O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
1   2   3   4   5   6   7   8   9



Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

O’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuzaga keluvchi kamchiliklar


Dilnozaning matematika fanini o’zlashtirishda qiynalayotganligi, Mohiraning parishanxotirligi, Sevarada muloqatchanlik ko’nikmalarini rivojlanmaganligi


Matematika fanni bo’yicha individual darslar tashkil qilish, bilish jarayonlarini rivojlantirish,


O’qituvchining jarayoni tashkil qilishda qo’llagan uslubi

Ota-onalarning o’quv jarayondagi ahamiyati

O’quvchilar ta’lim-tarbiyasida doimo ota-onalarni jalb qilish

Ota-onalar yig’ishlarining ahamiyati

Ota-onalar yig’ilishlarini o’tkazishda no’anaviylik

O’qituvchi ota-onalar yig’lishida yangicha uslubni to’g’ri tashkil qilgan va ota-onalarga farzandlari haqida ma’lumot bergan.

O’quvchilarning psixologik holati

O’quvchilarning ruhiy holatining o’quv jarayonga ta’siri

Har qanday jarayonda o’quvchilarning ruhiy holatini e’tiborga olish lozim.



(5-ilova)

Mavzu: Sinf jamoasini tashkil qilish va uni tarbiyalash metodikasi

(Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani)



Rezyume

O’quv jarayonida “Keys-stadi” texnologiyasi qo’llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo’lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o’rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo’yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo’yadilar.



Maqsad: sinf jamoasini shakllantirishda sinf rahbarining o’ziga xos xususiyatlari, ota-onalar bilan hamkorlik aloqalari, tashkilotchilik qobiliyatlari juda muhimdir, talabalarda bu kabi xislatlarni tarkib toptirish va talabalarga sinf jamoasini tashkil qilish va jamoani tarbiyalash jarayoni haqida ma’lumotlar berish, ularni sinf jamoalarini tashkil qilishga o’rgatish, oldindan yuzaga keladigan vaziyatlarga tayyorlashdan iborat.

Mashg’ulotning turi: amaliy

Mashg’ulotda qo’llaniladigan innovatsion texnologiya : “Aqliy hujum”

Mashg’ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so’rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: sinf jamoasi, sinf rahbar, tashkilotchilik, ota-onalar bilan hamkorlik.



Vaziyat

6-sinf o’quvchisi kundaligini yo’qotib qo’ydi. Unda ikki nafar fan o’qituvchisining va unga nisbatan sinf rahbarining quydagicha so’zlari bor edi:

“Darsda juda yomon o’tirganligi, xulqi uchun yomon baho qo’yildi, o’rtoqlarining dars tinglashiga xalqit berdi. O’qituvchiga gap qaytardi, tartibga chaqirib qo’ying”. “Sinf rahbarini va sinf jamoasini hurmat qilmaydi va tan olmaydi. Yaqin o’rtoqlar orasiga sovuqchilik solidi. Chora ko’rishingizni so’rayman!”

1.Vaziyatni baholang:

a) Sinf rahbari va o’quvchi tomonidan kundaligiga o’sha yozuv yozilgan 6-sinf o’quvchisi tomonidan turib;

b) O’qituvchilar tomonidan turib;

d) Sinf rahbari tomonidan turib;

e) O’quvchi ota-onasi tomonidan turib;

2. Sinf rahbari ota-onalar tomonidan ko’riladigan qanday choralarga umid bog’layapti?

3. O’quvchi kundaligining vazifasi nimada deb bilasiz?

4. O’quvchini jamoani faol a’zosiga aylantirishi uchun nimalar qilish kerak?

5. Sizningcha jamoa o’zi avvaldan yaxshi tashkil qilinganmi?

( O’. Asqarova. “ Pedagogika amaliy mashqlar va masalalar”)

Mashg’ulotning borishi


Ish bos-qichlari va maz-muni

O’qituvchining faoliyati

Talabalar faoliyati

Kutilayotgan natijalar

1-bosqich

10 daqiqa

Tayyorlov


Talabalar 4-6 kishidan iborat kichik jamoalarga birlashadilar. Jamoa ichida har bir talabaning

Faoliyati tashkil qilinadi,

ya’ni lider va guruhning boshqa a’zolarini vazifalari belgilab olinadi, kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, faoliyat uchun ajratilgan vaqt hajmini aniqlaydi.

O’qituvchi talabalarga fikrlarini qayd qilib borishlari uchun vatman qog’ozi, markerlarni tarqatadi. Talabalar orasidan ikki kishidan iborat ekspertlar guruhi belgilanadi.



Talabalar mashg’ulot mavzusini hamda bosqichlari, qoidalari kutilayotgan natijalarni aniq tushunib oladilar.

Kichik jamoa ichida faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar.



Talabalarda mashg’ulotga nisbatan kuchli qiziqish shakllanadi, ular hamkorligida ta’limiy faoliyatga tayyor bo’ladilar

2-bosqich

10 daqiqa

Kirish


Har bir kichik jamoaga vaziyatlarning yozma variyatlari tarqatiladi.

O’qituvchi tahlil qilinishi kutilayotgan vaziyat mazmuni bilan jamoa a’zolarini batafsil tanishtiradi, uning muammolilik jihatlariga talabalar e’tiborini qaratadi masalaning ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini yoritib beradi, o’quv topshirig’ini batafsil tushuntiradi. O’qituvchi vaziyat tahlili bo’yicha ishni boshlash to’g’risida buyruq beradi.



Talabalar mashg’ulotda tahlil qilinishi kerak bo’lgan vaziyatlarning yozma matnlarini qabul qilib oladilar, uning mazmuni bilan tanishadilar, tushunmovchiliklar yuzaga kelsa o’qituvchiga savollar berib, aniqlashtirib oladilar.

Talabalar mavzuning dolzarbligini, amaliy ahamiyatini tushunib etadilar. Ular ilmiy mushohada yuritishni, muammoni keng qamrovda mantiqiy jihatdan tahlil qilishni o’rganadilar. Masalaga nisbatan shaxsiy fikr tarkib topadi.

3-bosqich.

Vaziyat tahlili

25 daqiqa


Talabalar faoliyatini kuzatadi, barchaning ta’limiy jarayoniga jalb qilinganligiga e’tibor qaratadi, zarur hollarda talabalarga yordam keladi.

Talabalar muammoli vaziyatning kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillarni ko’rsatadilar, oqibatini tahlil qiladilar, pedagogik vaziyatda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlaydilar. O’z xulosalarni aniq ilmiy va amaliy dalillar bilan asoslaydilar.

Talabalar o’zlari chiqargan xulosalarini tahlil qilib eng to’g’ri deb topganlarini vatman qog’oziga yozib oladilar.



Talabalarda mashg`ulotda muhokamaga qo`yilgan muammo yuzasidan shaxsiy fikr,munosabat yuzaga keladi,ular nazariy darslarda o`rgangan bilimlari,shuningdek,ilmiy-nazariy manbalarni, hamda amaliy faoliyat jarayonini mustaqil tahlil qilish davomida to`plangan ma`lumotlari asosida mantiqiy fikrlaydilar,ularda pedagogik muloqat madaniyati, pedagogik odob,o`qituvchining obro`si va uni shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillar,o`quvchi kelajagi uchun ma`suliyat,uning shaxsini xurmat qilish,ta`lim jarayonida insonparvarlik, o`quvchi shaxsini shakllantiradi ijobiylikka tayanish kabi tushunchalar tarkib topadi.

4-bosqich.25 daqiqa.muhokama.

O`qtituvchi o`quv topshirig`ining bajarilganligini tekshirish uchun har jamoadan bittadan vakilni o`rtaga taklif qiladi.

Talabalar jamoalarida o’z nuqtai-nazarlarini asoslaydilar. Buning uchun ular ilmiy-nazariy va amaliy ma’lumotlarni keltiradilar, vaziyat haqida fikrlarini bildiradilar. Ular sinf jamoasini, o’quvchi xulq atvorini, sinf rahbari faoliyatini tahlil qiladilar. Nima uchun tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf jamoasi, sinf rahbar faoliyati to’g’ri tashkil qilish kerakligini asoslab beradilar. Shuningdek vaziyatni muvaffaqiyatini ta’minlash uchun ijobiy yechimlarni keltiradilar.


Talabalarning pedagogik keskinliklarni oldini olish, vaziyatni aniq tashkil qilish ko’nikmalari, dars va uning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari to’g’risidagi tushunchalari kengayadi.

Keltirilgan manbalar orqali ma’lumot to’plash, tahlil qilish va shu asosda o’z nuqtai-nazarini shakllantirish, fikrlarni aniq dalillar bilan asoslashni o’rganadilar. Ta’rbiyaviy ishlarni tashkil qilish haqidagi bilimlari amaliy jihatdan mustahkamlanadi.



5-bosqich.

Yakun



O’qituvchi talabalar faoliyatini baholaydi, xato kamchiliklar, shuningdek, qo’lga kiritilgan yutuqlar to’g’risida o’z fikrlarini bildiradi, noaniqliklarni tushuntiradi. Talabalarga o’z-o’zini baholash uchun imkoniyat yaratadi

Talabalar bir-birlarining yutuq va kamchiliklarini xolisona ko’rsatadilar.

Mashg’ulotning tashkil qilinishi bo’yicha taklif va xulosalarini bildiradilar.




Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari mustahkamlanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda maktab, oila, maxalla hamkorliklarini mazmun mohiyatini tushunadilar, natijada nazariya amaliyot bilan bog’lanadi.

Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

O’quvchilar jamoasi

O’quvchilar jamoasi kelishmovchiliklar, jamoadoshlarni mensimaslik


O’quvchilar jamoasini ijobiy tomonga o’zgartirish,jamoaviy birdamlik tushunchalarini shakllantirish.


Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar

O’qituvchilarning, o’quvchilar bilan munosabati shakllanmaganligi.


O’qituvchilar jamoasi o’quvchilarni o’z fanlariga nisbatan ijobiy munosabati uyg’otishi lozim


O’quvchilarning psixologik holati


O’quvchilarda yosh xusiyatlaridagi o’zgarishlar

O’qituvchilar o’quvchilarning psixologik holatlarini e’tiborga olishi kerak


(6-ilova)

Mavzu: O`quvchilarni madaniy hulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar

(Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani)



Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Maqsad: O`quvchilarga odob-axloq haqida tushuncha berish, madaniy hulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtirish va mashg`ulot orqali o`quvchilarda salomlashish, so`zlashish odobi, ota-ona, aka-uka, opa-singillarga, birodarlariga muloqat qilish odobini o‘rgatish. Dasturxon atrofida o`zini tutish ko`nikmalarini tarkib toptirish. Orastalik insoniy fazilat ekanligi, odamlarning kiyimi, sochi, umuman tashqi qiyofasi, har tomonlama tartibli kiyinish, o`zini tutish, tartibli olib yurish, uy-joylarni, maktab, sinf xonalarini, o`quv qurollarini saranjom-sarishta tutish malakalarini singdirish. O`quvchilarda madaniy hulq-atvor ko`nikmalarini tarkib toptirishda xalq ijodining mahsuli afsona, ertak, maqol, rivoyat va hikoyatlardan unumli foydalanishdan iborat.

Mashg‘ulotning turi: amaliy

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya : Keys-stadi

Mashg‘ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so‘rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: odob-axloq haqida tushuncha, madaniy hulq-atvor,orastalik.

Tayanch o‘quv materiali:

O‘quv topshirig‘i:

  1. Ushbu vaziyatni o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni tahlil qiling va unda ko‘rsatilgan muammoga nisbatan o‘z fikrlaringizni bildiring.

  3. Muammoni keltirib chiqaruvchi sabablarni ko‘rsating.

  4. Uni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildiring

Vaziyat

Sharifa opa 7 ”a” sinf rahbari hozirda uni o‘quvchilarining odob-axloqi juda tashvishlantiriyapti. Sinf jamoasi aslida ahil-inoq ko‘rinadi, ammo yaqindan tanishsagiz sinfdan norozi holatda chiqasiz.Kecha Sharifa opa kasbdoshlaridan o‘quvchilari haqida salbiy fikrlar eshitdi. Sharifa opa o‘ylangancha kechagi gaplarni hayolidan o‘tkazardi:

-Nodiringiz bilmayman qanday bola, koridorda uchratib qolsangiz salom berishga aqlli yetmaydi. Hechnima bilmagan, ko‘rmaganday yoningdan o‘tib ketaveradi. Kiyimlariga onasi qaramasmikan hamisha kir, g‘ijim bo‘lib yuradi.-dedi o‘quvchidan nolib adabiyot o‘qituvchisi Sojida.

- Ey Nodirni qo‘ying,-deb gapga aralashdi biologiya o‘qituvchisi Munira- Jamolchi na o‘qituvchilarni hurmat qiladi, na sinfdoshlarini, darsda qachon qarama bir nimalarni muhokamaga qo‘yib janjal chiqaradi.Gapirganda baqirib gapiradi, shovqinidan boshing og‘rib ketadi, sening “qo‘y o‘tir, shovqin solma” degan gaping qulog‘iga ham yetib bormaydi.

- Sharifa opa xafa bo‘lmang-u qizlaringiz axloq-odob, madaniyat nimaligini bilishmaydi. Darsda saqis shamillatib yuzinga tik qarab o‘tirishadi, ko‘plari telefon o‘ynab darsga halaqit berishadi, bizni davrlarimizda qizlar, og‘il bolalardan uyalishardi, bularda na uyat bor, na tortinish, tavba, tavba…-deya matematika o‘qituvchisi Manzura opa norozi holda gapirardi.

Sharifa opa mum tishlagancha o‘qituvchilarning sinfi haqidagi salbiy fikrlarni eshitdi. Ayni paytda nima qilsam ekan degan savol uni o‘ylantirardi. “Sinfim bilan muloqatga kirishish o‘zim uchun muammo bo‘lib turganda, bu e’tirozlar ham kelib qo‘shildi” deya muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini izlardi.

(Hayotiy voqea)

Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ishni tashkil qilish bosqichlari va maslahat va tavsiyalar:

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.

1. Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar nima sababdan yuzaga kelgan?

2. Sizningcha namunaviy o‘quvchi qiyofasi qanday bo‘lishi lozim va siz uni qanday tasavvur qilasiz?

3. Bu tariqa o‘qituvchilarning noroziligini asosli va to‘g‘ri deb bilasizmi?

ta’lim me’yorlariga to‘g‘ri keladimi?

4.Sizningcha nima qilsa o‘quvchilarning xulq-atvori, ozodaligi, muloqat madaniyati ijobiy tomonga o‘zgaradi?

5.Agar siz shu sinfning sinf rahbari bo‘lib qolsangiz nima qilardingiz yoki fan o‘qituvchilari?

6.Nafosat tarbiyasi deganda nimani tushunasiz va qanday qilib buni o‘quvchilar ongida rivojlantirasiz?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:

d) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

e) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

f) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.



Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

O’quvchilar tarbiyasidagi holatlar

O’quvchilar hulq atvorida axloq normalarining buzilishi

O’quvchilar hulq-atvor ko’nikmalarini rivojlantirish

Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar

O’qituvchilarning, o’quvchilar bilan munosabati shakllanmaganligi.


O’qituvchilar jamoasi o’quvchilarni o’z fanlariga nisbatan ijobiy munosabati uyg’otishi lozim


O’quvchilarning psixologik holati


O’quvchilarda yosh xusiyatlaridagi o’zgarishlar

O’qituvchilar o’quvchilarning psixologik holatlarini e’tiborga olishi kerak


(7-ilova)

Mavzu :KUG larda sport-sog`lomlashtirish mashg`ulotlari

(Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani)



Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Maqsad: Jismoniy sog`lomlashtirish ishlari va uning barkamol shaхs tarbiyasidagi o`rnini, O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining jismoniy tarbiya va sport ishlarining ommaviyligini oshirish haqidagi ko`rsatmalarini, sinf va maktabdan tashqari jismoniy sog`lomlashtirish faoliyatini, maktab, oila, jamoa tashkilotlari va tarbiyaviy joyda aloqasi bo`lgan barcha shaxslarning hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etish jarayonlaridan kelib chiqib o‘quvchilarning dars soatlari, mashg‘ulotlarida salomatlik daqiqalari (soati), harakat uchun tanaffus, sayr qilish, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog`lomlashtirish lagеrlari, turistik sayohat, bolalar dam olish bog`ida, yashab turgan hududida, sport sеksiyalarida tashkil qilishga o‘rgatish, ularni bu faoliyatlar bilan tanishtirish.

Shuningdek bo‘lg‘usi mutaxassislarga Vatanimiz sha`nini munosib himoya qila oladigan sog`lom, baquvvat, irodali, chiniqqan yosh avlodni tarbiyalashda harakatli o`yinlar, sport musobaqalari va yozgi sog`lomlashtirish ishlarini o‘rni katta ekanligini tushuntirish, faoliyatlarida qo‘llashga o‘rgatish.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya : Keys-stadi

Mashg‘ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so‘rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: jismoniy tarbiya bayramlari, sog`lomlashtirish lagеrlari, turistik sayohat,sport sеksiyalari.



Tayanch o‘quv materiali:

O‘quv topshirig‘i:

  1. Ushbu vaziyatni o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni tahlil qiling va unda ko‘rsatilgan muammoga nisbatan o‘z fikrlaringizni bildiring.

  3. Muammoni keltirib chiqaruvchi sabablarni ko‘rsating.

  4. Uni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildiring

Vaziyat

Bahor kelib havo harorati o‘zgardi, o‘quvchilar ham bahor havosidanmi ancha tetiklashish o‘rniga erinchoq, o‘ychan bo‘lib qolishdi. Kunlar ham uzayganidanmi ko‘pchilik o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari ko‘payib qoldi.

Anvar va uning sinfdoshlarining o‘zlashtirishlari ancha pasaygandi, ular o‘zlarini majburlasalarda ko‘ngildagidek dars tayyorlashmayaptilar, o‘zlarini behol, charchagan his qilishayapti. Fan o‘qituvchilarining ham shashti past, maktab jamoasi tushkun bir kayfiyatda yurardilar. Maktab psixologining aytishicha sinf o‘quvchilari aniq fanlar o‘qib to‘liqishgan bundan esa miya faoliyati charchagan. Psixolog o‘quvchilar faoliyatni o‘zgartirishni maslahat berdi.

(Hayotiy voqea)



Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ishni tashkil qilish bosqichlari va maslahat va tavsiyalar:

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.

1. Bahor fasli kirib kelganida insonlar organizmida qanday fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi?

2. Nima uchun sinf o‘quvchilarning fanlarga nisbatan qiziqishini susaygan dep o’ylaysiz?

3. Maktab psixologining tashxis natijalari haqida fikr bildiring?

6. Voqealarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

7. Jamoadoshlaringiz bilan sinfni holati o‘zgartirish rejasini tuzib chiqing?

8. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat bog‘liqligi nimada?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

s) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.

Muammoli vaziyat jadvali


Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

Sinfdan tashqari mashg’ulotlar

Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tashkil qilmaganligi

O’quvchilar bilan birgalikda dam olish kunlari, bayramlarni maroqli o’tkazish rejalarini tuzish

O’quvchilarning tushkun kayfiyatining o’quv jarayoniga ta’siri


O’quvchilar jamosining ruhan tushkunligi

O’quvchilar bilan turli davra suhbatlari o’tkazish, maktab psixologi bilan uchrashuvlar tashkil qilish

O’quvchilarning psixologik holati

Charchash, toliqish, bir jarayondan zerikish holatlarining yuzaga kelishi

Aqli va jismoniy mehnatni teng olib borish

Turli madaniy-marifiy tadbirlarning kamligi

Maktab jamoasi tomonidan ko’ngil ochar tadbirlarning tashkil qilinmaganligi.

Turli-hil madaniy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə