O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O’QUVCHILARDA TAFAKKUR OPERATSIYALARINI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O’QUVCHILARDA TAFAKKUR OPERATSIYALARINI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
2.1. Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkur turlarining o’sishining psixologik asoslari.
Bolalik yoshida tafakkurning rivojlanishi bir qancha ketma-ket bosqichlardan o’tadi. Bu bosqichlar bir-biri bilan mahkam bog’langan bo’ladi va shuning uchun ularni qat'iy chegaralab qo’yish mumkin emas.
Ilk bolalikda yaqqol harakatli tafakkur ustun turadi. Bu vaqtda bola hali gapirishni bilmasa ham, olamni asosan idrok qilish va harakatyordamida bilib oladi (ilk bolalik davri).
Rivojlanishning keyingi bosqichida yaqqol obrazli va nutqiy tafakkur va hukmronlki (ustunlik) qila boshlaydi. Bu vaqtda predmetlar yoki ularning obrazlari so’z bilan bog’lanadi. Fikrlash faoliyatining ana shu turi maktabgacha bo’lgan yosh uchun xarakterlidir. Bu vaqtda bola obrazlar bilan fikrlaydi, u o’zlashtirib olgan so’z esa uning umumlashmalar qilish uchun yordam beradi.
Bolada muhokama yuritish qobiliyati (uning o’z tajribasi doirasida) paydo bo’ladi.
Maktab ta'limining boshlaishi bilan bolalarda tushunchali tafakkur maktabga qadar bo’lganidan tezroq rivojlana boshlaydi. Bu tafakkur jarayonida boola tushunchalar yordamida ish ko’radi. Avvaliga tushunchali tafakkur konkret predmetlar va hodisalar bilan mustahkam bog’langan bo’ladi (konkret tushunchali tafakkur ustun turadi), lekin sekin-asta kichik yoshdagi o’quvchilarda konkret narsadan obstraktlashish (chetga chiqish), umumlashmalar qilish va ma'lum darajada
mavhum xulosalar chiqarish (abstrakt tushunchali tafakkur) ko’nikmasi vujudga keladi.
Fikrlash jarayonlarining ana shu rivojlanishida o’qish juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. U bolalarning tasavvur doirasini va bilimlarini kengaytiradi. Yangi tushunchalarni o’zlashtirish ro’y beradi. Ular bir sistemaga keltiriladi. Ko’pincha aqliy xulosalar, shu jumladan shartli giprotetik xulosalar qo’llaniladi.
Kichik taktab yoshidagi o’quvchiar tafakkurining rivojlanishini yirik sovet psixologi L. S. Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o’sishi bilan uzviy bog’liq holda o’rgangan. Shuningu chun ajnabiy psixologlarning (birinchi navbatda J. Piajening) egotsentrik nutq kontseptsiyasini qattiq tanqid qilib, tafakkurni genetik metod orqali o’rganishni tavsiya qiladi. A. S. Vigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining “eng yaqin taraqqiyot zonasi” va “aktual faoliyat zonasi” deb nomlangan tushunchalarni olib kirdi. Uning birinchi o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilsa, ikkinchi o’quvchining mustaqil faoliyatida namoyon bo’ladi. Bola maktabga kelgan kundan boshlab, ta'lim jarayonida unda ilmiy tushunchalar va tasavvurlar miqdori soat sayin orta boradi, u asta-sekin o’zlashtirayotgan tushuncha va tasavvurlarning asl ma'nosi, mohiyatiga tushuna boshlaydi. Umuman bolaning fikr yuritish doirasi, ko’lami va mazmuni kengaya boradi.
Ta'lim jarayonida o’quvchilar bilimlar istemasini, o’quv ko’nikmalari va malakalarini egallash orqali o’zlarining bilim fondlarini ko’paytiradilar, shuning bilan birga ilmiy tushunchalarning tub ma'nosi ular ongiga singa boradi. Bu ishlarning hammasini izchillik bilan ketma-ket bir tekis amalga oshirish uchun o’quvchilar ma'lum darajada bilimlar va ko’nikmalarni egallagan, qolaversa tafakur formalari va mantiqiy fikr yuritish qoidalarini o’zlashtirib olgan bo’lishlari kerak. Ammo maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan boolaning bu narsalardan talabga javob beradigan darajada xabari bo’lmaydi. Ular bu narsalarning barchasiga o’qish jarayonida bevosita o’qituvchi rahbarligi ostida erisha boshlaydilar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni to’g’ri tarkib toptirish uchun o’qituvchi bola tafakkurining rivojlanish xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini puxta aniqlab olgan bo’lishi kerak. Fikr yuritish operatsiyalarining psixologiya asoslari va mexanizmlarini bilmasdan turib, u bularni o’quvchilar ongiga sig’dira olishi mumkin emas. Sistemali maktab ta'limining boshlanishi bilan bilimlarni egallash bola faoliyatining aloxida bir turiga aylanadi. Uning oldida maxsus vazifa- ilmiy tasavvurlar va tushunchalarni egallash tabiat va jamiat tarakkieti konunlarini egallash vazifasi turadi. Bu xol bolalar tafakkurining tez rivojlanishiga erdam beradi.
6-7 yoshli bolaning tafakkur kilish jaraenida faoliyat bilan boglangan konkret vazifani (uyin, rasim chizish, mayda-chuyda buyumlar yasash , eng odddiy mexnat jaraenlari) xal kilishga karatilgan yul ustunlik kiladi. Mana shu eshdagi bolalarda umumlashtirish kupincha predmetlardan amaliy ravishda foydalanishga taalukli bulgan tashki belgilarni uz ichiga oladi. Bu xol bolaning narsalarga bergan ta'rifida kurinib turadi. Masalan, u ,,uy-odamlar yashaydigan joy,, , ,,belkurak-er chopish uchun kerak ,, ,deydi va xakazo.
Ukishning boshlarida bolaga kupincha xodisalarning sababli boglanishlari tushunarli buladi, birok bu tushunish ba'zan uning unchalik kup bulmagan shaxsiy tajribasi doirasidan tashkariga yaikadi.
Maktabgacha eshdagi bolalarning fikrlash faoliyati shu bilan fark kiladiki, kupincha ular predmetlar va xodisalar urtasidagi alokalar va munosabatlarni aniklash uchungina emas balki tevarak-atrofdagi vokelikda mavjud bulgan ob'ektlarning uziga kizikishlari tufayli bilim oladilar.
Bola dune yuzini kurishi bilanok vokelikdagi ayrim narsa va xodisalarni sezishi eki xis kilishi mumkin.Atrof-muxit bilan mulokotga kirishishi , inson bilan aloka boglashi va ulardan ma'lum darajada taasurotlarga ega bulishi bolaning emotsional dunesida uz aksini topadi. Birok bu paytda unda narsa va xodisalar, insoniyat xakida muloxaza yuritish kobilyati, ukuvi xali etarli darajada tarkib topmagan buladi . Inson bolasining xam jismoniy, xam psixalogik jixatdan rivojlanib borishi , turmush tajribasining boiishi , nutq boyligining ortishi tufayli, kishilar bilan muloqotga kirishishi natijasida asta-sekin uning tafakkuri o’sa boradi. Tafakkur bolada uning umumiy taraqqiyoti bilan bilish faoliyatining, shuningdek, itimoiy muxitning bvosita ta'siri ostidagina vujudga keladi. Real borliqning sezgi organlarida idrok va tasavvurda kas etishi, xotirada tustaxkamlanishi, bilishga nisbatan extiyoning tug’ilishi tafakkurni vujudga keltiradi.Bola tevarak atrfodagi voqelikning belgi, alomati va xususiyatlarini, ularning xossalarini, qonuniyatlarini va o’zaro bog’lanishlarini bilish faoliyatida va ta'lim proqessida tushuna boradi, fikr yuritish faoliyatida esa ham miqdor, ham sifat o’zgarishi yuzaga keladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurida konkret obrazlarga suyanib mulohaza yuritish, ya'ni konkret tafakkur obstrakt tafakkurdan ma'lum darajada ustun turadi. Lekin keyingi yilda D. B. Elkonin,V. V. Davidovlar olib borgan tadqiqotlarmazkur mulohazalarga katta e'tiroz tug’dirmoqda. Shuning uchun dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarni tafakkur operatsiyalari va formalariga o’rgata borsa, ularning tafakkuri tezroq rivojlanish pog’onasiga ko’tariladi. Bundan tashqari, ularning bilishga qiziqishi, bilim fondi ortadi, bilimlar sistemalashib boradi, ayniqsa, aqliy faoliyati, mustaqilligi rivojlanadi va takomillashadi.



Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə