O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va O`rta Maхsus Ta’lim Vazirligi

Al-Хоrazmiy nоmidagi Urganch Davlat Univеrsitеti

Qo`lyozma huquqida

UDK

JUMANIYAZOVA IL’MIRA KOMILJANOVNA

O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari

5A110901 – Pеdagоgika

Magistr

akadеmik darajasini оlish uchun yozilgan

Ilmiy rahbar:

p.f.n.dоts.SH.Ismoilova

M U N D A R I J A

KIRISH ……………………………………………………………………. . . ..3

I BOB KEYS-STADI INNOVATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SIFATIDA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .10

1. Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi . . . . . . . . . . . . . . ..10

2. Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari. . . . . . . . . . .17

I bob bo‘yicha xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .25

II BOB. KEYS-STADI TEXNOLOGIYASINING TA’LIMIY IMKONIYATLARI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..27

1. Keys-stadi texnologiyasining o’quv didaktik vazifalari. . . . . . . . .27

2. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va unda o‘qituvchi faoliyatining ahamiyati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .33

II bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 46

III BOB. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISHDA KEYS-STADI TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ...48

1. Pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash xususiyatlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..48

2. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda keys- stadi texnologiyasini qo‘llash boyicha tajriba–sinov ishlari . .. . . . . . . . . . . . .57

III bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..77

XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .78

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .82

ILOVALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet Pedagogika Magistratura talabasi _Jumaniyazova I.K

Kafedra Pedagogika va psixologiya Ilmiy rahbar Ismoilova SH

O`quv yili ____2011-2013________ Mutaxassisligi__Pedagogika_________

Urganch Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Pedagogika mutaxassisligi magistranti Jumaniyazova Ilmiraning “O’rta Maxsus Kasb-hunar kоllеjlarida Pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy pedagogik asoslari”



MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi: O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llagan holda dars samarodorligini oshirish, talabalarni kasbiy amaliy faoliyatga tayyorlash muhim masala sanaladi.

Ishning maqsadi: Pedagogik fanlarni o’qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasidan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Ishning vazifalari: Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, DTS, o’quv reja va dasturlarini tahlil qilish va texnologiyaning ta’limiy imkoniyatlarini ochib berish, mavzular asosida keyslar ishlab chiqish, tajriba-sinov natijalarini ko’rsatib berish.

Tadqiqot ob’yekti: Ishning mavzusi bevosita ta’lim jarayoni nazariyasi va amaliyoti bilan bo’g’liq va tadqiqot ob’ekti didaktik jarayon hisoblanadi.

Tadqiqot predmeti: Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni, shakllari, metodlari va vositalari hisoblanadi.

Tadqiqot uslubiyoti va uslublari: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, ilmiy-uslubiy manbalar bilan ishlash, eksperiment, ilg’or pedagoglar ish tajribalarini tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni faoliyatga keys-stadi texnologiyasini zamon talablari darajasida amalga oshirilsa, yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi. Shuningdek pedagogik fanlarni o’qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasini pedagogik jarayonga tadbiq qilinishi bo’yicha metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligini ko’rsatish mumkin.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot ishi bo’yicha olingan ilmiy natijalardan o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini tashkil qilishda, shuningdek, bitiruv malakaviy dissertasiyasini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Ish tuzilishi va tarkibi: Kirish, III bob, 6 fasl, har bir bobga xulosa, umumiy xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.

Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Mavzuga оid 2 ta ilmiy maqоla chоp etilgan.

Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi: Pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llash orqali dars samaradorligini oshirish mumkin.

Ilmiy rahbar __________________________

(imzo)

Magistratura talabasi __________________________



Urgench State University Master’s department the master of speciality of pedagogic Jumaniyazova Ilmira the annotation of the dissertation on the theme

“The scientific - pedagogical basis of usage of case – study technology in teaching pedagogical subjects at vocational colleges”

A N N O T A T S I Y A S I

The intensity of the dissertation: To develop efficiency of lessons using the technology of case – study in teaching of pedagogical themes at vocational colleges, it`s an important task to prepare students to the professional practical activity.

The aim of the dissertation: To develop scientific - methodical recommendations about effective usage of case - study technology in the process of teaching pedagogical themes.

The tasks of the dissertation: To analyse scientific - methodical literatures, the standards of state education, curriculum and programmes, to open educational opportunities of technology, to work out cases about themes, to demonstrate the results of experiment.

The object of the dissertation: The theme of dissertation is related with the theory and practice of educational process and the object of dissertation is considered as a didactic process.

The subject of the dissertation: The processes, forms, methods and instruments of teaching pedagogical subjects.

The methodology and the methods of the dissertation: Analysing literatures, supervise, interview, work with scientific - methodical sources, experiment, analyse the work experiences of progressive pedagogues.

The scientific innovational degree of the dissertation: In this research work has been grounded that innovational approaching to the realization of case – study in teaching pedagogical subjects. By this new approach to the activity there will be advanced, progressive specialists. At this process there is good opportunity to demonstrate developed methodical recommendations about inculcating the technology of case – study to the pedagogical process.

Practical significance and usage of the dissertation: The gained scientific results of the dissertation can use in organizing educational process, also for preparing graduating improving work at vocational colleges.

The organization and compiling of the dissertation: Introduction, 3 chapters, 6 paragraphes, conclusion to each chapter, general conclusion, recommendations, the list of used literature and appendix.

The main results of the dissertation : Two scientific articles were published pertaining to the theme.

The explanation of the short and summarized conclusions and recommendations: We can increase the efficiency of lessons by using the technology of case – study in teaching pedagogical subjects.

Kirish

Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” I.A. Karimov.



Мavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. [1,20 b]

“Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”. [7, 78 b]

Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda. Ushbu ilmiy- amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada texnologiyalashtirishtirish bilan chambarchas bog’langandir. Fikrimizning dalili sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.[2, 34 b]

Ushbu Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, shuningdek, “amaliy o‘yin”lar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va mul’timedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqishligi ko‘rsatilgan. [34,36 b]

Bizga yaxshi ma’lumki, Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarlar uchun yuqori malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”- yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan ishlarimiz anchagina.

Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar tizimlar sohasiga ham, zamonaviy yangi-innovatsion texnologiyalarini ta’lim-tarbiya sohasiga ham joriy etishni hayotning o‘zi talab etmoqda.

Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish zaruriyati shuning uchun dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki, amaldaki an’anaviy o‘qitish tizimi o‘z faolligini ancha yo‘qotdi, ya’ni quruq og’zaki so‘zlar yordamida o‘qitish samara bermayapti.

Buning o‘rniga esa “Axborotli-amaliy o‘qitish” tizimi ta’lim tarbiya jarayoniga ko‘proq samara berishligi Prezident Qarorlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.[34,4 b]

Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning ehtiyojiga aylanadi.

Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoning unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.

Shu sabab ham bugungi kunda ta’lim tizimizda innovatsion pedagogik texnologiyalar faol qo‘llanilib kelinmoqda, ayni vaqtda bu o‘quv jarayoning yangicha ruhda shakllanishiga imkoniyat yaratmoqda. O‘quv jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda. Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys-stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilgan. So‘ngra bu texnologiya boshqa fanlarni o‘qitishda ham foydalanilgan. Keys-stadi texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi, bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi.

Mazkur magistirlik dissertatsiya ishi mavzusidan kelib chiqqan holda biz pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasining ilmiy pedagogik asoslarini tahlil qildik.

Olib borgan kuzatish ishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, keys-stadi texnologiyasi ta’lim jarayoniga nisbatan yaqinda kirib keldi va pedagoglar tomonidan faoliyatga keng joriy qiliniyapti. Keys-stadi texnologiyasi asosini ta’lim jarayoniga joriy etishda, o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi. Bo‘lg’usi kasbiy faoliyat bilan bog’liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligini ta’minlaydi. O‘quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg’ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil o‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlari bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalariga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlashlari davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar.

Mazkur mavzuning yetarli darajada tadqiq qilinmaganligi magistirlik dissertatsiya ishini muammosining muayyan darajadagi dolzarbligi va yangiligini belgilaydi.

Mummoning o‘rganilganlik darajasi. Keys - stadi uslubi birinchi marotaba ijtimoiy fanda Frederik Le Play tomonidan 1929 yil oila byudjeti statistikasini hisoblashda qo‘llangan.[30,116 b] Keyinchalik keys stadilar ijtimoiy fanlarda yangi nazariyalarni yaratishda sotsiologlar Barney Glaser va Anselm Strauss tomonidan 1967 yil, “asoslangan nazariyada” tadqiqot metodi sifatida qo‘llanilgan. XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu texnologiya dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Ko‘pgina mamlakatlarda bu texnologiyadan faqat iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan edi. O‘sha paytda bu texnologiya ustida rossiyalik olimlardan G.A Bryanskiy, Yu.Yu Ekaterinoslavskiy, O.V Kozlova, Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platonov, D.A Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S. Rapopportniklar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Tadqiqotning maqsadi: O‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini tashkil qilishda faoliyat sifat-samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni ilmiy-pedagogik jihatdan asoblab berish, shuningdek, pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalar:

1. Keys-stadi texnologiyasining vujudga kelish tarixi, rivojlanish bosqichlarini j o‘rganish va tahlil qilish. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha yaratilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, o‘quv-metodik qo‘llamanlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilish darajasini aniqlash.

2. Keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlarini to‘liq ochib berish, o‘quv jarayonida o‘qituvchining o‘rni va vazifalarini tahlil qilish.

3. O‘rta-maxsus kasb –hunar kollejlarida pedagogik fanlar mazmunini o‘rganish maqsadida DTS, o‘quv reja va dasturlarini tahlilini o‘rganish.

4. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida bevosita ta’lim jarayonini kuzatish, xulosalarni shakllantirish va umumlashtirish.

5. Dars jarayonini samarasini oshirish uchun pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan dars jarayonida kengroq foydalanish va ularni qo‘llash metodikasini yaratish.

6. Pedagogik tajriba sinov o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish asosida uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish.

Tadqiqot ob’ekti: Magistirlik dissertatsiya ishning mavzusi bevosita ta’lim jarayoni nazariyasi va amaliyoti bilan bo‘g’liq va tadqiqot ob’ekti didaktik jarayon hisoblanadi.

Tadqiqot predmeti: Magistirlik dissertatsiya ishining predmenti o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoni, shakllari, metodlari va vositalari hisoblanadi.

Magistirlik dissertatsiya ishining metodologik asosini qomusiy allomalarning ilmiy-falsafiy qarashlari, ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan davlat hujjatlari, Prezident I.A. Karimovning asarlari tashkil qiladi.



Tadqiqot metodlari: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, statistik ma’lumotlar bilan ishlash, ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalar bilan ishlash, eksperiment, ilg’or pedagoglar tajribalarini tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy farazi: pedagogika kollejilarida pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanilsa dars samaradorligi oshishi, va talabalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishi, kelgusi amaliy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari mumkin

Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar:

1. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali ularda ijodiy fikrlash sifatlarni shakllantirish mumkin.

2. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llagan holda samarali natijalarga erishish mumkin.

3. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali o’quvchilar kasbiy-amaliy faoliyatga oldindan tayyorlanishlari mumkin.

4. Keys-stadi texnologiyasini qo’llash jarayonida o’quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, jamoa a’zolari bilan jipslashgan holda faoliyot olib borish kabi ko’nikmalarni rivojlantirish mumkin.

5. Keys-stadi texnologiyasini samarali tashkil qilinsa o’qituvchi faoliyat mazmuni yangicha uslublarga o’zgarishi mumkin.



Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi: Tadqiqotning ishining yangilik elementlari sifatida o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasini pedagogik jarayonga tadbiq qilinishi bo‘yicha metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligini ko‘rsatish mumkin.

Tadqiqot natijalarining nazariy amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini tashkil qilishda, shuningdek, bitiruv malakaviy dissertasiyasini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Natijalarning joriy qilinishi. Respublika, viloyat jurnal va maqola to’plamlarida mavzuga oid 4 ta ilmiy maqola chop qilingan.

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy mazmun 81 betda yoritilgan.

I BOB. Keys-stadi innovatsion o‘qitish texnologiya sifatida

1. Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi

Bugungi kunda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, o‘quv faoliyatida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Biz shaxsiy-kasbiy faoliyatimizda turli xil muammoli vaziyatlarga duch kelamiz, aynan shu vaziyatlarning muqobil yechimini izlash, yuzaga kelgan har qanday muammoli jarayoning yechimini topa olish, istiqboli rejalarni tadbiq qila olish bizning bilim, mahoratimizga bog‘liqdir. Aynan amaliy vaziyatlarni hal qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o‘rgatuvchi, yangi yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan biridir.

Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.[21, 1b]

Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya’ni keys-stadi (ingilizcha “case”-yig‘ma, aniq amaliy, holat, stadi-o‘quv) texnologiyasi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat deganidir.[25, 17 b] Gary Thomas quyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o‘tadi: Keys stadilar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali avvaldan o‘rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning subyekti tahliliy vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.[25, 6-7 b]

Cheklangan miqdordagi elementlarni o‘rganish uchun namunalardan va jiddiy bayonnomalardan(qoidalar to‘plamini) foydalanish o‘rniga, keys stadi usuli o‘z ichiga yagona bir vaziyat yoki voqeani uzoq muddat davomida chuqur o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ular voqealarga, ma’lumot yig‘ishga, ma’lumotni tahlil qilishga va natijalarni e’lon qilishga tizimlashtirilgan qarashlarni ta’minlaydi. Natijada o‘rganuvchi sodir bo‘lgan voqeani qanday sodir bo‘lganligi haqidagi tushunchasini yanada rivojlantirishi mumkin va kelajakdagi izlanishlar uchun nimalar muhim hisoblanishini bilib olishi mumkin. Keys- stadilar, farazlarni dunyoga keltirishda hamda ularni sinovdan o‘tkazishda muhim rolni o‘ynaydi. [25,511 b]

Keys-stadi bo‘yicha yana bir ta’rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat. Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko‘p miqdordagi dalillarni o‘z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys- stadilar statistik izlanishlar va ko‘p ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stadi ma’lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bu yana Lamnek fikrlarida o‘z tasdiqini topadi va shakllanad. Keys-stadi – bu tadqiqotli yondashish, aniq ma’lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar orasida joylashgan. Ba’zida keys-stadi, keys-buk bilan adashtiriladi, deb hisoblaydilar.[52]

Keys-buk metodi, yoki boshqacha qilib aytganda keys metodi asosan Ameriaka Qo‘shma Shtatlarining huquqshunoslik maktablarida huquqni o‘qitishni asosiy uslubi hisoblanadi. U Garvard huquqshunoslik maktabida Kristofer Kolumbus Langdell tomonidan kashf qilingan.[53] Bunda huquqiy hujjatlarni mavhum rezyumesini o‘rganish o‘rniga Amerika qonunlarini yaqindan tanishishni yaxshi yo‘li bu sud fikri va qarorining o‘zini o‘rganib chiqishdir, degan tamoyil asos qilib olingan. [14,118] Shu maqsadda amerikalik huquqshunos professorlar huquqning aniq sohalariga tegishli mashhur sudlarda amalga oshirilgan ishlarni yig‘ishadi, bular maxsus o‘quv-qo‘llanmalar “keysbuklar” deb ataladi. Ba’zi professorlar ishlarga o‘zgartirishlar kiritib, ularning mag‘zinigina ayrim ma’lumotlarni olib tashlagan holda qoldiradi, ba’zilari esa ishni bus-butunligicha qoldiradi. Umumiy usullardan biri bu yangi qonun yaratishga turtki bo‘lgan ishga aloqador barcha ma’lumotlarni qisqacha xulosa bilan keltirib berishdan iboratdir. Odatda amerika huquqshunoslik maktablarida keysbuk uslubi Suqrot metodi bilan uyg‘unlashgan. Mazkur sinf uchun o‘qituvchi bir nechta vaziyatlarni o‘qishga beradi va yana unga qo‘shimcha bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni talab qilishi mumkin. Sinfda o‘qituvchi o‘rganish tayinlangan ish bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularning qonularni, vaziyatni tushungan, tushunmaganligini aniqlab oladi va bu jarayon bahs munozara tarzida kechadi. Agarda ma’lum bir qonun jiddiy bahsga sabab bo‘lsa, unda bu qoida shubha ostiga tushadi. Bu o‘qitish metodi boshqa o‘quv dasturlaridagi o‘qitish metodidan 2 ta xususiyati bilan farq qiladi:

1) O‘quvchilardan birlamchi manbalardan, ya’ni qonun tilida yozilgan ishlardir.

2) Amerika huquqshunoslik maktablarida asosan sinfda keysni anglash uchun diologlardan foydalaniladi, to‘g‘ridan- to‘g‘ri ma’ruza o‘qib berish orqali emas. Ba’zi huquqshunoslik maktablarida esa keysbuk metodi ma’ruzalar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘ladi. Bular asosan soliq qonunlarini va savdo-sotiqga oid qonunlarni o‘rganadigan sinflarda uchraydi. Bu usul yana Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarning umumiy qonunlarida qo‘llaniladi. Keysbuk uslubi, keys -stadi uslubiga juda o‘xshaydi, lekin ular bir xil emas.[25,317 b]

Keys- stadi texnologiyasi aniq o‘quv materiallar asosida maxsus ishlab chiqilgan vaziyatlarni aniqlash, yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib oldindan o‘quv soat mavzusi asosida tuziladi va talabalar bilan birgalikda tahlil qilish maqsadini ko‘zlaydi.

Keysda bayon qilingan muammoli vaziyat ma’lum bir institusional tizimda ko‘rib chiqiladi, bunda hayotdagi tipik muammolar qayta yaratadigan holda real yoki sun’iy qurilgan hodisalar sifatida aks etiriladi.

Keys- stadi texnologiyasi kelib chiqishi va ta’lim tizimida qo‘llanilishi o‘tgan asrning yigirmanchi yillariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda bu texnologiya undan ham oldinroq mavjud bo‘lib o‘quv jarayonlarida qo‘llanilib borilgan. Keys-stadi texnologiyasining kirib kelishida yunon faylasufi Suqrotning maktabi alohida ahamiyatga egadir. Chunki Suqrotning shogirdlari bilan olib borgan bahs-munozarali suhbatlari, aynan keys-stadi texnologiyasini eslatadi. Shuningdek turli kashfiyotlarning o‘z tasdig‘ini topishi, isbotlanishida ham keys-stadi texnologiyasi o‘ziga xos o‘ringa ega. Masalan tanqidiy keyslar ko‘pchilik nazariyalarni isbotini topishda qo‘llanilgan.

Tanqidiy keysni umumiy muammoga bog‘liq bo‘lgan strategik ahamiyatga ega keys deb aytish mumkin. Tanqidiy keys quyidagi umumlashtirish turiga ijozat beradi, “agar bu ushbu keys uchun haqiqiy bo‘lsa, bu hamma(ko‘pchilik) keyslar uchun haqiqiy hisoblanadi’. Keys-stadi yana mashhur faylasuf Karl Popperning falsifikatsiya (sohtalashtirish) deb nomlangan test turini umumlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Buning inkor shakli “agar bu ushbu keys uchun to‘gri hisoblanmasa, unda bu har qanday keys uchun haqiqiy hisoblanmaydi” degan ko‘rinishda bo‘ladi. Falsifikatsiya bu ilmiy takliflarni rad qila oladigan jiddiy testlardan biridir: agar faqat bitta kuzatuv ilmiy farazga mos kelmasa, u holda bu faraz rad qilinishi yoki qaytadan o‘rganilishi kerak.

Popperning o‘zi mashhur “qora oq qushlar” misolidan foydalanib, kuzatuv jarayonida faqat bitta qora qushning aniqlanishi bu farazni rad qilinishini yoki soxta ekanligini aniqlab beradi va shu yo‘l orqali bu umumiy ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakdagi izlanishlarga va nazariya yaratishlarda turtki bo‘ladi.[25,119b]

Galileo Galiley tomonidan Aristotelning Butun dunyo tortishish qonuni rad qilinishi o‘z-o‘zidan emas bu keys-stadiga asoslangan va bu keys ma’lumotlarga tayangan holda tanlangan. Raddiya asosan farazdan boshlangan, keyinchalik u tajriba orqali o‘z isbotini topgan. Shunga qaramasdan, Aristotelning tortishish qonuni rad qilinmasdan oldin 2000 yilgacha ilmiy fakt deb qabul qilinib kelgan. O‘zining tajribasida, Galileo quyidagi sababni keltirgan: agarda ikkita jism bir vazndagi bir xil tepalikdan tashlab yuborilsa bir xil paytda, ular yerga bir xil tezlikda birdaniga tushishadi. Agar bu ikkita jism bir-biriga birlashtirilsa, bu jism ikki marta ko‘p vaznda bo‘ladi va Aristotel qonuniga ko‘ra yerga ikkita ayrim jismga qaraganda tezroq qulaydi. Bu natija Galileoni qoniqtirmaydi. Bu qarama-qarshilikni bartaraf qilishni yagona yo‘li bu qulash omili hisoblangan vaznni olib tashlashdan iborat edi. Galileoning tajribalari har xil vazndagi jismlarni har xil tepalikdan va har xil shamol tezligida tashlab ko‘rishdan iborat emas edi. Aksincha bu yagona tajriba, ya’ni keys -stadi edi. [14, 221 b]

Galileoning qarashi ikkilanishlarga sabab bo‘ldi, Aristotelning qarashi esa darrov rad qilinmadi va havo nasosi kashf qilinmaguncha yarim asr hukm surdi.

Havo nasosi kashf qilinishi o‘quvchilarga ma’lum tajribalarni o‘tkazishga yordam berdi, bunda tanga yoki qo‘rg‘oshin parchasi vakum trubalari ichida pardek bir xil tezlikda tushishadi. Bu ilmiy tajribadan keyin Aristotelning qarashi butunlay rad qilindi. Lekin, metallarning va parni oqilona tarzda tanlanganini ta’kidlab o‘tish lozim. Shular yordamida Galileo o‘z fikrini isbotlab berish uddasidan chiqdi. Keysni strategik tarzda tanlash keysning umulashtirishga olib kelishini kuzatish mumkin.[14, 224 b]

Keys-stadi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi. [30, 117 b]

1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta'limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. [43,5 b]

Turli-xil vaziyatli mashqlar to‘plangan ilk kitob 1921 yilda Kouplend va Garvard biznes maktabining rahbari Volas Donam homiyligida chop qilingan.

Keys- stadi texnologiyasining rivojlanishida Garvard va Manchestr maktablari alohida ahamiyatga egadir, ular bir-biridan qo‘llanish usullari orqali farq qiladi.

Keys- stadi uslubi birinchi marotaba ijtimoiy fanda Frederik Le Play tomonidan 1929 yil oila byudjeti statistikasini hisoblashda qo‘llangan.[38,120 b] Keyinchalik keys stadilar ijtimoiy fanlarda yangi nazariyalarni yaratishda sotsiologlar Barney Glaser va Anselm Strauss tomonidan 1967 yil, “asoslangan nazariyada” tadqiqot metodi sifatida qo‘llanilgan. [30,110 b]

XX asarning boshlarida Garvard maktabining o‘qituvchilari darslarida ma’ruza o‘qish jarayonida fikrlashga undovchi masalalarni to‘liq tushuntirmaganlar, bu masalarga javoblarni talabalarning o‘zlari toptirishga harakat qilganlar va talabalarning bildirgan yechimlarini qayd qilib borganlar. Bu jarayon davomida turli hil muammolarni ham kiritib, talabalarni yechimlarni topishga undaganlar.[36,116 b]

XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu texnologiya dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Ko‘pgina mamlakatlarda bu texnologiyadan faqat iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan edi. O‘sha paytda bu texnologiya ustida rossiyalik olimlardan G.A Bryanskiy, Yu.Yu Ekaterinoslavskiy, O.V Kozlova, Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platonov, D.A Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S. Rapopportniklar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ammo bu davrda texnologiyaga yetarlicha darajada e’tibor qaratilmagan, turli ijtimoiy qatlamlar tomonidan taziyiqga uchraganligi sabab bu texnologiya dars jarayonlarida qo‘llanilmay qo‘yilgan.

Keys-stadi texnologiyasi 1990-yillarning ikkinchi yarimda Rossiyalik mutaxassislar tomonidan yana qayta o‘rganila boshlandi. Iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar natijasida, zarur paytda mustaqil va to‘g‘ri qarorni qabul qilib, qiyin bir holatdan chiqaradigan , to‘g‘ri tavakkal qila biladigan iqtisodchilarga talab keskin oshdi. Buning natijasida ko‘plab oliy ta’lim muassalarida o‘qitilayotgan fanlarda keys texnologiyasi qo‘llanila boshlandi va shuningdek iqtisodiyot sohasiga yangi yo‘nalishlar qo‘shildi: menejment, marketing, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Ushbu yo‘nalishlar orqali ta’lim sohasiga interaktiv o‘qitish uslublari kirib keldi.

Keys stadi o‘zining uzoq shakllanish bosqichlariga egaligi bilan ahamiyat kasb etadi. Keys-stadilar farazlarni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llanilishi yaqin o‘n yilliklarda paydo bo‘lib, mashhur uslubga aylanishga ulgirdi. Keys- stadilardan foydalanish ta’limda, xususan ta’lim evolyutsiyasida mashhurlikka ega bo‘ldi.[36,21b] Hozirda tajriba olamida ma’lum bo‘lganlarning ko‘pchiligi keys- stadilar yordamida erishilgan va ko‘p sohalarda qo‘llaniladi, shular ichiga psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, tarix, ta’lim, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, menejment, geografiya, biologiya va tibbiyot kiradi. Masalan, barcha yuqori saviyadagi siyosatshunoslikka oid jurnallardagi maqolalarning yarimi keys-stadilardan foydalanadi. Lekin bu yerda, Oksford professori Bent Flyvbjerg ta’kidlaganidek aqlga zid fikr bor. Keys-stadilar keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan bir paytda, ularga bo‘lgan e’tibor pastligi va umuman e’tibordan chetda qolayotgani tushunarsiz holat. Oliygohlarda taklif qilinayotgan kurslar buning isbotidir. Ma’lumki keys - stadi paradoksi mavjudligi uning tadqiqot uslubi deb qabul qilinganligi sabablidir. Bu keys stadi tushunmovchilikni hal qilish orqali paradox yechimini topishi mumkin.[25,16 b]

Flyvbjerg(2006) keys stadining tadqiqot sifatidagi cheklanishlarga oid 5 ta tasdiqlovchi gaplarni ko‘rsatib beradi: [14, 310 b]

1. Umumiy, nazariy bilim aniq, amaliy bilimdan qadrliroqdir.

2. Ayrim bir keysga asoslangan holda ilmiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.

3. Keys-stadi farazlarni dunyoga keltirishda juda foydali uslublar va farazlarni tekshirib ko‘rishda va nazariya yaratishda qulay hisoblanadi.

4. Keys-stadi verifikatsiyaga moyil bo‘ladi, ya’ni tadqiqotchi fikrini isbotlashga moyillik.

5. Ko‘p hollarda aniq misollar yordamida umumlashtirish va nazariyani rivojlantirish qiyin kechadi.

Keys-stadi texnologiysi faqat ta’lim sohasiga hos uslubiy yangilik emas, bu uslub talabaning bilim faoliyatga yo‘naltirishdan tashqari, uning kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilgandir.

Hozirgi kunda keyslarni yozadigan va ularni nashr qiladigan Michigan Universitetidagi Glabolens kabi markazlar mavjud. Dunyo bo‘yicha yuridik maktablarda keys stadilarni o‘qitish va ularni yozish faoliyatning markaziy vazifasi hisoblanadi. Yevropa Keys Kliring Uyi va Globalensga o‘xshagan ba’zi tashkilotlarda eng yahshi o‘qitish keyslarini aniqlash uchun musobaqalar olib boriladi. Ayrim muassasalar o‘qitish keyslarini yozishda juda faol qatnashadilar (taqdirlangan mukofotlar soni bilan aniqlangan), bularga: Garvard biznes maktabi, Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot markazi kabilar kiradi. [14,313b]


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə