O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment(mmb) guruh talabasi Otajonova Sabinaning


Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga litsenziya berish tartiblari



Yüklə 66,66 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü66,66 Kb.
#150486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org

1.2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga litsenziya berish tartiblari
Turizm sohasini litsenziyalashga doir faoliyatni tashkillashtirilishini tahlil qilish natijasida jahon tajribasi va Butunjahon Turistik Tashkilotining ba’zi bir tavsiyalaridan kelib chiqqan holda respublikamizda turizmni davlat tomonidan tartibga solinishi yuzasidan ba’zi bir mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir.

Jumladan turizmda faoliyat sohasi sifatida uchta tomon ishtirok etadi:


1.Turistik mahsulot va xizmatlarni iste‘mol qiluvchi turistlar.
2.Turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi turistik firmalar (ushbu holatda turistlarga xizmat ko‘rsatishga u yoki bu munosabatda bo‘lgan barcha tashkilotlar).
3.Turizm faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanuvchi shuningdek tegishli ma’muriy-huquqiy va boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi (pasport, viza, chegara, bojxona, sanitariya-epidemiologiya va h.k.) davlat idoralari.
Ushbu uchta tomonlar: “Turistlar” - “Turistik firmalar” - “Davlat” o‘zaro munosabatlarida bir “Uchburchak”ni tashkil etadilar. Jahonning har qanday davlatida ushbu “Uchburchak” har bo‘g‘inining ya’ni “Turistlar-turistik firmalari”, “turistik firmalar-davlat”, “turist- davlat” o‘zaro munosabatlari tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Masalan, O‘zbekistonda bular jumlasiga “Korxonalar to‘g‘risida”, “iste’molchilarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida” va boshqa qonunlarni kiritish mumkin.
Asta-sekinlik bilan ushbu qonunchilik yanada aniqlashtirilib va to‘ldirilib borilmoqda. Sof holatda yuqorida qayd etilgan qonunlar o‘zaro munosabatlarining har bir elementi huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinishi lozim. Lekin, qancha davlat bo‘lsa, shuncha o‘ziga xos jihatlar ham mavjuddir.
Amalda har bir davlatda qayd etilgan “uchburchak” ning u yoki bu tomoniga alohida e’tibor qaratgan holda turizmni tartibga solish yuzasidan o‘z yondashuvlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda ko‘pchilik boshqa mamlakatlar singari, asosiy e’tibor “turistik firma-davlat” munosabatlarini tartibga solishga yo‘nalti‘rilgan. Bu hol avvalombor, turistik faoliyatni litsenziyalash shaklini, ya’ni davlatning yuridik shaxslariga berilgan muayyan ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
Lekin bundan litsenziya berish jarayoni alohida ahamiyat kasb etmaydi (ushbu ruxsatnomani olish qiyinligi va osonligidagan qa’tiy nazar). Turizm faoliyatining litsenziyada ko‘rsatilgan va ko‘rsatilmagan boshqa shartlarini to‘liq bajarilishini nazorat qilib boradigan davlat mexanizmining rivojlanganligi va samarali faoliyat yuritishi va tegishli hollarda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishini ta’minlash uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishi muhim ahamiyatga egadir.
Zero, bunday mexanizm mavjud bo‘lmagan holda litsenziyalash turistik mahsulot sifati ustidan nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.5
O‘zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining markazlashgan ma’muriy boshqaruv tizimi 1971- 1991-yillar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko‘zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maqsadidagi obyektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlaming sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo bola boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 5Ofoizgacha bolgan barcha xizmatlar fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan.
Joylashtirish va ovqatlanish xizmatlari bilan birga, hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko‘rsatish talab darajasida bolmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifatsiz bolgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlamshini shartli ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991- yildan keyin milliy turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi.
Aynan shu davrda respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini hamda mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini eion qildi. Bu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi imkoniyat yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy boiinmalarim tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
Mustaqillikdan keyin turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:
- eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi;
- turoperator va turagent sifatida yangi tashkilotlar tuzildi;
- eski turistik korxonalarni qayta tiklash yo‘li bilan O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi.
1992-yilda respublikada « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi.
Bu jarayon, o‘z navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo'yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlami amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995-yillar mobaynida « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8 foiz turistik obyektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlami qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojiantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni Buyuk Ipak yoiida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega boidi.
Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yoiidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom alBuxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq Gijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margiloniy, Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi.
1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak yoiida turizm” nomli Xalqaro turizm yarmarkasi tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o'rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi.
Bu bosqichda O‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi:
- davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;
- yangi xorijiy investorlami jalb qilish;
- tashqi bozorlarga chiqishning yangi yoilarini izlash, xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);
- turistik korxonalar va sayohatchilaming manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;
- turistik yo‘nalishlaming jozibadorligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish;
- O‘zbekiston mehmonxonalarini boshqarishda xorijiy menejmentni qoilash;
- kichik xususiy mehmonxonalar tarmogini kengaytirish;
- turizm sohasida mutaxassislami tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy taiim bosqichida);
- xorijiy tajribaiami o'rganish;
- ilmiy loyihalar tayyorlash;
- BTT tadqiqot guruhining O‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar; 5http//www. lex.uz 11
- turfirmalaming nodavlat va korporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999- yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi.
Ko‘pchilik turistik obyektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘miga samarali ishlovchi yangi xususiy korxonalar tashkil etildi. 2000-yildan boshlab, respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga va undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001- yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi.
Sharqiy Osiyoda o'tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari, pnevmoniya (SARS) va parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000- yildan boshlangan bo‘lib, 2017-yiIgacha davom etdi. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu oMkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalaming yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi.
Turizm sohasi bo‘yicha 2014-yilda xalqaro anjuman Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasining aynan Samarqand shahrida bo‘lib 12 o‘tishi ham bejiz emas. Bunga barcha asoslar mavjud bo‘lib, hozirgi paytda butun dunyoda «Samarqand Deklaratsiyasi» deb tan olingan hujjatni qabul qilgan Butunjahon turizm tashkilotining Samarqandda bo‘lib o‘tgan kengashida (1994-yil 5-oktabr) shahar bir ovozdan «Ipak yo‘lining yuragi» deb e’tibor etilgan edi.
Samarqand shahri 2014-yiIda AQSHning mashhur “The Huffmgton Post” internet nashri tomonidan e’lon qilingan reytingga muvofiq, sayyoramizning turistlar borib ko‘rishi lozim bo‘lgan 5Ota eng go‘zal shaharlari qatoridan o‘rin oldi. E’tiborlisi, MDH davlatlari shaharlaridan ushbu ro‘yxatga faqat Samarqand shahri kiritilgan.6


Yüklə 66,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə