munosabatlariga o’sib utishida alohida o’rin egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar
va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur
umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish,
xalq xo’jaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish
erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish
ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi
va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek,
narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo
bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasidagi tenglikka erishishga harakat
qilinadi. Narxlar islohoti boshlangana 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo’yicha erkin narxlarga o’tildi, barcha iste‘mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bekor qilindi.
Dostları ilə paylaş: