O‘zbekiston res



Yüklə 317,55 Kb.
səhifə5/8
tarix29.05.2023
ölçüsü317,55 Kb.
#113829
1   2   3   4   5   6   7   8
Azimov Aziz

4. Bozor infratuzilmasi faoliyatining shart-sharoitlari,

shakllari va usullari

Umuman iqtisodiyotda har bir nazariy va amaliy fanning rivojlanishi va fan



sifatida shakllanishining zaruriy shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, bozor

infratuzilmasi nazariyasi fani ham iqtisodiy rivojlanish muhim bosqichlarining sharti hisoblanadi. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani hozirgi kunga kelib iqtisodiyotda tashkil topayotgan turli mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning majudligi bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot ma’lum bir tomonlarining uzviy bog‘liqligi, ular o'rtasidagi munosabatlaming yuqori integratsiyalashganligi hamda ma’lum biznes birliklarining yangitdan vujudga kelishi bilan amal qiladigan faoliyat turlarini tartibga solish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, bozor infratuzilmasining real hayotda mavjud bo‘lishi ularning amaliyot bilan bog‘langanligini ko‘rsatib beradi.
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, bozordagi har bir ishtirokchi o ‘zining infratuzimasiga ega boMishi va ularning faoliyatiga ehtiyoj sezishi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bilan bogMiq iqtisodiy

20
qarashlar majmuasining shakllanishi o‘z navbatida yangi g ‘oyalami va yangi



fanlarning obyektiga aylanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir fanning amaliyotda asosi bo’lgani kabi, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanining ham amaliyotda o‘ziga yarasha o ‘rganilshni talab etuvchi amaliy ko‘rinishlari mavjud. Shuning uchun hozirgi kunda bozor infratuzilmasi nazariyasi fani yangi fan sifatida shakllanib kelmoqda. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor uchun hamda iqtisodiyotning subyektlari uchun o ‘zaro iqtisodiy munosabatlaming qulayligini ta’minlash maqsadida rivojlantirishni talab etadi. Misol uchun, yangi vujudga kelgan har bir bozor infratuzilmasi uning takomillashtirilishini va yangi bosqichga o ‘tishini taqozo etadi. Bu esa o ‘z navbatida yangi nazariy bilimlami jamlanishini va amaliyotga qoMlanilishidagi savodxonlikni talab qiladi.
Iqtisodiyotning tahlil qilinuvchi asosiy bosqichlari mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayoni, ayirboshlash jarayoni, taqsimlash jarayoni va iste’mol qilish jarayonlaridir. Bu jarayonlaming har biri ko‘plab fanlaming o ‘rganish obyektiga aylangan. Iqtisodiyotning turlari, darajalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar ulaming hammasi bir maqsadga bo‘ysingan: u ham bo‘lsa insoniyatning yaxshi yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratish, turli xil hayotiy vositalami yaratib berish va pirovardida ulaming ehtiyojlarini maksimal qondirishdan iborat.
Shulardan biri ayriboshlashjarayoni biz o ‘rganayotgan faning asosiy qismiga to‘g ‘ri keladi. Ayirboshlash jarayonining iqtisodiyotdagi o‘rni beqiyosdir. Bujarayongatarixdanjuda ko‘p misollar keltirish mumkin. Birgina Buyuk ipak yo‘li misolida ko‘rishimiz mumkin.
Buyuk ipak yo‘li nafaqat insonlaming ehtiyojlarini qondirish, ularga boshqa yurtlarda ishlab chiqarilgan noz-ne’matlami yetkazib berish, balki, jamiyat va taraqqiyotning rivojlanishi uchun muhim infratuzilma vazifasini o ‘tagan. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida subyektlar

21
tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib



berishga xizmat qiluvchi qismi, infratuzilmasi o ‘zining bir necha usullari bilan amal qiladi.
1) to'g'ridan-to'g'ri; 2) axborot berish; 3) yetkazib berish; 4) aralash.
Bu usullami quyidagi jadval orqali qanday ko‘rinishlarda amal qilishini tahlil qilishimiz mumkin.


Yüklə 317,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə