Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

“52-modda.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir”
6
. Burch manbaini, asosini 
ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida namoyon bo‘ladi. 
Demak, burchni anglash degani axloqli, tarbiyali, odobli, to‘g‘ri, mehnatsevar
vijdonli, xalqparvarlik hamdir. Boshqacharoq qilib aytganda burch va mas’uliyat bu - 
axloq-odobli bo‘lishdan tashqari Vatanga sodiqlik, Vatan yo‘lida fidokorona mehnat 
qilish, o‘qish va shu yo‘l bilan davlat va jamiyatni taraqqiyotga olib chiqish. Burch va 
5
Золотухина - Аболина Е.В. Курс лекций по этике: Ростов на Дону: «Феникс». 1999, стр. 78. 
6
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., O‘zbekiston, 2014, 8-bet. 


26 
mas’uliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa Vatan va xalq oldidagi burch va 
mas’uliyatni chuqur tushunib unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi. 
Kamtarlik. 
Kamtarlik bu – avvalo, o‘z–o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, 
ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. 
Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, 
kishilar bilan shunchalik sodda va kamtarlik bilan muomala qiladi, o‘z ishlariga va 
harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. O‘zgalarga shirinso‘z bo‘ladi, 
boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, soxta shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan 
esankiramaydi.
Kamtarinlik Arastuning fikricha: “uyatsizlik va tortinchoqlik o‘rtasidagi 
xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap so‘zlarida ko‘rinadi. Uyatsiz, 
shaloq odam hammaga, har qanday vaziyatda har narsani gapiraveradi. Tortinchoq 
odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur ishni bajarishga ham jur’ati 
yetishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam kabi, har vaqt, har yerda, har qanday 
gapni aytavermaydi; va o‘ta tortinchoq odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga 
jur’atsizlik ham qilmaydi”
7

Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan farq qiladiki, ular insonning qadr-
qimmatini tushirib qo‘yish ehtimoli bor. Kamtarlik xokisorlik va samimiylikdan kelib 
chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson 
ichki ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rgan, odobli 
kishini uning kamtarligidan ham bilib olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida 
eng e’zozlisi kamtarlikdir. Kamtarlikning qarama-qarshi tomoni takabburlikdir. 
Ularning biri insonni insonga yaqinlashtiradi, ikkinchisi esa uni odamlardan 
uzoqlashtiradi. Xitoy maqoliga ko‘ra “dono bo‘lmay turib, kamtar bo‘lish mumkin, 
ammo kamtar bo‘lmay turib dono bo‘lish qiyin”.
Vijdon 
etikaning nihoyatda ta’sir doirasi keng kategoriyalaridan biridir. U 
insonning o‘z faoliyati, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ruhiy tahlil eta olish 
imkoniyatidir. Inson ma’naviyatining kuchi, qudrati ham, o‘z qilmishiga o‘zi 
xolisona baho bera olish darajasi bilan belgilanadi. Vijdon, Zigmund Froyd ta’biri 
bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi 
ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga 
bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon 
etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat 
ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan 
o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi bu - oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, 
odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi. Uni qondirmas ekansiz, hech 
qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘i – 
7
Аrastu. Poetika. Аxloqi Kabir. –Тoshkent: Yangi asr avlodi, 2004. – 128 b. 


27 
aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi 
qismidan yuz, balki ming barobar kichik. 
Арасту. Поэтика. Ахлоқи Кабир. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. – 128 б
Birinchi Prezident I.A.Karimov ham vijdonga shunday baho beradi: “Vijdon 
pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining ustunlaridan biri 
bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat 
kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o‘rni va ta’siri 
beqiyosdir”
8
.Vijdon – shahsning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy tahlil 
imkoniyatidir. Lekin shahsning vijdoni umuminsoniy, milliy, ma’naviy qadriyatlar 
zaminida shakllanadi, uning o‘ziga xos ehtiyoji va manfaatlari, dunyoqarashi va 
madaniyati hamda ma’naviy kamoloti darajasi bilan aralashib, faoliyatiga baho 
berishga imkon yaratadigan ruhiy mezonga aylanadi. Shu sababli vijdonlilik darajasi 
hammada bir xil bo‘lishi mumkin emas. Vijdon asosida o‘z qilmishimizgagina emas, 
balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea va hodisalar va ijtimoiy vaziyatga 
ham baho beramiz.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə