O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’lim


 Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116421
1   2   3   4   5   6   7   8
Fardu 4 Mustaqil ish Gulmira

3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish.
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy 
vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos 
bo‘lgan og’zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki 
shakli – dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart. Maktabgacha ta’lim 
muassasasining vazifasi bolalarda ravon so‘zlashuv nutqni (dialogik nutq) va 
monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi 
ko‘p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan 
nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o‘zi ham 
savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi. 
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy 
aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada 
bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi. 
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqiqatdan ham 
bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi mumkin. 
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb 
ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar 
bayon qilish 
deyiladi. Sabab-oqibatli 
munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi xabarlar esa 
mulohaza 
deb yuritiladi. 
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. dastlab bu unga nisbatan aytilgan 
luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo‘ladi.
Ravon nutqdan til elementlari - tovushlar, morfemalar, so‘zlar, gaplarni ajratib 
olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o‘rnini eslab qoladi, bu esa ilk 
yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish 
jarayonini tashkil etadi. 


Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri 
natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha 
jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning 
tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha 
katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka 
va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni 
shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga e’tibor berishimiz 
kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki 
tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda «Maktabgacha ta’lim 
muassasalarilari uchun dastur»da bolalarni buyuk siymolar, sarkardalar, ulug’ 
mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi 
bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va 
kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə