O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 4,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/185
tarix04.09.2023
ölçüsü4,77 Mb.
#121267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
дори талил мажмуа

 



Kirish 
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Sog’liqni saqlash” ta’lim 
sohalarida o’qitiladigan “Dori vositalarini zamonaviy tahlil usullari” dasturi 
farmasevtika amaliyotida zarur bo’ladigan: zamonaviy asbob-uskunalar, YuSSX, 
xromatografiya, mass-spektrometriya tahlil usullari va shu kabi boshlang’ich 
tushunchalarini o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining belgilab bergan vazifalari asosida 
mazkur soha yuzasidan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining dasturlari o‘rganildi va tahlil 
etildi. Tahlil natijalari asosida ishchi dasturga o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur ishchi 
o‘quv dasturi OO‘MTV ning 2013 yil 2 avgustdagi 278 – sonli “Oliy ta’lim 
yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari asosida fanlar 
bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi” togrisidagi 
buyrug‘ida keltirilgan talablari va 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy dastur
hamda xorijiy adabiyotlar asosida qayta ishlab chiqildi. Jumladan, Dori vositalarini 
standartlash. MX larni tayyorlash asoslari, tuzilishi va ularga qo‘yilgan talablar. 
Xalqaro talablar. Dori vositalari sifat standartlarini ekspertiza qilish va ro‘yxatdan 
o‘tkazish. 
Davlat farmakopeyalarining rivojlanish konsepsiyalari. 
Dori 
vositalarining samaradorligi, bezararligi va sifatini ta’minlash davlat tizimining 
faoliyati. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida GMP qo‘llanilish holati va 
istiqbollari. Sifat nazorati bo‘limini attestatsiyaga tayyorlash. (Undergraduate 
Instrumental Analysis, Seventh Edition, James W. Robinson, 2014). 
Fanni o’rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lgan 
farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish malakasini 
egallashdan tashqari zamonaviy asbob-uskunalarda taxlil usullarini bajarish, ularni 
o`zaro solishtirish, texnologik jarayondagi oraliq mahsulotlar sifatini baholash
analitik usullarnining validatsiyasi (chiziqliligi, spetsifikligi, aniqligi va b.) kabi 
masalalarni ham hal eta oladi. Dori vositalarining sifatini nazorat qilishda 
qo’llaniladigan zamonaviy usullar, ularning nazariy asoslari va amaliy qo’llanilishi, 
murakkab tarkibli dori vositalari tahlilining o’ziga xos tomonlari, qo’llaniladigan 
kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarini tanlashni o’rganish va amaliyotga tatbiq 
etishdan iborat. Eng muximi, ushbu fanni o’rgatish, xozirgi zamon talablari asosida
ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetuk mutaxassis tayyorlash imkonini beradi.

Yüklə 4,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə