O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari


O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar

1. Talabalar kasbiy jarayonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha eng to‘g‘ri va ta’sirchan qarorlarni qabul qilishni o‘rganadilar.

2. Talabalarning kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammolarini har tomonlama chuqur o‘rganish, asosli xulosalar qilish malakalari rivojlanadi.

3. Ularda muammoni hal qilishga ilmiy yondashish ko‘nikmalari shakllanadi.

4. Talabalar turli manbalar ustida mustaqil tahliliy faoliyatlarni tashkil qilishni o‘rganadilar. Manbalar tahlili davomida o‘zlarining shaxsiy fikr va xulosalarini shakllantiradilar.

5. Muammoni keng qamrovda, unga ta’sir qiluvchi barcha omillarini e’tiborga olib, atroflicha o‘rganish lozimligini bilib oladilar.

6. Talabalarning sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha malakalari tarkib topadi.

7. Talabalarning hamkorlikda sermahsul faoliyat yuritish malakalari, istiqbolli natijalar yo‘lida aqliy-intellektual imkoniyatlarini birlashtirish, mas’uliyatlilik, ijtimoiy faollik, muloqatchanlik, moslashuvchanlik, pedagogik mas’uliyat kabi sifatlari tarbiyalanadi.

8. Talabalar keng mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar, ularning dunyoqarashi kengayadi, kasbiy axloq meyorlari to‘g‘risidagi tushunchalari tarkib topadi, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlarni to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rganadilar.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar quydagi bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:



Talaba bilishi kerak: o‘quvchilar jamoasi, jamoa ichida ishni tashkil qilish, o‘qituvchining pedagogik muloqat uslublari, sinf rahbarining ish uslublari, ota-onalar bilan hamkorlik uslublarini.

Talaba amalga oshirish kerak: mavzuni mustaqil o‘rganadi, muammoning mohiyatini aniq tushunib oladi, uning kasbiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatlilik jihatlarini belgilab oladi, o‘z shaxsiy tanqidiy fikrlarga ega bo‘lib, mantiqiy xulosalar qilishi, ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalar ustida mustaqil ishlashi va natijalarini umumlashtirishi lozim.

Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash, mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak.

Turi va manbalaridan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Keys ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib, muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishni nazarda tutadi.

Ushbu keysdan pedagogika fani bo‘yicha amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

Dars jarayonida quyidagi muammoli vazifatdan foydalanish tavsiya qilinadi. Muammoli vaziyatda shaxsning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi turli hil muhitlar ko‘rsatilgan. Talabalar vaziyatni yechish orqali shaxs ta’lim-tarbiyasida nimalarga e’tibor berish lozimligini tahlil qiladilar va yakuniy yechimlarni ishlab chiqadilar.

Vaziyat

Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda.

O‘quvchi ko‘p vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo‘pol, o‘yinqoroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab oshxonasida yuradi. So‘rmasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti.

Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning gaplariga quyidagicha javob beradi:

-Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim juda ham mas’uliyatli ish! O‘g‘lim bilan shug‘ullanishga mening hech vaqtim yo‘q. Onasining ham ishlari ko‘p. Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun kerakli narsalarni olib berayapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, tarbiyalaysizlar ! Bu sizning vazifangiz emasmi?

Pedagog, oila bilan maktab hamkorligida ish olib borsagina tarbiya samara berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi:



  • Nima ish qilish kerak bo‘lsa, oilaga bo‘g‘liq bo‘lgan ishlarning hammasini qilyapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo‘ydim, kutubxonamiz mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor.

Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o‘g‘lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi.

( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan

amaliy mashqlar va masalalar”)

Pedagogika faninida keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda talabalarni quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar bilan tanishtirish lozim.

Keys-stadi texnologiyasida vaziyatni hal qilishda, talabalar vaziyatni tashkil qilish bosqichlarini navbatma-navbat bosib o‘tishlari lozim va ularga quydagi ko‘rsatmalar beriladi.


  1. Keys bilan tanishish:

  1. Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

  2. Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

  1. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

  1. Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

  3. Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

  1. Muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi

  1. Vaziyat qachon, qanday holatda sodir bo‘ldi?

  2. Sinf rahbari harakat motivlarini tahlil qilish?

  3. O‘quvchi harakat motivlarini tahlil qiling ?

  4. Ota-onaning harakat motivlarini tahlil qiling?

  5. Muammoni asosiy keltirib chiqaruvchi sabablar nimada deb hisoblaysiz ?

  6. Qanday qilib keskin pedagogik vaziyatni oldini olish mumkin edi ?

  7. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

  8. Vaziyatning yechimini taklif qiling ?

  1. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash uchun talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.

  1. Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish;

  2. Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qilish;

  3. Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlash;

“Shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasi” mavzusida o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash talabalarda darsga bo‘lgan qiziqish uyg’otadi, ularni ijodiy fikrlashga, qarorlar qabul qilishga, mavzu yuzasidan bilimlarni boyitishga, amaliy jarayonda mustaqil qo‘llashga o‘rgatadi.

Dars ishlanmasi (2- ilovada) keltirigan

“O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi (3-ilovada) keltirilgan.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Maktab, oila va mahalla hamkorligi” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasini qo‘llash.



Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Keysning asosiy maqsadi talabalarga maktab, oila, mahala hamkorligi, tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligini vaziyat asosida ko‘rsatib berish, shuningdek ta’lim- tarbiya jarayoning to‘g‘ri tashkil qilinishida, sinf rahbar va ota-onalar hamkorligi zarurligini ko‘rsatib berish. Ta’lim- tarbiya jarayoni bir tomonlama olib boriladigan jarayon emasligini, unda ijtimoiy muhitning barcha qatlamlari ishtirok qilsa samara berishini talaba ongiga sindirishdam iborat.

Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda mavzuga tegishli quyidagi muammoli vaziyat qo‘llaniladi.



Vaziyat

6-sinf ota-onalar majlisida o‘qituvchi har qaysi ota-onani o‘z farzandi o‘tiradigan partada o‘tirishini taklif qildi. U har qaysi ota-onaning oldiga o‘z bolasining daftari va buklangan qog‘ozni partaga qo‘yib chiqdi. Buklangan qog‘ozda faqatgina ota-onaga tegishli yozuv bor edi. Masalan:

“Dilnozada ancha o‘zgarishlar bor, yaxshi o‘qiyapti, biroq matematikadan biroz qiynaliyapti. Shu fandan qo‘shimcha darsga borsin. Iltimos, dushanba kuni soat 13;00 da kelsangiz matematika fani o‘qituvchisi bilan maslahatlashib olasiz”.

“Mohira parishonxotir, hamma narsaga e’tiborsiz, fanlarni o‘zlashtirishga harakat qilyapti. Suhbatlashish uchun qolishingizni so‘rayman”.

“Sevara juda harakatchan, lekin so‘zlab berishda qiynaladi. Fikrlashiga, nutqiga e’tibor berish kerak”.

“Anvarning o‘qishlari pasayib ketdi, musiqaga qiziqadi, qizlarga qarab faqat qo‘shiq aytadi. Iste’dodi haqida o‘ylab ko‘rish kerak”.

O‘qituvchi ota-onalarning har biriga farzandlarining xulq-atvori yozilgan qog‘ozlarni berib chiqdi. Sinfidagi ko‘pchilik o‘quvchilarida yuqoridagi kabi ta’limiy-tarbiyaviy kamchilik bor edi.

( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar”)

Talabalar vaziyat bilan tanishtirilgandan keyin ularga quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

a) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

s) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Talabalar muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topadilar.

1. Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar nima sababdan yuzaga kelgan?

2. Sizningcha sinf rahbarining bu kabi yozuvlariga qanday qaraysiz?

3. O‘qituvchi bu usulni nima maqsadda ishlatdi?

4. Bu usulni siz ham pedagogik faolliyatingizda qo‘llarmidingiz?

5. Ota-onalar o‘rnida nima qilardingiz?

6. O‘quvchilarda yuzaga keluvchi muammolarni qanday hal qilsa bo‘ladi?

7. Ota-onalar yig’ilishlarining ta’lim –tarbiya tizimida ahamiyati hozirda qanday yo‘lga qo‘yilmoqda.

8. O‘quvchilarda ko‘rsatilgan muammolarni qanday hal qilish mumkin

9. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslashda talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganish va muqobil variyatlarni tahlil qilish.

c) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.

O‘quvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiya olishida ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlari juda muhimdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy maqsad va vazifalaridan biri ham shundadir, ota-onalar bilan o‘tkaziladigan yig’ilishlar, individual suhbatlar, turli -hil tadbirlar, ularni maktab bilan bilan bog’lab turadi. Bunda sinf rahbar faoliyati juda muhimdir. Keysda ko‘rsatilgan muammoli vaziyat orqali yuqoridagi vazifalar tahlil qilindi.

Dars ishlanmasi (4- ilovada) keltirigan

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Sinf jamoasini tashkil qilishva uni tarbiyalash metodikasi” mavzusisi asosida keys-stadi texnologiyasi.



Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi” texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Keysning asosiy maqsadi sinf jamoasini shakllantirishda sinf rahbarining o‘ziga xos xususiyatlari, ota-onalar bilan hamkorlik aloqalari, tashkilotchilik qobiliyatlari juda muhimdir, talabalarda bu kabi xislatlarni tarkib toptirish va talabalarga sinf jamoasini tashkil qilish va jamoani tarbiyalash jarayoni haqida ma’lumotlar berish, ularni sinf jamoalarini tashkil qilishga o‘rgatish, oldindan yuzaga keladigan vaziyatlarga tayyorlashdan iborat.

Yuqoridagi mavzu asosida quyidagi vaziyat talabalarga taqdim qilinadi.



Vaziyat

6-sinf o‘quvchisi kundaligini yo‘qotib qo‘ydi. Unda ikki nafar fan o‘qituvchisining va unga nisbatan sinf rahbarining quydagicha so‘zlari bor edi:

“Darsda juda yomon o‘tirganligi, xulqi uchun yomon baho qo‘yildi, o‘rtoqlarining dars tinglashiga xalqit berdi. O‘qituvchiga gap qaytardi, tartibga chaqirib qo‘ying”. “Sinf rahbarini va sinf jamoasini hurmat qilmaydi va tan olmaydi. Yaqin o‘rtoqlar orasiga sovuqchilik soladi. Chora ko‘rishingizni so‘rayman!”

1.Vaziyatni baholang:

a) Sinf rahbari va o‘quvchi tomonidan kundaligiga o‘sha yozuv yozilgan 6-sinf o‘quvchisi nuqtai nazaridan;

b) O‘qituvchilar nuqtai nazaridan;

d) Sinf rahbari nuqtai nazaridan;

e) O‘quvchi ota-onasi nuqtai nazaridan;

2. Sinf rahbari ota-onalar tomonidan ko‘riladigan qanday choralarga umid bog‘layapti?

3. O‘quvchi kundaligining vazifasi nimada deb bilasiz?

4. O‘quvchini jamoani faol a’zosiga aylantirishi uchun nimalar qilish kerak?

5. Sizningcha jamoa o‘zi avvaldan yaxshi tashkil qilinganmi?

( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan

amaliy mashqlar va masalalar”)



Talabalar vaziyat bilan tanishtirilgandan keyin ularga quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Ma‘lumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish davomida talabalar quyidagi savollarga javob topadilar.

1. O‘qituvchilar bildirilayotgan e’tirozlar nima sababdan yuzaga kelgan?

2. Sizningcha namunaviy o‘quvchi qiyofasi qanday bo‘lishi lozim va siz uni qanday tasavvur qilasiz?

3. Bu tariqa o‘qituvchilarning noroziligini asosli va to‘g‘ri deb bilasizmi?

ta’lim me’yorlariga to‘g‘ri keladimi?


  1. Sizningcha nima qilsa o‘quvchilarning xulq-atvori, ozodaligi, muloqat madaniyati ijobiy tomonga o‘zgaradi?

5. Kundalik daftarining vazifasi nimadan iborat

6. Voqeallarni keyingi rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslashda talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qilish.

c) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlash.

O‘quvchilar jamoasini tashkil qilishda doimo qiyinchiliklar yuzaga keladi, ularni namunali jamoaga aylantirishda o‘qituvchining o‘rni benihoya kattadir. Har qanday vaziyatda to‘g’ri qarorlarni qabul qila olish, jamoani birlashtira olish, o‘ziga xos qadriyatlarni yuzaga keltira olish lozim. Yuqoridagi muammoli vaziyat orqali sinf jamoasi, hamkorlik tushunchalari to‘liq tahlil qilinadi.

Dars ishlanmasi (5- ilovada) keltirilgan

Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “O`quvchilarni madaniy hulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasini qo‘llash.

Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Keysning asosiy maqsadi O`quvchilarga odob-axloq haqida tushuncha berish, madaniy hulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtirish va mashg`ulot orqali o`quvchilarda salomlashish, so`zlashish odobi, ota-ona, aka-uka, opa-singillarga, birodarlariga muloqat qilish odobini o‘rgatish. Dasturxon atrofida o`zini tutish ko`nikmalarini tarkib toptirish. Orastalik insoniy fazilat ekanligi, odamlarning kiyimi, sochi, umuman tashqi qiyofasi, har tomonlama tartibli kiyinish, o`zini tutish, tartibli olib yurish, uy-joylarni, maktab, sinf xonalarini, o`quv qurollarini saranjom-sarishta tutish malakalarini singdirish. O`quvchilarda madaniy hulq-atvor ko`nikmalarini tarkib toptirishda xalq ijodining mahsuli afsona, ertak, maqol, rivoyat va hikoyatlardan unumli foydalanishdan iborat.

Talabalarga mavzu yuzasidan quydagi vaziyat taqdim qilinadi.



Vaziyat

Sharifa opa 7 ”a” sinf rahbari hozirda uni o‘quvchilarining odob-axloqi juda tashvishlantiriyapti. Sinf jamoasi aslida ahil-inoq ko‘rinadi, ammo yaqindan tanishsagiz sinfdan norozi holatda chiqasiz. Kecha Sharifa opa kasbdoshlaridan o‘quvchilari haqida salbiy fikrlar eshitdi. Sharifa opa o‘ylangancha kechagi gaplarni hayolidan o‘tkazardi:

- Nodiringiz bilmayman qanday bola, koridorda uchratib qolsangiz salom berishga aqlli yetmaydi. Hechnima bilmagan, ko‘rmaganday yoningdan o‘tib ketaveradi. Kiyimlariga onasi qaramasmikan hamisha kir, g‘ijim bo‘lib yuradi.-dedi o‘quvchidan nolib adabiyot o‘qituvchisi Sojida.

- Ey Nodirni qo‘ying,-deb gapga aralashdi biologiya o‘qituvchisi Munira- Jamolchi na o‘qituvchilarni hurmat qiladi, na sinfdoshlarini, darsda qachon qarama bir nimalarni muhokamaga qo‘yib janjal chiqaradi.Gapirganda baqirib gapiradi, shovqinidan boshing og‘rib ketadi, sening “qo‘y o‘tir, shovqin solma” degan gaping qulog‘iga ham yetib bormaydi.

- Sharifa opa xafa bo‘lmang-u qizlaringiz axloq-odob, madaniyat nimaligini bilishmaydi. Darsda saqis shamillatib yuzinga tik qarab o‘tirishadi, ko‘plari telefon o‘ynab darsga halaqit berishadi, bizni davrimizda qizlar, og‘il bolalardan uyalishardi, bularda na uyat bor, na tortinish, tavba, tavba…-deya matematika o‘qituvchisi Manzura opa norozi holda gapirardi.

Sharifa opa mum tishlagancha o‘qituvchilarning sinfi haqidagi salbiy fikrlarni eshitdi. Ayni paytda nima qilsam ekan degan savol uni o‘ylantirardi. “Sinfim bilan muloqatga kirishish o‘zim uchun muammo bo‘lib turganda, bu e’tirozlar ham kelib qo‘shildi” deya muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini izlardi.

(Hayotiy voqea)

Talabalar mavzu yuzasidan vaziyat bilan tanishtirilgan so‘ng, ularga quyidagi ko‘rsatmalar beriladi.

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Talabalar muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topadilar.

1. Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar nima sababdan yuzaga kelgan?

2. Sizningcha namunaviy o‘quvchi qiyofasi qanday bo‘lishi lozim va siz uni qanday tasavvur qilasiz?

3. Bu tariqa o‘qituvchilarning noroziligini asosli va to‘g‘ri deb bilasizmi?

ta’lim me’yorlariga to‘g‘ri keladimi?

4. Sizningcha nima qilsa o‘quvchilarning xulq-atvori, ozodaligi, muloqat madaniyati ijobiy tomonga o‘zgaradi?

5. Agar siz shu sinfning sinf rahbari bo‘lib qolsangiz nima qilardingiz yoki fan o‘qituvchilari?

6. Nafosat tarbiyasi deganda nimani tushunasiz va qanday qilib buni o‘quvchilar ongida rivojlantirasiz?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash jarayonida talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qilish.

s) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlash.

Xulq-atvor normalarini shakllantirish, har bir shaxsni ma’naviy yetuk inson qiyofasida tarbiyalash, ularda ijobiy sifatlarni kamol toptirish kabi vazifalarni bajarishda o‘qituvchining burchi ikki hissa ko‘proqdir. Negaki maktab oldida turgan vazifa faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi. Ta’lim va tarbiya uzluksiz jarayondir, yuqoridagi vaziyat orqali ushbu jarayonlar tahlil qilinadi va muqobil yechimlar ishlab chiqiladi.

Dars ishlanmasi (6- ilovada) keltirigan.

Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “KUG larda sport-sog`lomlashtirish mashg`ulotlari” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasini asosida dars ishlanmasi (7-ilovada) keltirilgan

Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanidan “Boshlang`ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati” mavzusi asosida keys stadi-texnologiyasini qo‘llash.


Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi” texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Keysning asosiy maqsadi : Yetakchi va yetakchilik faoliyatining mazmuni bilan talabalarni tanishtirish, yetakchi jamoaning manfaatlarini birlashtira oladigan, boshqalarni ma`lum maqsadga yetaklay olgan hamda buning natijasida jamoa ishonchiga muvaffaq bo`lgan shaxsdir, shundan kelib chiqib talabalarda yetakchiga xos boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularni faol, tashabbuskor yoshlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek jamoani boshqarishda maqsadni aniqlash va maqsadga ko‘ra boshqarish usullarini to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, yoshlarda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘ularini shakllantirish, mamlakatimiz istiqboli uchun kurashadigan avlodni tarbiyalashdir.

Talabalarga mavzu yuzasidan quyidagi vaziyat taqdim qilinadi.

Vaziyat

Shahar markazidagi 15-sonli maktabining o‘quvchilari o‘zlarining bilimli, iqtidorligi va faol, tashabbuskorligi bilan boshqa maktab jamoalaridan ajralib turardilar. Eng yangi g‘oyalar, ommani birlashtiruvchi tadbirlar, loyihalar odatda ulardan chiqardi. Maktab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘inch tashkiloti maktab yetakchisi maktab o‘quvchilarni doimo o‘z atrofida birlashtira olar edi va boshqaruv usullariga amaliy faoliyatida juda katta e’tibor berardi. U maktab o‘quvchilari bilan tadbir yoki uchrashuvlar o‘tkazganida hamma o‘z iqtidorini namoyish qilishga, tadbirning faol ishtirokchisiga aylanishga harakat qilardi.



Maktab Boshlang‘ihch tashkilot yetakchisining lavozimi o‘zgarib boshqa ishga o‘tib ketgandan keyin maktabga yangi yetakchi saylandi. Yangi yetakchi iqtidorli, davlat stipendiyati sovrindori , o‘z sohasining bilimdoni, yangiliklarni sevadigan faol yoshlardan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan maktab jamoasi faollik, tashabbuskorlikni qo‘ldan boy berib qo‘yishdi. Ularda avvalgidek yonib turgan yurakning issiq harorati sezilmasdi. Bir so‘z bilan aytganda maktab jamoasi uxlab qolganga o‘xshardi.

(A.Sh.Bozorov, H.A.Usmonov, A.R.Bo‘stonov.

”Yoshlar yetakchilari uchun qo‘llanma”)


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə