O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin. Katta guruhda



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə7/17
tarix03.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#104119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarz

2.Ikkinchi kichik guruh
Kichik gruppada bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o`z faoliyatlari mazmunining o`zgarishiga hamda shu vaqt oralig’ida o`z atroflarida bo`lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.
Avval kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabgi gimnastika, nonushta, mashg’ulot vaqtlari qat`iy belgilab qo`yilganligi va sutkaning bo`laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.
Pedagog vaqt bo`lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo`lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. "hozir ertalab, biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz". Yoki allaqachon nonushta qilib bo`ldik, shug’ullanib ham bo`ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni eymiz.
Masalan, boladan quyidagilar so`raladi: "Hozir ertalab. Sen ertalab nima qilasan? Sen o`rningdan qachon turasan?" va shu kabilar.
Kun davomida bolalar bilan birgalikda kunning turli bo`laklarida bolalar va kattalarning faoliyatini tasvirlaydigan rasmlar ko`rib chiqiladi.
Rasmlar shunday bo`lishi kerakki, ularning vaqt bo`lagi uchun xarakterli bo`lagi belgilar aniq ko`rinib tursin. Tarbiyachi rasmda tasvirlangan bolalar nima ish qilayotganliklarini va bu harakat qaysi vaqtda bajarilayotganligini aytadi. U bolalarga savollar beradi: "Sen erta bilan nima qilding? Kunduzi-chi?" Yoki "sen qachon o`ynaysan? qaysi vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?" Keyin bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechqurun kattalar yoki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladilar.
Bolalar asta sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi so`zlarining aniq mazmunini tushinib oladilar, ularga emotsional rang beradilar. Bolalar o`z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.


O`rta guruh
Kichik gruppa singari bu gruppada ham vaqtni bilish bolalarni asosan, kundalik hayotida o`stirib boriladi muhimi bu o`rgatishining puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir.
Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog’liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi.
Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o`tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog’chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab bolalar bog’chasida nima qilganliklarini, bolalar bog’chasida kunduzi nima qilishlarini gapirib berishlarini so`raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayottanliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. U suhbat oxirida ertalab, kuduz va tun - bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi.
"Bugun", "kecha" kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o`zlashtirishlari qiyin. Buning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so`zlaridan ko`proq foydalanish vа bolalarni bu so`zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga biz qachon rasm soldik? Biz bugun nima ko`rdik? Эrtaga qaerga boramiz? Savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.
Tez sekin so`zlarining ma`nosi konkret misollar bilan ochib boriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o`yin davomida ular bajarayotgan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi. Kiyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarni maqtaydi. Imillab kiyingan bolalarni aybsitadi, sayr vaqtida yayov kishi bilan velosipedchining, avtomobil' bilan poezdning, qurt bilan qo`ng’izning harakat tezligini taqqoslaydi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə