O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mushaklar haqida qisqacha ma`lumotlar



Yüklə 458,04 Kb.
səhifə5/111
tarix11.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#86463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Jismoniy sifatlar

Mushaklar haqida qisqacha ma`lumotlar.

Mushak - anatomik to`qima bo`lib, asab impulslari ta`sirida qisqaradigan, ko`ndalang - chiqish yoki silliq mushak to`qimasidan iborat bo`lgan inson tanasining organi.

Skilet mushaklari - skilet muskullari - alohida boylamlar tashkil qilib, biriktiruvchi to`qimalardan yupqa parda bilan o`ralgan. Mushaklar paylar orqali suyaklarga yopishadi va inson harakatlanishini ta`minlaydi.

Murabbiy jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki sportchi alohida mushak guruhlarining joylanishi va ular yordamida bajariladigan harakatlarni yaxshi biladilar. Shuning uchun ular mashq dasturlarining mohiyatini va mazmunini yaxshiroq tushunadilar, mustaqil ravishda mashqlar majmuasiga zarur bo`lgan mashqlarni tanlab oladilar yoki bu mashg`ulotlarning dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqa oladilar.



Bo`yin. Ko`krak - yelka - kurak mushaklari bo`yinning oldi va yon tomonlarida joylashgan va boshni burishda, egishda ko`krak qafasining ko`tarilishida katta rol o`ynaydi. Pog`onali mushaklar bo`yin ichida joylashgan bo`lib, umurtqa pog`onasini harakatlantirishda va nafas olganda ko`krak qafasini ko`tarishda yordam beradi.

Qo`llar. Delta ko`rinishdagi mushaklar yelka kamarini qoplab turadi. Uch bog`lam mushakdan iborat, oldi, o`rta va orqa, ularni har biri qo`llarning yonga harakat qilishiga yordam beradi.

Yelkaning ikki boshli mushagi qo`lning old tomonida tirsakdan yuqori joylashgan va tirsak bo`g`imlarida qo`lni bukadi.

Yelkaning uch boshli mushagi qo`lning orqa tomonida tirsakdan yuqorida joylashgan. Tirsak bo`g`imlarida qo`lni bukadi.

Barmoqlarni bukuvchi va yozuvchi mushaklarni yelka kamaridagi mushaklar harakatlantiradi. Yelkaning ichki tomonidagi mushaklar barmoqlarni bukadi, tashqi tomondagi mushaklar yozadi.

Ko`krak. Katta ko`krak mushagi ko`krak qafasining yuzasida joylashgan. Qo`lni gavda bo`yicha harakatlantiradi.

Oldi tishli mushaklar, ko`krak qafasining yon tomonlarida joylashgan. Qovurg`aning umurtqa pog`onasi tomonga burilishida yordam beradi. Qovurg`a orasidagi mushaklar qovurg`alar orasida joylashadi va nafas olishda yordam beradi.


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə