Oʻzbekiston metallurgiya kombinati


-bob. Tanlovni tashkil etish



Yüklə 215,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü215,77 Kb.
#155323
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'zmetkombinat AJ tarkibiy bo\'linmalari va filiallaridagi bo\'sh

2-bob. Tanlovni tashkil etish
6.
Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tanlov komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga yoʻnalish rahbarining taqdimiga koʻra rahbarlar,
mutaxassislar yoki boʻlinmalar xodimlari jalb etilishi mumkin.
Tanlov komissiyasi a’zosi boʻlgan xodim boshqa lavozimga oʻtkazilganda yoki u bilan
mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ushbu lavozimni egallagan yoxud tegishli vazifalarni
bajarish zimmasiga yuklatilgan xodim komissiya tarkibiga kiritiladi.
7.
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida tanlov komissiyasi a’zolari va komissiyaga jalb
etiladigan xodimlar tanlov oʻtkazilgan kun yoki bir kun avval taklif etiladi.
8.
Tanlov oʻtkaziladigan vakansiyaning xususiyatiga qarab, tanlov jarayoniga holis
kuzatuvchilar ham jalb qilinishi mumkin.
9.
Tanlov xodimlarni boshqarish departamenti xodimlar bilan ishlash boshqarmasi kadrlarni
tanlash boʻlimi tomonidan tashkil etiladi va ushbu boʻlimning boshligʻi yoki xodimlaridan biri
tanlov komissiyasi tarkibiga mas’ul kotib sifatida kiritiladi.


10.
Nomzod tanlovda ishtirok etishi uchun oʻz rezyume va hujjatlarini kombinatning
my.uzbeksteel.uz
yoki
resume.uzbeksteel.uz
saytiga elektron shaklida yuborishlari shart.
Nomzod tomonidan rezyume toʻldirishda yolgʻon ma’lumot berilgan, hujjatlari sohta yoki umuman
yoʻq ekanligining aniqlanishi, nomzodning tanlovdan chetlatilishi uchun asos hisoblanadi.
11.
Kadrlarni tanlash boʻlimi, xodimlar malakasini baholash, o’qitish va rivojlantirish
boshqarmasi hamda korporativ havfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti xodimlari bilan
birgalikda tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni
mutaxassisliklari va boshqa jihatlari boʻyicha oʻrganib chiqadi. Nomzodlar, oʻzlari taqdim qilgan
ma’lumotlari boʻyicha barcha belgilangan talablarga muvofiq saralab olinadilar va birinchi
bosqichda kadrlarni tanlash boʻlimi tomonidan tashkil etilgan test sinoviga chaqiriladi. Testdan
muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ikkinchi bosqichda suhbat tashkil etiladi. Tanlov
komissiyasining xulosasiga koʻra suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan deb topilgan nomzodlar, boʻsh
ish oʻrnining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ish beruvchining tashabbusiga koʻra amaliy
sinovga yuborilishi mumkin boʻladi. Ikkinchi bosqich natijalari amaliyot/suhbat varaqasida (2-
ilova) aks ettiriladi. Tanlov komissiyasining yakuniy xulosasi tanlov bayonnomasi (3-ilova) bilan
rasmiylashtirilib, komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan
tanlov bayonnomasi nomzod bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga asos boʻladi.
12.
Tanlov quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisidagi e’lon kombinatning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalarida tanlov oʻtkazilishidan kamida 10 (oʻn) kun oldin beriladi. Koʻrsatilgan boʻsh ish
oʻrniga kamida 2 (ikki) nafar nomzod rezyume yuborgandan keyingina tanlovning birinchi bosqichi
oʻtkazilishi mumkin;
- nomzodlarning

Yüklə 215,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə