davrimizgacha faqat “Afina politsiyasi” yetib kelgan.Bu asar Misrda o’tkazilgan arxeologik qazishlar vaqtida grek papiruslaridan biriga yozilgan holda topilgan.Bu asar ilk bor XIX asr ohirida nashr etilgan. ”Afina politsiyasi” ikki asosiy qismga bo’linadi.Birinchi qismga eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab Afina tarixi beriladi,ikkinchi qismda Afina davlatini boshqarish obzori berilib,Afinada qanday muassasalar ishlaganligi,saylovlar qanday o’tganligi va h.k ko’rsatiladi. ”Afina politsiyasi”eramizdan avvalgi V va IV asrlardagi Afina tarixiga oid muhim manbadir.10



Aristotel fanlarining tasnifi haqida

Aristotel fanlarning tasnifi to’g’risidagi fikrlarini”Metafizika”, ”Topika” va “Nikomax etikasi”asarlarida bayon Aristotel fanlar ichida nazariy fanlarni(Mushohadali fanlarni)nihoyatda yuqori qo’yadi va ulug’laydi.Bu fanlar ibtido va ularning sabablari haqida bilim beradi.Shuning uchun nazariy fanlarning falsafa bilan”Fikri”bir. Nazariy fanlarning birdan-bir vazifasi o’zini bilishga intilish bo’lib,biron-bir amaliy maqsadni o’z oldiga qo’ymaydi.Biroq amaliy g’arazlardan butunlay yuz o’tirgan nazariy fanlar amaliy fanlarga shart-sharoitlar yaratib beradi.Amaliy fanlarning vazifasi o’z navbatida “amaliyot” bo’lib,harakat qiluvchilarning faoliyatlari bilan bog’liq. Nazariy fanlar esa faoliyani to’g’ri boshqarishni taminlaydilar.”Amaliy” va poetik” fanlarda bilish oqibatdan ibtidoga qarab boradi. “Amaliyot” doirasida bu yuksalish individdan oilaga va oiladagi davlatga tomon, ”Ijod” doirasida ea poetikadan (badiiy ijod nazariyasi) ritorikaga (notiqliikka),ritorikadan diolektika tomon boradi.11Yuksalish pillapoyasi bo’ylab harakada Aristotel ilmiy abstraksiya bilimlarni formallashtirish prinsipi bilan Platonning “g’oyalar dunyosi”,ya’ni shakllar nazariyasini yengish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etihga majbur edi.Bu kurash va qarama-qarshilik tufayli Aristoel qator hollarda ayrim fanlarni hal etishda formallashtirishning matematik idealiga baho berishda ikkilanadi.U bir yo’la Platonga va akademiyaliklar(Spevsipp va Ksenokrat)ga qarshi faol kurash olib bordi.U ayrim fanlarning sistematik o’rnini qiyosiy o’rganib chiqishda ratsional matematizm va formalizatsiya tendensiyasini aniqladi.

Faylasufning bu ikkilanishiga uning ayrim fanlarga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’rinadi.Masalan,hamohamglik(garmonika) matematika va fizika o’rtasidagi munosabatdako’rinishi mumkin. Garmonika bir vaqtning o’zida matematik fanlar va tabiat hodisalarining ma’lum doirasini o’rganadi.Matematik o’rganadigan jismlarni formallashrish va matematizatsiyalash fizikadagiga nisbatan muhimroqdir.Aristotelning fanlar tasnifida matematika fizikaga nisbatan yuqoriroq turishi kerak.Biroq aybni bir paytda Aristotelning o’zi e’tirof etishicha,fizika matematikaning vazifasi fizikaning nisbatan oddiy va abstrakt bo’lsa ham,lekin matematika fizikaga nisbatan kamroq real aniqdir.Aksincha,aniqlashda harakat hamrohidir.Fizika o’rganadigan predmet bevosita ma’noda realdir.Uning borlig’ida harakarning ibtidosi mavjud. Aristotelning Platong qarshi kurashi uning uchun faqat Platonga qarshi kurashning ozigina bo’lib qolmay,balki o’zi ham to’liq qutula olmagan platonchilikka qarshi kurah edi.Shu tufayli ham u Platonning shakllar nazariyasi() hisoblanmish abstrakt matematizmidan to’liq qutula olmadi.Aristotel ishlab chiqqan bilimlar va fanlarning tasnifida jismiy dunyodan tashqarida hamma narsadan sof va jismsiz shakl-(Hudo),harakatsiz birinchi dvigatel hukumronli qiladi.O’zining nojismiyligiga qaramay,u bir paytning o’zida eng oddiy va real borliq hamda sof haqiqatdir. Aristotelning fanlar tasnifi,uning borliqning “shakllari”pillapoyasiga o’xshab ketadi.Bu tasnifda har bir fanning o’rni jismning sof shakliga yaqinligi bilan aniqlanadi.Aristotelning fanlar tasnifi ham o’rta asr,ham yangi davr faylasuflari tomonidan rivojlantirildi12.

II Bob.Miloddan avvalgi II-I asrlardagi manbalarda Yunoniston tarixi

II.I.Polibiy asarlari Plutarxning “Aleksandr” romani haqida

Eramizdan avvalgi II arda grek tarixchisi Polibiy yashagan.Polibiy davri Yunoniston uchun juda qayg’uli bo’lgan.Bu davr Makedoniya urushlari va Yunonistonning Rim tomonidan asoratga solinishi davri edi.Polibiy garov tariqasida Rimga yuborilgan.Polibiy O’rta dengiz mamlakatlarini o’z ichiga olgan “Umumiy tarix”ni yozgan,bu tarixdan bizga faqat uchdan bir qismigina yetib kelgan.Polibiy tarixi muhim tarixiy manbadir.Polibiy voqealarni chuqur o’rgangan,hodisalarning sababli aloqasini aniqlagan va o’z tasurotini aniq-ravshan qilib yozgan.U Rim O’rta debgizini zabt etgan davrini,ellinistik davlatlarning Rim bilan kurashini aks ettirgan.

Polibiy tarixi ellinistik Yunoniston,Makedoniya,Sharqiy ellinistik davlatlar uchun hamda Rim tarixi uchun manbadir,chunki unda ellinistik davlatlarning ichki holati va Rim nilan kurashi tasvirlab ko’rsatilgan.Polibiy har bir davlatning tarixini yakka holda emas,balki boshqa davlatlar bilan o’zaro aloqador holda o’rganmoq kerak,deb hisoblagan.U takidlarb ko’rsatganki,men umumiy tarixni yozayotibman,bu kishilarning faoliyati natijasida rivoj topgan progmatik tarixdir,mening maqsadim-Rimning nisbatan tez fursatda ellinistik mamlakatlarning ko’p qismini zabt etishning sababini aniqlashdir.13 Kelib chiqishi va dunyoqarashi jihatdan Polibiy aristokrat bo’lgan.

Yozuvchi Plutarxning eramiz I asrning ikkinchi yarmiga II asrning boshlariga oid asrlari Gretsiya tarixi bo’yicha ham,Rim tarixi bo’yicha ham juda ahamiyatlidit.Plutarx(eramizning 46-126 yillari) Yuninistonning Xeroneya shahrida tug’ilgan,bu vaqtda Gretsiya Rimning bir viloyati edi.Plutarx tarixning haqiqiy bilimdoni bo’lgan.Shuning uchun ham Plutarxni qomuschi adib sifatida tilga olishlari bejiz emas.Plutarx Afinada juda ajoyib ma’lumot olgach, so’ngra o’z vataniga qaytgacha va ularning ohirigacha o’sha yerda istiqomat qilgan.Uning asarlaridan “Qiyosiy biografiyalar”ayniqsa mashhur bo’lib,bu asarlarida u avval biror mashhur grek arbobining biografiyasini yozgan.Ohirida mazkur shaxslarni bir-biriga taqqoslab ko’rgan va ularning o’xshashligi va tafovuti jaqida so’zlagan.Jiddiy suratda aytgan u yozgan tarjimai hollor tarix emasdir,hatto uning o’zi ham bir necha marta,men tarixchi emasman degan,lekin ayni vaqtda Plutarx atoqli davlat arboblarining hayoti va faoliyati tasvirlab yozgan ekan,voqealarni,siyosiy ta’riflarini tilga olmasdan o’tishi mumkin emas edi.uning asarlari ana shuning uchun ham benazir tarixiy manbadan iboratdirki,u ham Diodor singari,biografiyalarda qadimgi avtorlarning bizgacha yetib kelmagan asarlaridan foydalangan.Mashhur tarixchilarning asarlaridan tashqari ba’zi tarixiy asarlar ham saqlanib qolganki,ularning avtorlari ma’lum emasdir.”Psevdo Ksenofont poltsiyasi”degan asar ham shular jumlasiga kiradi.Bu asarni kim yozganligi aniq ma’lum emas.Avvallari uni Ksenofont yozgan,deb o’ylaganlar,shuning uchun ham uni “Ksenofont poltsiyasi" deb ataganlar.14

Ammo endi ma’lumki,bu asarni Ksenofont yozishi mumkin emas edi.”Psevdo Ksenofont politsiyasi”Afina quldorlik demokratoyasi tuzumining tanqidiy tarixidan iborat.”Politiya”muallifi Afina demokratiyasining muholifidir.U mazkur demokratiyani aristokratiy yoki oligarx nuqtai nazaridan tanqid qiladi.Shunday bo’lsada u Afina davlatining bir qator qorong’u tomonini,masalan,uning o’z ittifoqchilariga munosabatini batamom haqqoniy suratda ko’rsatib o’tadi.Psevdo-Ksenofontning asari Afina voqealigini o’rganish materiali sifatida juda qimmatlidir.

Aleksandr” romani haqida

Plutarx ijodida biografik haraktedagi “Aleksandr”nomli romani alohida o’rin tutadi.Xarakterli tomoni shundaki,bu asarda yozuvchi Aleksandrning hayotiga oid muhim sanalarni birma-bir sanab o’tirmaydi,Aleksandrning hayoti bilan bog’liq voqealarni ko’proq badiiy yo’sinda hikoya qilishga e’tibor beradi.Shu jihatdan “Aleksandr” tarixiy roman bo’lsa ham,tarixda qayd qilingan sanalarni biz bu asarda deyarli uchratmaymiz.Asosan Aleksandrning harakteriga oid hislatlarni teranroq,ochib berish yozuvchining asosiy diqqat markazida turganligini sezamiz.Shuning uchun bo’lsa kerak,kitobda O’rta Oiyo,jumladan hozirgi O’zbekiston tasviriga kamroq etibor berilgan.Bu roman O’rta Osiyoning shuningdek,O’zbekistonning antik davrlarini tasvirlovchi boshqa grek va rim romanlaridan shu jihatdan farq qiladi.Bu romanda Plutarx Aleksandrning O’rta Osiyodagi hayotini uning harakteri bilan o’rganishga harakat qiladi.Plutarx romanida qahramonlarning harakterini ochish va ularga xarakteristika berish masalasi birmuncha ustuvor ahamiyat kasb etadi.Plutarx romani dramatizmning chuqurligi bilan xarakterlanadi.

Plutarx “Aleksandr” romanida Aleksandr Makedonskiy obrazini yaratishga harakat qilar ekan,Aleksandrning Sog’riyonadagi hayotiga alohida to’xtalib o’tadi.Shu orqali so’g’diyonaliklarning hayoti,bu yerda bo’lib o’tgan muhim voqealar,shahar va qishloqlar bilan bog’liq epizodlarni berishga harakat qiladi.Asarni o’qir ekanmiz,xalqimizning qadim tarixi bilan qisqacha bo’lsada,tanishib,estetik zavq olamiz.

So’g’diyonaning antik hayoti haqida yozilgan qisqa bir satr ham butun bir romanning kuchiga tatiydi.Chunki buning sababi,o’sha davrdan xabar beruvchi badiiy ijod namunalarining juda kamligidir. Roman sahifalarida varvarlarning urf-odatlariga keng o’rin ajratilgan.Asarda yozilishicha,Aleksandr varvarlarning urf-odatiga amal qilgan.Hatto varvarlarning milliy kiyimlarini kiyib yurshni maqul ko’rgan15.Mana shu ma’lumotdan ham ko’rinib turibdiki,eramizdan avvalgi 329-327-yllardayoq So’g’diyonada yashagan elatlarning o’z milliy kiyimlari,o’ziga hos urf-odatlari mavjud bo’lgan.Hatto ularning urf-odatlari va milliy kiyimlari makedonlarga ham manzur bo’lgan.

Shundan qilib,Plutarxning “Aleksandr” asari O’rta Osiyo haqida, qadimiy so’g’diyona tarixi va bu yerlarda bo’lib o’tgan qiziq-qiziq voqealar haqida anchagin bizga ma’lumot beradi.Bu asar ona yurtimizning,qadrdon elimizning,jonajon shahrimiz,hattoki qishloqlarimizning antic davridan hikoya qiluvchi nodir adabiyot yodgorligidir.



II.II.Gomer va Strabonning “Geogrfiya” asarlari

Gomerning “Illiada” va “Oddiseya” dostonlari tarixiy manba safatida ayniqsa katta ahamiyaga egadir.Hozirgi vaqtga qadar bu dostonlar eng qadimgi Gretsiya tarixi yuzasidan deyarli birdan-bir yirik adabiy manbadir.Garchi bu dostonlar eramizdan avvalgi VIII asr boshlarida yozilgan bo’lsa,hamki,ularda ancha ilgari vaqtda bo’lgan voqealar bayon qilingan,eramizdan avvalgi XI-IX asrlardavridagi Gretsiyaning iqtisodiyoti,ijtimoiy uyushmasi va ideologiyasi tasvirlangan.Hozirgi vaqtda biz eng qadimgi davr tarixi yuzasidan ko’pgina arxeologik yodgorlilarga egamiz.Lekin bu bilan tarixiy manba saifatida Gomer dostonlarining qimmati also pasaymaydi.Pergam maktabida Gomening ijodi asosiy darslik sifatida o’tilgan.

Antik geograflarning asarlari juda qimmatli manbadir.Strabon eramizdan avvalgi 64-63-yillrda Amasiya viloyatida tug’iladi.Strabon yoshligidan g’aroyib sarguzashtlarga boy voqealarni tinglashni juda sevardi.Ayniqsa yosh bolakayning qalbini dengizchilarning sayohatlari o’ziga asir etgan edi.Strabon yoshligida zamonasining mashhur ahllari qo’lida ta’lim oladi.Amislik Tirannion Strabonning birinchi ustozi bo’lgan.U vatandoshlari “Yangi Aristotel”deb atshgan.Strabonning ikkinchi ustozi Aristomed edi.Strabon qirq uch kitobdan iborat “Tarixiy kundaliklar”asarini yaratadi. Eramizdan avvalgi I asrning ikkinchi yarmida yashagan geograf olim Strabon asarlarida hususan tarixga oid ko’p ma’lumotlar bor.U o’zining “Geografiya”asarida turli mamlakatlarning tabiatiga oid ma’lumotlar haqida so’zlab qolmasdan,ulardagi xalqlarning hayoti va tarixi haqida ham so’zlaydi.

Krit orolida va Gretsiya hududida,Pilos va Mikenada o’tkazilgan qazuvlar vaqtida topilgan lavhalardagi yozuvlar chiziq xat deb ataluvchi maxsus yozuv bilan yozilgan.Bu yozuvlarni faqat bizning asarlarimiznining 50-yillaridagina o’qish mumkin bo’ldi. Bu yozuvli lavhalar eramizdan avvalgi II ming yillikdagi eng qadimiy Gretsiyaning iqtisodiyoti va ijtimoiy munosabatlariga oid o’ziga hos bir manbadir. Ellinizm davriga oid papiruslar juda muhim tarixiy manbadir. Bu papiruslar moliya hisobotlaridan,qarz tilxatlaridan, xatlardan,davlat qarorlaridan,aholi va mol-mulk ro’yxatlaridan buyruqlar va shu kabilardan iborat.Bundan tashqari,yana hunday papiruslar topilganki,ularda badiiy asarlar va tarixchilarning asarlari yozilgan16.



Strabon “Geografiy”asari

Strabonning o’n yeti kitobdan iborat “Geografiya”asari jahon adabiyotida o’zining munosib o’rniga ega.Asarda antik davrlarga oid juda boy materiallar bor.Bu materiallar ayniqsa tarxiy jihatdan qimmatlidir.”Geografiya”asari o’z davri uchungina emas,bugungi kunda bizning zamondoshlarimiz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmoqda.Bu asar juda ko’plab mamlakatlar va xalqlar tarixiga bag’ishlangan.Nomlanishi “Geografiya”deb atalsa ham asar boshdan-ohirigacha dunyo xalqlari,ellatlarining faqat joylanish chizg’ilaridan iboratdir,deb tushunmaslik kerak.Asarni o’qir ekanmiz,ilmiy va badiiy qimatga ega bo’lgan yorqin ifoda va ma’lumotlarga duch kelamiz.Bu asar jug’rofiya fanining rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir. Chunki adib antik dunyoda yashagan,ijod qilgan shoirlar,fojianavislar ijodiga to’xtalar ekan,o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzusiga bag’ishlagan va adabiyotning o’ziga hos hususiyatlari haqida qimmatli fikrlarni bayon qila olgan.Bu asar hajm jihatdan katta va keng bo’lib qolmasdan,mazmunan ham juda boy asardir.Bu asar Strabon nomini dunyoga tanitdi.Asarning yana bir muhim hususiyatlaridan biri shundaki,unda etetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p17.Strabon o’z asarida xalqimizning qadimdan mabud va mabudalarga sig’inganligini takidlab o’tadi.Strabonning bu keltirib o’tganlari biz uchun muhim fakt hisoblanadi.Bu keltirib o’tilgan faktlar haqiqatga juda yaqin.

Shunday qilib Strabonning “Geografiya”asari o’lkamizning antik davrlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Bu allomaning asarini o’qib,O’rta Osiyodagi shaharlar va daryolar tarixi bilangina tanishib qolmasdan,balki bu yerdagi xalqlarning urf-odatlari,rasm-rusumlari,hayoti va turmush tarzi haqidaham ma’lumot olamiz.Muhim tomoni shundaki,Strabon boshqalar aytgan fikrlarni takrorlamasdan,yangi-yangi fikrlarni,dalillarni keltiradi.Albatta, boshqa antic adiblar singari Strabon ijodida ham ayrim chalkash fikrlar uchraydi.Lekin aksariyat hollarda,adib voqealar bayoniga obyektiv pozitsiyadan qarashga harakat qilgan.Yana bir muhim jihat shundaki,Strabon bobokalonlarimiz hayotidan aniq dalillar asosida hikoya qilada.Biz bu hikoyalar orqali uzoq o’tmishning poyonsiz kengliklari bo’ylab parvoz qilish sharafiga muyassar bo’lamiz.18

Xulosa

Xulosa qilib shuni takidlash lozimki,asrimizning 30-yillaridan boshlab janubiy Gretsiyaning g’arbida qadimgi Pilos shahri o’rnida bir saroy kavlab topilgan bo’lib,unda”chiziqli”xat bilan yozilgan lekin yozuvning katta arxivi ham bo’lgan.Arxaik va klassik Gretsiya,Afina, Olimpiya,Delfa va shu kabi tumanlardagi grek shaharlari va nekropollarini qazib ko’rish asosida o’rganilmoqda.

Arxeologik tadqiqotlar ellinizm davrini qaytadan bunyod qilish uchun juda ko’p ishlar qilindi.Qadimgi Pergameda o’tkazilgan qazuvda ayniqsa katta ishlar qilindi.Hozirgi Turkiyaning Bergama shahri o’rnida qadimgi Pergamening Akropoli o’rganib chiqilgan.Ushbu asrda Mesopotamiya hududida,Gretsiya Kipr,Italiya va Kichik Osiyoning turli viloyatlarida ham katta-katta qazishmalar o’tkazildi.

Shunday qilib,arxeologik tadqiqotlar Gretsiya tarixiga hamda Gretsiya bilan mahkam,uzilmas aloqada bo’lgan va qadimgi grek madaniyatining tasirini boshdan kechirgan xalqlarning tarixiga oid asosiy manbalardan biridir.



Kurs ishiga oid qisqacha izohli lug’at

Aleksandr Makedonskiy-miloddan avvalgi 356-323 yillarda yashagan.Shohlik davri 336-323 yillar.330-327-yillarda O’rta Osiyoda bo’lgan. Varvarlar-bu so’zning lug’aviy ma’nosi rimlikar tili bilan aytganda “ajnabiy”demakdir,grek-makedonlar o’rta osiyoliklarni varvarlar deb atashgan.Greklar ajnabiy tilida so’zlashuvchilarni varvarlar deyishgan. Gerodot-miloddan avvalgi 484-425 yillarda yashab o’tgan grek tarixchi adibi.Uning dunyoga mashhur “To’qqiz kitob tarixi”kitobi bor. Bu asarida u O’rta Osiyodagi qabilalar haqida keng ma’lumot beradi. Gomer-qadimgi yunon shoiri.Gomer sh’erlari 34 dostonni o’z ichiga oladi.Bu dostonlar ichida “Illiada” va “Odisseya” eng yirigidir.Shoir bu dostonlarida skiflar haqida ma’lumot bergan. Illiada-Gomer dostonining nomi.Skiflar haqida ma’lumotlar bor. Yunonlar qadimgi Troyani Ilion deb ataganlar.”Illiada”-“Illionnoma”. Illion-Troya shahri,hozirgi Turkiya yerlarida joylashgan shahar. Ksenofont- miloddan avvalgi 400-433 yillarda yashab o’tgan grek tarixchisi,adibi.”Anabasis”asarining muallifi. Makedoniya-Epir va Frakiya o’rtasida joylashgan o’lka. Odisseya-Gomer dostoninig nomi.Bu dostonda skiflar haqida muhim gaplar aytilgan.”Odisseya”doston qahramoni “Odissey”nomi bilan ataladi.Odissey hatto skiflar bilan uchrashgan ekan. Plutarx-milodning 46-127 yillarda yashab o’tgan grek adibi.U o’zining 50 ta hayotnomasi bilan mashhurdir.”Aleksandr”asarida O’rta Osiyo tasvirga keng o’rin bergan.

Prometey-Yunon mabudasi.U insonlarga yaxshilik qilaman deb,Olimp tog’idan olov o’g’irlagani uchun Kavkaz tog’idagi qoyaga zanjirband qilib qo’yiladi.Bu baland tog’ning yon bag’rida skiflar yashaydi. Prometeyning qoyadagi jasadini amazonklar ham ko’rgan.degan hikoyalar bor. Strabon-o’n yeti kitobdan iborat “Geografiya” asari muallifi.Miloddan avvalgi 64-25 yillarda yashab ijod qilgan.O’rta Osiyoning qadim davrlari to’g’risida muhim ma’lumotlar beradi. So’g’diyona-Oks bilan Yaksart daryolari oralig’ida joylashgan o’lka. Uning poytxti Maroqand edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1..Boynazarov.F.A.”Qadimgi dunyo tarixi” Abdulla Qodiriy xalq merosi Toshkent 2004

2.Rajabov.R.”Qadimgi dunyo tarixi”(lotin) “Fan va exnologiya“ Toshkent 2009

3.Yu.S.Krushkol “Qadimgi dunyo tarixi” II qism.”O’qituvchi” Toshkent 1975

4.. Qadimgi va o’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasi Toshkent

5. Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая.В 2-х томах. том I. Москва 1985

6. Арский Н.Ф.Страбон.Москва “Мысль” 1978

7. Ладынин. И.А. и др история древного мира

Москва 2004

8. История древней Греции под ред В.И.Кузищина Москва 1986

9. Плутарх <Сравнительное жизнеописание> Москва 1968

10. История древного мира Москва 1983 I-III том



1 Rajabov.R “Qadimgi dunyo tarixi”

Toshkent 2009 5-bet



2 Геродот и исторические рассказы восточних народов


3  Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая.В 2-х томах. том I.

Москва 1985 299 бет



4 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая,301-302бетлар

5 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая

6 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая 325 бет

7 Boynazarov.F.A.”Qadimgi dunyo tarixi”

Toshkent 2004 7-bet



8 Ладьенин. И.А. и др история древного мира

Москва 2004 18 стр



9 Крушкол.Ю.С.”Qadimgi dunyo tarixi” II-qism taxriri ostida 1975 yil 8-bet

10 История древней Греции под ред В.И.Кузищина Москва 1986 12стр

11 Qadimgi va o’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasi Toshkent 2003 88-bet

12 Qadimgi va o’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasi Toshkent 2003 90-bet


13 История древного мира Москва 1983


14 Boynazarov F.A .Qadimgi dunyo tarixi Toshkent 2004 5-bet

15 Плутарх <Сравнительное жизнеописание> Москва 1968 428-бет

16 История древней Греции под ред В.И.Кузищина Москва 1986 15стр

17 Арский Н.Ф.Страбон.Москва “Мысль” 1978 17-бет

18 Boynazarov F.A .Qadimgi dunyo tarixi Toshkent 2004 152-bet

Yüklə 91,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə