O‘zbekiston Metama’lumot



Yüklə 446,95 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.02.2023
ölçüsü446,95 Kb.
#100708
Minimal iste’mol xarajatlari



O‘zbekiston 
Metama’lumot 
Minimal iste’mol xarajatlari 
Ishlab chiqilgan sana:
24.03.2022 
Oxirgi yangilangan sana: 
24.03.2022
0. Asoslar 
0.1 Qonuniy asoslar 
0.1.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish uchun javobgarlik 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 11-avgustda qabul qilingan 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
muvofiq mustaqil ravishda 
o‘z faoliyatini yuritadi.
Ushbu Qonunning maqsadi rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, 
respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular 
o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 
2017-yil 2-sentabrda tasdiqlangan va Davlat statistika qo‘mitasining vakolatlari, funksiyalari va 
tarkibini aniqlab beradigan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida 
Nizom
”ga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi milliy statistika tizimini muvofiqlashtirish, 
monitoring va nazorat qilishga mas’ul, shuningdek ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil 
qilish va tarqatish bo‘yicha asosiy organ bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro standartlarga 
mos yagona statistika uslubiyati bilan ta’minlash vazifalarini bajaradi. 
Rasmiy statistika to‘g‘risidagi Qonunning 14-moddasiga muvofiq davlat statistika organlari 
quyidagi huquqlarga ega: 
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, 
banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika 
kuzatuvi ma’lumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish; 
- statistik birliklar faoliyatining statistika kuzatuvlarini o‘tkazish va olingan birlamchi 
ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; 
- jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun 
rag‘batlantirishni amalga oshirish; 
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan statistika 
dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash hamda olish; 


- rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy 
va yuridik shaxslarni qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida jalb etish; 
- statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, 
tarqatish va saqlashning zamonaviy usullari va vositalaridan foydalanish hamda ularni milliy 
statistika tizimiga joriy etish; 
- statistika ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni 
bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; 
- statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy 
jazo choralarini qonunga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qo‘llash. 
2017-yil 12-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5054-son farmoyishiga 
muvofiq, mamlakatdagi iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar Xalqaro Valyuta Fondining 
kengaytirilgan umumiy ma’lumotlar tarqatish tizimi (k-MTUT)ga to‘g‘ri kelishi va uning 
doirasida muvofiqlashtirilishi kerak.
0.1.2 Ma’lumot ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi 
va muvofiqlashtirish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan rasmiy statistikani 
tayyorlovchilar statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishda xalqaro darajada tavsiya etiladigan 
tushunchalarga, tasniflarga va uslubiyatga amal qiladi. 
Vakolatli davlat organi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining faoliyatini statistika 
dasturlari doirasida muvofiqlashtiradi. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar statistika ma’lumotlarini tayyorlash uslubiyatini o‘z 
vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi. 
Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlarida xalqaro tavsiyalarga 
nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda vakolatli davlat organi statistika uslubiyatlari auditi 
yakunlariga ko‘ra ushbu tayyorlovchilarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish 
huquqiga ega. 
Milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan 
statistika ma’lumotlarini shakllantirish va vakolatli davlat organi bilan axborot almashinuvini 
ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar tashkil etiladi. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar 
o‘zlarida mavjud bo‘lgan statistika ma’lumotlarini va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarni vakolatli 
davlat organiga statistika dasturlarida belgilangan tartibda va muddatlarda bepul taqdim etadi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan, Statistika kengashi vakolatli 
davlat organi huzuridagi rasmiy statistikaning rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi va 
muvofiqlashtirilishi masalalari bo‘yicha kollegial maslahat organidir. 
Statistika kengashining tarkibi davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, 
nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shuningdek statistika bo‘yicha milliy ekspertlar 
orasidan tuziladi. 


0.1.3 Respondentlar individual ma’lumotlarining maxfiyligi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga asosan, rasmiy statistikani 
tayyorlovchilar tasarrufidagi mavjud individual ma’lumotlardan faqat statistika maqsadlarida, 
jamlanma statistika ma’lumotlarini shakllantirish uchun foydalaniladi. 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar, shu 
jumladan xalqaro tashkilotlar tomonidan individual ma’lumotlardan tergov, nazorat qilish, sud 
muhokamasi, ma’muriy qarorlar qabul qilish maqsadida yoki jismoniy va yuridik shaxslarga yoki 
uy xo‘jaliklariga taalluqli boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida Nizomda, Davlat statistika 
qo‘mitasi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar 
faoliyatining statistika kuzatuvlarini olib borish va olingan ma’lumotlardan statistika 
maqsadlarida foydalanish huquqiga ega ekanligi hamda olingan statistik ma’lumotlarning 
maxfiyligini va davlat sirlariga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlarning himoya qilinishini 
ta’minlashi belgilab qo‘yilgan. 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari axloq kodeksiga, shu jumladan maxfiylik prinsiplariga rioya 
qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda ularga taqdim etilgan har qanday individual 
ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari kerak. 
Ularni lavozimga tayinlash paytida majburiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Davlat statistika 
qo‘mitasining har bir xodimi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini o‘z ichiga olgan 
shartnomaga qo‘l qo‘yishi shart. 
0.1.4 Statistik hisobotlarni taqdim etish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, davlat statistika organlari 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, 
banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksining
215-moddasiga 
muvofiq mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va 
boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini 
buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini 
buzishi bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan, Statistika dasturlariga binoan 
statistika kuzatuvlarini o‘tkazish chog‘ida respondentlar rasmiy statistikani tayyorlovchilarga 
ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan belgilangan tartibda 
va muddatlarda bepul taqdim etishi shart. 


0.2 Resurslar 
0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnika bazasi, kompyuter vositalari va moliyalashtirish 
Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichlarini shakllantirish bilan Markaziy apparatda 9 nafar 
xodim va hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari 
kuzatuvlari bo‘limlarida 7-13 nafar xodim shug‘ullanadi. 
Xodimlar soni aholi turmush darajasi statistikasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish 
uchun qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli. 
Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari uchun doimiy ravishda 
o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Jumladan, boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlarining 
boshqa seminarlarida o‘z malakalarini oshiradilar. 
Boshqarmada kompyuterlar soni yetarli bo‘lib, har bir xodim alohida kompyuter bilan 
taʼminlangan. Barcha kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan, shuningdek, internet tarmog‘iga 
kirish imkoniyatiga ega. 
Moliyaviy mablag‘lar statistika dasturi doirasida taqdim etiladi va ushbu dasturda nazarda 
tutilgan statistika ishlarini bajarish uchun yetarlidir. 
1. Beg‘arazlik 
1.1 Kasbiy mahorat 
1.1.1 Statistikaning xolisligi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy 
prinsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga 
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy 
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi. 
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan. 
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida 
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish Davlat 
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil 
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi. 
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil 


etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida 
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan. 
1.1.2 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq: 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini doimiy asosda baholab boradi. 
Sifat kafolatini ta’minlash uchun rasmiy statistika rasmiy statistikaning qamrovi, tushunchalari, 
statistik birliklari va tasniflariga taalluqli umumiy prinsiplar hamda usullar asosida tayyorlanadi 
va tarqatiladi. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini yaxshilash maqsadida 
ma’lumotlarni tahlil etish va tahrir qilish, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish, 
ma’lumotlarni statistika maqsadlarida bir-biriga bog‘lashni va solishtirishni amalga oshirish 
hamda baholashning statistik usullaridan foydalanish huquqiga ega. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan manbalar va usullarni, 
shuningdek yakuniy ma’lumotlar to‘plamlarini hujjatlashtirib boradi. Rasmiy statistikadan 
foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda 
rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida xabardor 
qilinadi. 
1.1.3 Statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki undan noto‘g‘ri foydalanish 
bo‘yicha sharh 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomda (15-band) Davlat 
statistika qo‘mitasi rasmiy statistik ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish va talqin qilish 
holatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega ekanligi 
belgilab qo‘yilgan. 
Unga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va statistik 
ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanilganda o‘z izohini berishi mumkin. 
1.2 Shaffoflik 
1.2.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish qoidalari va tartibining 
oshkoraligi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan, rasmiy statistikaning asosiy 
prinsiplari tushunarlilik va shaffoflik. Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish 
bo‘yicha shartlar O‘zbekiston Respublikasining statistikaga oid qonun hujjatlarida keltirilgan. 
Ushbu qonunchilik choralari veb-saytga joylashtirilgan va jamoatchilikni ular bilan tanishish 


imkoniyati mavjud. “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonun va statistik ma’lumotlarni ishlab 
chiqish va tarqatish muddatlari aniq ko‘rsatilgan statistika dasturi Qo‘mita rasmiy veb-saytiga 
(
www.stat.uz
) joylashtirilgan. Qonun Oliy Majlis byulletenida, normativ-huquqiy hujjatlar bazasi 
(norma), shuningdek Adliya vazirligining 
www.lex.uz
manzilida joylashgan ma’lumotlar 
bazasida ham mavjud. Statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun respondentlar tomonidan 
taqdim etiladigan statistika hisoboti shakllari Qo‘mita rasmiy veb-saytida foydalanuvchilar uchun 
oldindan e’lon qilinadi. 
1.2.2 Hukumatning statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ko‘rishning ichki 
imkoniyati 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Hukumat Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlarni ularni e’lon 
qilish vaqtidan oldin ko‘rish imkoniyatiga ega emas. Statistik ma’lumotlarni tarqatishda davlat 
statistika organlari mustaqildir. Davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi (“Rasmiy 
statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi). Faqat Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosarlari va 
mas’ul xodimlar statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ularni ko‘ra oladi. 
1.2.3 Statistik ma’lumotlarning atributlari (belgilari) 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Jamoatchilikka e’lon qilinayotgan bosma statistik nashrlar, axborotnomalar, ommaviy axborot 
vositalarida berilayotgan ma’lumotlarning Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilganligi uning logotipi va izohlari orqali aniq belgilanadi. 
1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida 
oldindan xabardor qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan 
oldin Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Davlat statistika 
qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini 
tushuntiruvchi tegishli uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar va matbuot 
anjumanlarida kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi. 
1.3. Axloq me’yorlari 
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq 
kodeksiga, shu jumladan maxfiylik prinsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda 
ularga taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga 


tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Davlat statistika qo‘mitasi 
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart. 
2. Uslubiyat 
2.1 Konsepsiya va tushunchalar 
2.1.1 Konsepsiya va tushunchalar 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini va kambag‘allik chegarasini hisoblash uslubiyati 
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki, Jahon 
sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan berilgan tavsiyalarga asoslangan. Minimal iste’mol 
xarajatlari qiymatini hisoblashning uslubiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash 
tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 544-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo‘mitasining 2021- yil 16- dekabrdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholining 
minimal iste’mol хаrаjаtlаri qiymatini vа kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi 
uslubiy Nizom hisoblanadi.
Aholining minimal iste’mol хаrаjаtlаri qiymatini hisoblashda uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvi 
natijalari asosida shakllanadigan aholi iste’moli, daromad miqdori va tarkibi, uy xo‘jaliklari 
iste’molining kilokaloriyadagi qiymatini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining energiyaviy 
qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Minimal iste’mol xarajatlarni hisoblash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
- Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kesimida iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat 
mahsulotlari hamda xizmatlar qiymati real iste’mol qiymatidan kelib chiqib, target guruhi uchun 
respublika o‘rtacha narxlarida hisoblab chiqiladi; 
- uy xo‘jaliklarining aholi jon boshiga iste’mol hajmidan kelib chiqib, o‘sish tartibida desillarga 
(10 foizlik guruh) bo‘linadi va eng kam iste’molga ega bo‘lgan birinchi uch guruhdagi uy 
xo‘jaliklari (target guruhi) ajratib olinadi;
- kambag‘al aholining oziq-ovqat mahsulotlari xarajati asosida bir kilokaloriyaga sarflangan 
qiymat aniqlanadi;
- bir kilokaloriya qiymati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taklif etgan energiya qiymatiga (2200 
kkal) ko‘paytirilib, minimal oziq-ovqat xarajatlari aniqlanadi; 
- target guruhining umumiy xarajatlaridagi oziq-ovqat mahsuloti ulushi aniqlanadi; 
- minimal oziq-ovqat xarajatlarini Engel koeffitsientiga bo‘lish orqali bir kishi uchun minimal 
xarajatlar aniqlanadi. 


2.2 Statistik qamrov 
2.2.1 Statistik qamrov 
2.2.1.1 Ma’lumotlarning statistik qamrovi 
Ma’lumotlarning geografik qamrovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent 
shahrini qamrab oladi. 
Tanlanma kuzatuv to‘plami uy xo‘jaliklari bosh to‘plamining bir qismini (0,2%) tashkil etadi.
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga xarajatlar; 
uydan tashqarida ovqatlanishga xarajatlar; 
spirtli ichimliklarni sotib olishga xarajatlar; 
tamaki mahsulotlarini sotib olishga xarajatlar; 
shaxsiy iste’mol uchun nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga xarajatlar; 
xizmatlar. 
2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar 
Statistik qamrovdan istisnolar mavjud emas. 
2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat 
Mavjud emas. 
2.3 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash 
2.3.1 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblashda Classification of Individual Consumption 
According to Purpose (COICOP)
xalqaro standartga asoslangan “O‘zbekiston Respublikasi 
Maqsadlar bo‘yicha individual iste’mol tasniflagichi”dan foydalaniladi. 
2.4 Hisobga olish asoslari 
2.4.1 Baholash 
Mavjud emas. 
2.4.2 Hisobga olish asosi 
Uy xo‘jaliklari so‘rovi natijalaridan kelib chiqib, minimal iste’mol xarajatlari qiymati va 
kambag‘allik chegarasi hisoblab chiqiladi hamda ushbu ma’lumotlar aholi turmush darajasiga 


ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ishlab 
chiqishda asos bo‘ladi. 
2.4.3 Yalpi/sof ko‘rsatkichlarni hisoblash tartib-taomillari 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar uy xo‘jaliklarni tanlanma 
kuzatuv asosida shakllantiriladi. So‘rov o‘tkazish elektron qurilmada (planshetda) uy xo‘jaligi 
a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘roviga (intervyuga) asoslanadi. 
3. Aniqlilik va ishonchlilik 
3.1 Birlamchi ma’lumotlar 
3.1.1 Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish asoslari 
Uy xo‘jaliklari kuzatuvi O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida tanlanma usulda 
o‘tkaziladi. Kuzatuvlar tanlab olingan uy xo‘jaliklarining unda ixtiyoriylik tamoyili asosida 
ishtirok etishi orqali tashkil etiladi. Uy xo‘jaliklari rotatsiyasi har oy amalga oshiriladi. Uy 
xo‘jaliklari tanlovi har bir hududda yashovchi aholi sonidan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi. Tanlovni amalga oshirishdan avval, tanlov birligi hisoblangan uy xo‘jaliklari soni 
respublikaning hududlari kesimida oldindan taqsimlanadi. Har bir hudud bo‘yicha uy xo‘jaliklari 
tanlovi, shahar va qishloq joylari kesimida amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklarining tanlovi ikki 
bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda mahalla/qishloqlar tanlab olinadi va bu jarayon har 
olti oyda, yilda ikki marta takrorlanadi. Har bir mahalla/qishloqning tanlovga tushish ehtimoli, 
ularda mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari (yoki aholi) soniga bog‘liq. Uy xo‘jaliklari tanlovi 
tanlovning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi. Tanlab olingan mahalla/qishloqlar bo‘yicha 
barcha uy xo‘jaliklarining ro‘yxatini (uy xo‘jaligi boshlig‘ining ismi va familiyasi, manzili) 
hududiy statistika boshqarmalari belgilangan tartibda, elektron ko‘rinishda shakllantiradilar. 
Davlat statistika qo‘mitasi ushbu ro‘yxat asosida uy xo‘jaliklari tanlovining ikkinchi bosqichini 
amalga oshiradi va kelgusi olti oy davomida kuzatuv o‘tkazishda foydalaniladigan uy xo‘jaliklari 
ro‘yxatini shakllantiradi. Tanlovning barcha bosqichlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 
amalga oshiriladi. Uy xo‘jaligi tanlangandan so‘ng intervyuyer bevosita uy xo‘jaligida kuzatuv 
o‘tkazadi. 
3.1.2 Birlamchi ma’lumotlarning ta’rifi, qamrovi, tasniflari, baholanishi va hisobga olish 
davri 
Tanlanma 
metodikasiga 
muvofiq, 
respublika 
bo‘yicha 
kuzatuv 
ma’lumotlarining 
reprezentativligini choraklik ma’lumotlar ta’minlaydi. Hududlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni 
tayyorlashda yillik ma’lumotlardan foydalanish lozim. Ma’lumotlar hisobot davridan keyingi 6 
oydan oshmasdan chiqariladi. 


3.1.3 Birlamchi ma’lumotlarning o‘z vaqtida tayyor bo‘lishi 
Ma’lumotlarni yig‘ish dasturi statistika dasturi tomonidan tartibga solinadi. Choraklik 
ma’lumotlar chorak yakunlangandan keyingi oyning 25- sanasigacha, yillik ma’lumotlar hisobot 
davridan keyingi 6 oydan oshmasdan chiqariladi. 
3.2 Birlamchi ma’lumotlarni baholash 
3.2.1 Birlamchi ma’lumotlarni baholash 
Hududiy bo‘linmalardan olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi, nazoratdan o‘tadi. Tasniflash hamda 
nazoratda aniqlangan xato va kamchiliklar albatta respondentlar bilan yana bir bor aniqlashtirilib 
olinadi. 
3.3 Statistik usullar 
3.3.1 Birlamchi ma’lumotlar bilan ishlashda statistik usullar 
Hududiy bo‘linmalardan olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi, nazoratdan o‘tadi. Tasniflash hamda 
nazoratda aniqlangan xato va kamchiliklar albatta respondentlar bilan yana bir bor aniqlashtirilib 
olinadi. 
3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar 
Yo‘q. 
3.4 Ma’lumotlarni taqqoslash 
3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash 
Yo‘q. 
3.4.2 Oraliq ma’lumotlarni baholash 
Yo‘q. 
3.4.3 Yakuniy statistik ma’lumotlardagi tafovutlar va boshqa nomuvofiqliklarni o‘rganish 
Agar ilgari e’lon qilingan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar aniqlansa, keyingi nashrlarda bu 
ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi. 


3.5 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish tahlili 
3.5.1 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqishni o‘rganish va tahlil qilish 
Dastlabki choraklik va yillik ko‘rsatkichlar yillik hisobot ma’lumotlari bilan hisobot davridan 6 
oydan keyin taqqoslanadi. 
4. Amaliy yaroqlilik 
4.1 Davriylik va o‘z vaqtidaligi
4.1.1 Davriylik 
Davriylik va muddatlilik maʼlumotlarni tarqatishning umumeʼtirof etgan standartlariga javob 
beradi. Minimal iste’mol xarajatlari qiymati: hisob-kitoblar respublika va hududlar bo‘yicha har 
yili amalga oshiriladi. 
4.1.2 O‘z vaqtidaligi 
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha statistik maʼlumotlarni ishlab chiqarish va yillik maʼlumotlarni 
tarqatish statistika dasturi asosida maʼlumotlarni eʼlon qilish taqvimiga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
4.2 Qiyosiylik 
4.2.1 Ichki qiyosiylik 
Yo‘q. 
4.2.2 Vaqt bo‘yicha qiyosiylik 
Yo‘q. 
4.2.3 Sektorlar va sohalar o‘rtasidagi qiyosiylik 
Sektorlar va tarmoqlar bo‘yicha muvofiqlik mavjud emas. 
4.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish
4.3.1 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish jadvali 
Yillik statistik ko‘rsatkichlar ma’lumotlar statistika dasturida nazarda tutilgan muddatlarda 
yangilanadi. 


4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni aynan shu toifasi bo‘yicha 
belgilash 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati bo‘yicha ma’lumotlar statistika dasturida belgilangan 
muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 
4.3.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqishni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha olingan 
natijalarni tarqatish 
Yo‘q. 
5. Qulayligi 
5.1 Ma’lumotlar
5.1.1 Statistik ma’lumotlarni taqdim etish 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati bo‘yicha ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy 
taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga taqdim etiladi. 
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati bo‘yicha ma’lumotlar foydalanuvchilarga Davlat statistika 
qo‘mitasining saytida 
https://stat.uz/
taqdim etiladi shunigdek yuridik va jismoniy shaxslarning 
so‘roviga asosan taqdim etiladi. 
5.1.2 Ma’lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari
5.1.2.1 Bosma shaklda – Yangi nashr 
Mavjud emas. 
5.1.2.2 Bosma shaklda – Oylik byulletenlar 
Mavjud emas. 
5.1.2.3 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar 
Mavjud emas. 
5.1.2.4 Bosma shaklda – Yillik byulletenlar 
Mavjud emas. 


5.1.2.5 Bosma shaklda – Boshqalar 
Mavjud emas. 
5.1.2.6 Elektron shaklda - Byulleten yoki nashrlar 
Mavjud emas. 
5.1.3. Ma’lumotlarni e’lon qilish jadvali 
Yo‘q. 
5.1.4 Bir vaqtning o‘zida e’lon qilish 
Yo‘q. 
5.1.5 So‘rov bo‘yicha ma’lumotlarni tarqatish 
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizom va boshqa meʼyoriy hujjatlarga 
muvofiq, statistik maʼlumotlar foydalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha belgilangan 
tartibda taqdim etib boriladi. Statistik axborotlarni tarqatish yuridik yoki jismoniy shaxslarning 
so‘rovlari bo‘yicha bosma yoki elektron jadval ko‘rinishida, tezkor axborot shaklida, shuningdek, 
tomonlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuvlarga asosan amalga oshiriladi. 
5.2 Metama’lumotlar
5.2.1 Konsepsiyalar, statistik qamrov, tasniflar, hisobga olish asoslari, ma’lumotlar 
manbasi va statistik usullar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlarni tarqatish 
Davlat statistika qo‘mitasining veb-saytining INТERAKTIV XIZMATLAR saxifasida 
USLUBIY MATERIALLAR bo‘limida, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va hisoblash 
bo‘yicha uslubiy nizomlar joylashtirilgan. 
5.3. Foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatish 
5.3.1 Aloqa bog‘lash bo‘yicha ma’lumotlarni tarqatish 
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy nashrlarda statistik maʼlumotlarni 
tayyorlash uchun masʼul xodimlar bilan aloqa bog‘lash bo‘yicha manzillar (pochta, telefon, faks, 
elektron manzillar va h.k.) ko‘rsatib qo‘yiladi. 


9. Rejalar 
9.1 Oxirgi
9.1.1 Takomillashtirish rejasi – Oxirgi takomillashtirishlar 
Statistika kuzatuvlarining vositalarini (shakllari va anketalari) takomillashtirish. 
9.2 Umumiy
9.2.1 Takomillashtirish rejasi – Qisqa muddatli 
Yo‘q. 
9.2.2 Takomillashtirish rejasi – O‘rta muddatli 
Yo‘q. 
9.3 Moliyaviy 
9.3.1 Takomillashtirish rejasi – texnik/moliyaviy ko‘makka talab – Qisqa muddatli 
Yo‘q. 
9.3.2 Takomillashtirish rejasi - texnik/moliyaviy ko‘makka talab – O‘rta muddatli 
Yo‘q. 


Aloqa bog‘lash uchun shaxs (shaxslar): 
F.I.Sh.: 
Madaminov Umid Kanjaboevich
Lavozim: 
Boshqarma boshlig‘i 
Bo‘linma: 
Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi 
boshqarmasi 
Idora: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Manzil: 
Mustaqillik 63 
Shahar/region: 
Toshkent shahri 
Mamlakat: 
O‘zbekiston Respublikasi 
Pochta indeksi: 
100170 
Telefon: mamlakat kodi/shahar 
kodi/raqam 
998 71 2028166 
Faks: mamlakat kodi/shahar 
kodi/raqam 
Elektron manzil: 
u.madaminov@stat.uz 

Yüklə 446,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə