O’sma kasalliklarining kelib chiqish sabablari va oldini olish oʻsmalar


Xavfli o‘sma kasalliklarini klinik belgilari va erta aniqlash usullari



Yüklə 65,53 Kb.
səhifə2/5
tarix06.06.2023
ölçüsü65,53 Kb.
#115749
1   2   3   4   5
O’SMA KASALLIKLARINING KELIB CHIQISH

Xavfli o‘sma kasalliklarini klinik belgilari va erta aniqlash usullari
Dunyo bo‘yicha barcha davlatlarda onkologik kasalliklarning o‘sishi kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda o‘lim ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib borayotgani sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri o‘sma kasalliklarining o‘tib ketgan bosqichlarda aniqlanishi, yashirin kechishi va erta bosqichda aniqlanmasligidir.
Har yili dunyo bo‘yicha 14 milliondan ortiq kishida onkologik kasallik turlari aniqlanadi, o‘lim ko‘rsatkichi esa 8 millionga yaqin kishini tashkil qiladi. Onkologik kasalliklar ichida eng ko‘p uchraydigan turlari – o‘pka, sut bezi, to‘g‘ri va ko‘ndalang chambar ichak, me’da, teri, jigar va prostata bezi saratonlaridir.

Oxirgi yillarda tuxumdon, sut bezi, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari, bosh miya, buyrak, siydik qopi o‘smalarining ko‘payishi kuzatilmoqda. Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklari 2,5-3 foizni (umumiy kasalliklar strukturasida) tashkil qiladi. Onkologik kasalliklarni barvaqt bosqichlarda aniqlash imkoniyati haligacha yaratilmagan, bu esa o‘lim ko‘rsatkichi o‘sishiga olib kelmoqda. Kasallikni erta aniqlashda uning dastlabki belgilari (simptomlari)ga e’tibor berish kerak.
Kasallik rivojlanishida klinik belgilar muhim axamiyatga ega. O‘sma jarayoni uzoq yillar rivojlanishini inobatga oladigan bo‘lsak, (10-20 yilgacha) va u 80 foiz bemorning to‘qimalarida o‘smaoldi o‘zgarishi yoki o‘smaoldi kasalliklaridan keyin rivojlanishi mumkin. Shuning uchun o‘sma kasalliklarining o‘ziga xos belgilari kuzatilmaydi, bo‘lsa ham uni ilg‘ab olish qiyin. Bundan tashqari, har bir a’zoning o‘ziga yarasha o‘smaoldi kasaliklari mavjud bo‘lib, ma’lum bir klinik ko‘rinishga egadir.
Xavfli o‘smaning rivojlanishi har bir a’zoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Organizmdagi o‘smaoldi kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlab, uni davolash uning rivojlanishini bartaraf qiladi. O‘smaoldi kasalliklariga tug‘ma anomaliyalar, surunkali o‘zgarishlar, uzoq vaqtdan buyon bitmayotgan yaralar, oqmalar, jarohatdan keyingi o‘zgarishlar, xavfsiz o‘smalar, to‘qimalardagi giperplastik va o‘smaoldi o‘zgarishlari kiradi.

Yüklə 65,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə