O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga


Nimaiki yaxshi, foydali narsa bo‘lsa, inson uchun, uning farovonligi uchun bag‘ishlanmog‘i, xizmatida bo‘lmog‘i lozim



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#163723
1   2   3
ЮЛЧИЕВА МУСТАФАЕВА Янги конс Мақола 01 12 2023

Nimaiki yaxshi, foydali narsa bo‘lsa, inson uchun, uning farovonligi uchun bag‘ishlanmog‘i, xizmatida bo‘lmog‘i lozim”, degan baytlarining mazmuni ham Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan.
Yangi Konstitutsiyamizning juda yuqori saviyada, islom qonunchiligi va jahon andozalari hamda ko‘p asrlik milliy urf-odatlarimiz, o‘chmas qadriyatlarimiz asosida yaratilganligini, unga dunyo ziyolilari tomonidan tan olingan mashhur fiqhshunos, hadisshunos, tuzukshunos bobokolonlarimiz Al Marg‘inoniy, At Termiziy, Al Buxoriy, Amir Temur, Abdurauf Fitrat hamda boshqa allomalarning tarixiy tajribalari va insonparvarlik g‘oyalari chuqur singdirilganligini uning har bir moddasidan anglash mumkin.
Davlatimiz ko‘zlar xalq manfaatini,
Qonun-la amalga oshadi ishi.
Fuqarosi erur O‘zbekistonning ,
Millatidan kat’iy, g‘ururli kishi.
Ijtimoiy hayot uchun zarurdir,
Mafkura, fikrlar xilma-xilligi.
Prinsipi umuminsoniylikdir,
Demakki, aniqdir mangu yo‘lligi.
Respublikamizda yuzdan ortiq millat va elat vakillari do‘stona va inoq hayot kechirmoqdalar. Ushbu do‘stlik va hamjihatlikni ta’minlash, boshqa xalqlar tillarini ham e’zozlash xalqimizga xos bag‘rikenglik namunasidir. Shu bois ham mamlakatimizning ko‘plab o‘quv muassasalari o‘zbek tili bilan bir vaqtda ingliz, fransuz, nemis, rus, tojik, qozoq, turkman, yapon, xitoy, koreys, arab, hindu va boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganishga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda farzandlarimizning o‘z ona tillari qatori jahon tillarini mukammal egallab olayotganligi ma’naviy qadriyatlarimizning uzviy davomi bo‘lib, o‘zbek xalqining jahon xalqlari o‘rtasidagi salohiyotini yanada oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, yangi taraqqiyot davrida inson manfaatlarini himoya qilish, insonparvarlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish bevosita oila bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon. Shu sababli Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan oila davlat negizini tashkil etishi, oilaning davlat va jamiyat himoyasida bo‘lishi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etilishi, har bir ota-ona o‘z farzandini tarbiyalashga va moddiy ta’minlashga, har bir voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzand ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi to‘g‘risidagi me’yorlar milliy urf-odatlarimizga to‘liq javob beradi.
Bundan tashqari Yangi Qomusimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘lig‘ini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish va har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Qaerda qonun hukmronlik qilsa, o‘sha yerda erkinlik bo‘ladi”, — degan o‘giti sharqona huquqiy davlat qurishning eng muhim sharti va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, qonun ustuvor bo‘lgan, mamlakatning Asosiy qonuni hayotning barcha jabhasiga chuqur singdirilgan jamiyat mudom yuksaklikka bo‘y cho‘zadi. Shu ma’noda, Bizning oliygoh ustozlari ham qonun davlat va jamiyatni boshqarishda asosiy vosita bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Qonunlarning yuqori sifati va barqarorligiga erishish, ularni hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmini yaratish, qonun ijodkorligi jarayonida adolat va haqiqat g‘oyalari partiya deputatlik korpusi qonunchilik faoliyatining asosiy mezoni bo‘lib qoladi.
Zero, Bosh qomusimiz va boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan me’yorlar hamisha yo‘limizni yo‘lchi yulduzdek yoritishi, oldinga tashlagan har bir qadamimiz uchun mash’ala bo‘lishi, erishilgan va erishilayotgan yutuq-muvaffaqiyatlarimiz poydevori ekanini unutmasligimiz zarur. Shunday ekan, ularning samarali ijro etilishini ta’minlashga ko‘maklashish, muntazam nazorat qilish lozim bo‘ladi. Bu esa barchamizdan, shu jumladan, barcha darajadagi partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalaridan yuqori profissionallik, o‘z ishiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatni talab etadi. Ta’kidlash joizki, insoniylik va ezgulik tamoyillariga asoslangan Konstitutsiyamiz – barcha huquq va erkinliklarimiz, shu jumladan shaxsiy daxlsizligimiz kafolati sifatida ulug‘ xalqimizning manfaatlari yo‘lida xizmat qilaveradi.



Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə