O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix26.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#84742
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
20. 5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

Kimyoviy kinetika

 

Kimyoviy  kinetika-  kimyoviy  reaksiyalarning  tezligi  va  mexanizmi  xaqidagi  fan. 



Uning asosiy tushunchalari. Kinetikani o‘rganishning nazariy va amaliy axamiyati. 

Kinetik  chiziqlar  va  ularni  tuzish  usullari.  Gomo-  va  geterogen  reaksiyalarga 

massalar ta’siri qonunini qo‘llash. Differensial va integral kinetik tenglamalar. 

Reaksiyalarning  tartibi  va  molekulyarligi.  Reaksiya  tartibini  topishning  Ostvald-

Noyes, Vant Goff va boshqa usullari. Kimyoviy reaksiyalarning tezlik doimiysini 

xisoblash  usullari.  Reaksiya  tezligiga  ta’sir  etuvchi  omillar:  reagentlar 

konsentratsiyasi, sterik omil, harorat, erituvchining tabiati, ion kuchi. 

Kimyoviy  reaksiyalarning  kinetik  jihatdan  tabaqalanishi.  Oddiy  va  murakkab 

reaksiyalar.  Oddiy  reaksiyalar  kinetikasi,  ularga  mos  keladigan  kinetik 

tenglamalarni keltirib chiqarish. Arrenius tenglamasi. Faollanish energiyasi va uni 

hisoblash usullari. 

Kinetikaning  nazariyalari:  faol  to‘qnashuvlar  nazariyasi  va  o‘tish  holat  nazariyasi 

(faollanish kompleksi). 

Qaytar  reaksiyalar  kinetikasi.  Yonma-yon  va  ketma-ket  ketadigan  reaksiyalar 

kinetikasi. 

Kataliz 

Katalizning  ta’rifi  va  uning  umumiy  xususiyatlari.  Kimyoviy  va  biokimyoviy 

reaksiyalarda,  kimyoviy  maxsulotlar  ishlab  chiqarishda  katalizning  o‘rni  va 

ahamiyati. Sanoat miqiyosida qo‘llaniladigan asosiy katalitik jarayonlar. Geterogen 

katalizatorlarni  olish  usullari:  cho‘ktirish,  shimdirish,  mexanik  aralashmalar  va 

metall qotishmalar tayyorlash. 

Gomogen  va  geterogen  katalitik  jarayonlarning  tabaqalanishi.  Gomogen 

katalizning  nazariyalari  va  mexanizmlari.  Gomogen  katalizda  oraliq  birikmalar. 

Gomogen katalizning kinetikasi. Gomogen katalizga misollar. 

Geterogen  kataliz.  Geterogen  katalitik  reaksiyalarning  asosiy  bosqichlari. 

Geterogen  katalizatorlar  yuzasidagi  faol  markazlarning  mavjudligi  haqidagi 

tasavvurlar va ularning tabiati. Geterogen katalizdagi oraliq birikmalar. Geterogen 

katalitik  reaksiyalarda  adsorbsiyaning  o‘rni.  Katalizatorlar  ishtirokidagi  geterogen 

reaksiyalarning  mexanizmlari.  Adsorbilash  qobiliyatiga  qarab  katalizatorlarning 

faolligini aniqlash. 

Katalizatorlarning  asosiy  tavsiflari:  faolligi,  selektivligi  (tanlab  ta’sir  qilishi), 

unumdorligi,  regeneratsiya  qilishga  qobiliyati,  solishtirma  yuzasi.  Kimyoviy 

reaksiyalarning selektivligi bo‘yicha boshqarishning umumiy yondashuvlari. 




Geterogen katalizdagi faollantiruvchilar va zaharlar hakidagi tushunchalar. Qaytar 

va  qaytmas  zaharlanishlar.  Katalitik  zaharlar  vazifasini  bajaradigan  turli  sinflarga 

kiruvchi birikmalar. 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə