Ot so‘z turkumi Otlarning aloqa munosabat kategoriyalari Reja: Otning ma’no guruhlari. Otning grammatik kategoriyalari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/3
tarix19.04.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106235
1   2   3
OT SO\'Z TURKUMI

2. Otning grammatik kategoriyalari

  • 2. Otning grammatik kategoriyalari
  • Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
  • Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi.
  • Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar son kategoriyasini tashkil etadi.
  • Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.
  • Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob - kitoblar, qalam - qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida ishlatilishi mumkin.
  • O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, o‘qituvchilik) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə