va topshirig’i asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan
tashqari o‘qish darlari o‘tkaziladi. Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,o‘simliklar,
qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o‘qituvchi topib, tanlab o‘quvchilarga
o‘qish uchun tavsiya qiladi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg’ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil
o‘qishlari uchun kishilarninig hayoti, yorqin tasvirlardan, ularning ma’naviy-ahloqiy
turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi. 3-4
sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslari ikki harflarda bir marta o‘tkaziladi. Bu
sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos
kitoblarni o‘qish darslari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Bu sinflarda o‘qituvchi sinf
kutubxonasiga kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni to‘plashni davom
ettiradi. Sinfdan tashqari o‘qish burchagi turlicha bezatishi mumkin. Bunda o‘qituvchi
va o‘quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar
mustaqil ravishda va izchil oqib borilsagina, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini
kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish bolalarda ezgulikka muxabbat, yozuvlikka nafrat uyg’otish,
boglanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bolalar adabiyoti avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarning go‘zalligi,
tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh
etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko‘rsatadi. Bolalar adabiyoti
o‘quvchilarga jonajon o‘lka, tabiyatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning
qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklari, bolalar hayotidan olingan
voqelikni, bolalarning o‘yinlarini tushunshga o‘rgatadi
Dostları ilə paylaş: