O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 -yil 30 -apreldagi 10-son qaroriga ilova


-bob. Statistika hisobotlarini to‘liq hajmda yig‘ishni ta’minlashda Qo‘mita bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#153589
1   2   3   4   5   6
10-qaror uz 24 05 22

3-bob. Statistika hisobotlarini to‘liq hajmda yig‘ishni ta’minlashda Qo‘mita bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini
tashkil etish

16. Statistika hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalangan holda davlat statistika organlari tomonidan ta’minlanadi.
Ish hajmi ko‘lamini hisobga olgan holda, hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish ishlari hududiy statistika organlari xodimlari bilan bir vaqtning o‘zida Qo‘mita markaziy apparati xodimlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
17. Statistika hisobotini taqdim etish tartibi buzilganda, hududiy statistika organlari:
ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda hisobot topshiruvchi sub’ektlardan hisobotlarni qabul qilib olish;
statistika sohasidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi va profilaktika xususiyatiga ega choralarni amalga oshirish;
Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
18. Hisobot topshiruvchi sub’ektlar tomonidan hisobotlarning bazaviy hisobot ko‘rsatkichlari to‘ldirilmagan holda taqdim etilganda, hududiy statistika organlari uch kun muddatda ko‘rsatkichlarning yo‘qligi sabablarini (elektron xabarnoma yuborish yoki telefon orqali) aniqlaydilar, zarur hollarda, soliq organlaridan hisobot topshiruvchi subyektning faollik holatini aniqlaydilar.
Aniqlash natijalariga ko‘ra, Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida tegishli statistika hisoboti ma’lumotlarini qayta ishlash uchun Qo‘mitaga belgilangan muddat tugagunga qadar, Qo‘mitaning tegishli tarmoq boshqarmasiga 1-ilovaga muvofiq tahliliy jadvalni yuboradilar.
19. Hisobot topshiruvchi sub’ekt tomonidan KTYaDRda uning nofaol holati (faoliyat ko‘rsatmayotgan, harakatsiz holatda bo‘lgan, tugatilgan) munosabati bilan bazaviy hisobot ko‘rsatkichlari to‘ldirilmagan hollarda, tarmoq boshqarmalari bu haqda, bir kun muddatda, Statistika registrlarini yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga bildirishnoma orqali xabar beradilar.
20. Statistika registrlarini yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tarmoq boshqarmalarining bildirishnomasiga asosan hisobot davridan keyingi bir oy davomida, ma’lumotlar taqdim etmagan (bazaviy ko‘rsatkichlarni to‘ldirmagan) tashkilotlarning faollik holatiga Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 iyunda 2594-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida aniqlik kiritadi va tarmoq boshqarmasiga aniqlash natijasi bo‘yicha bildirishnoma orqali xabar beradi.
21. Tarmoq boshqarmalari, Statistika registrlarini yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasining aniqlash natijasi bo‘yicha bildirishnomasi asosida maqsadli jamlanmaga aniqlik kiritishning maqsadga muvofiqligini hal etadilar va maqsadli jamlanmaga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lganda bu haqda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasiga tegishli elektron bildirishnoma taqdim etadilar.
22. Maqsadli jamlanmaga zarur o‘zgartirishlar kiritish mazkur Reglamentning 13-15 bandlarida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.


Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə