Orolli silikatlar sinfiga mansub



Yüklə 92,5 Kb.
səhifə5/5
tarix23.12.2023
ölçüsü92,5 Kb.
#155822
1   2   3   4   5
minerallar

Xalkopirit (yun. Chalkos mis va pirit), mis kolchedani - mineral, mis va temir sulfid. Kimyoviy tarkibi CuFeS2 (34,57% mis, 30,54% temir, 34,9% oltingugurt), aralashma holda Ag, Zn, Au, As, Se, Sn bor. Tetragonal va kub singoniyada kristallanadi. Moʻrt. Yarimoʻtkazgich; antiferromagnit. Donador, yashirin kristalli, baʼzan hosilsimon agregatlar hosil qiladi. Rangi oltindek sariq, toʻq sariq. Metalldek yaltiroq. Qattiqligi 3-4; zichligi 4,1—4,3 g/sm3. Deyarli barcha genetik tipdagi magmatik konlardan choʻkindi konlargacha chiqadi. Intruziv jinslar orasida belgilash misnikel sulfid konlarida pirrotin, pentlandit, magnetit, kubanit va boshqa minerallar bilan birga topiladi. Nurash jarayonida X. hisobiga kuprit, malaxit, limonit, xrizokolla va boshqa minerallar hosil boʻladi. X. misning eng koʻp tarqalgan minerali va mis ruda qismlarining minerali. Konlari Rossiya bozori (Norilsk), Qozogʻiston (Jezqazgan), Canada, Spain, Buyuk Britaniya, AQSH, Markaziy Afrikada mavjud. Oʻzbekistonda Olmaliq, Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻoshinkon, Qalmoqqir, Qoʻshbuloq, Qoramozor konlarida topilgan.
Ohaktoshlar — karbonatli choʻkindi togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsiydan yoki organizmlarning skeleti qoldiqlaridan, baʼzan aragonit minerali (CaCO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar; 6 — 21% siO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar; kvars,qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chakikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpincha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil qiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga qarab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm natijasida Ohaktoshlar marmarga aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarqalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻliq boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) sifatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom-ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmoqda.
Yüklə 92,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə