O‘quvchilarni matematik savodxonlik bo’yicha pisa tadqiqotlari bilan tanishtirishni tashkil qilish tajribasi haqida



Yüklə 168,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2022
ölçüsü168,15 Kb.
#82683
1   2   3
435-Article Text-1066-1-10-20201026

Abstract: 

In  this  article  is  given  information  of  PISA  International  research 

program  conclusions  and  methodical  recommendation  for  students  in  field  of 

mathematical literacy preparation for PISA-2021 research program.  

Key  words:

  research  of  PISA,  mathematical  literacy,  PISA  assignments, 

mathematical competence, estimation

 

 

Bu  va  shunga  o’xshash  muammolar  borki,  PISA  tadqiqotlarida  ilk  bor 

qatnashayotgan  mamlakatimiz  ta’lim  tizimi  oldida  bir  qator  qo’shimcha  vazifalarni 

ko’ndalang qilib qo’yadi. Bu muammolarni oldindan bilish va ularni hal qilish bo’yicha 

kompleks chora-tadbirlar grafigi va rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.  

PISA  -  o’quvchilar  yutuqlarini  xalqaro  baholash  dasturi  doirasida  ko’p  yillar 

davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasi o’laroq, quyidagi xulosalarga kelingan: 

- Dunyoning aksariyat o’quvchi yoshlari XXI asrda yashashga tayyor emas, ya’ni 

zamonaviy  jamiyat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  kompetentsiyalariga  to’liq  ega 

emaslar; 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 2

May 2020


457

www.openscience.uz




- maktab ta’limi ko’p jihatdan bu kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltiril-

magan; 


- o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini qayerda ishlatilishini bilishmaydi; 

-  hali  ham  ko’p  maktablarda  eskicha  usullarda  ta’lim  berilayapti,  ya’ni  tayyor 

bilimlar  berilayapti.  Aslida  maktab  o’quvchilarni  “o’rganishga  o’rgatish”  ya’ni 

mustaqil bilim olishga o’rgatishi kerak bo’ladi; 

- darsliklar va undagi o’quv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani bajarish-

ga mo’ljallanmagan. 

Yuqoridagi bu xulosalardan kelib chiqib, O’zbekistonda 2021-yilda o’tkazilishi 

mo’ljallanayotgan  PISA  tadqiqotlari  doirasida  matematik  savodxonlikni  baholashda 

quyidagi muammolarga duch kelishimiz mumkin:  

- darsliklarda PISA topshiriqlariga o’xshash masalalarning yo’qligi yoki kamligi 

sababli,  o’quvchilarda  bunday  amaliy  faoliyatlarni  amalga  oshirish  tajribasining 

yetishmasligi oqibatida PISA tadqiqotlari natijalari past bo’lishi mumkin;  

- PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi 

real  vaziyat  va  muammolarni  hal  qilish  usulini  tanlash  uchun  matematikaning  qaysi 

bo’limiga murojaat qilish haqida ko’rsatmalar yo’q; 

-  PISA  topshiriqlari  (matnli,  rasmli,  diagramma  va  jadvallar,  real  bog’lanishlar 

grafiklari  kabi)  turli  shakllarda  taklif  qilinadi.  Ularni  matematik  tilga  o’girish  va 

yechim topilgandan so’ng uni yana real sharoit bilan bog’lab baholash va talqin qilish 

talab  qilinadi.  Masalani  yechish  uchun  zarur  bo’lgan  ma’lumotlar  matnning  turli 

qismlaridan olinishi kerak bo’ladi. Ba’zi masalalarda “aylana” so’zi topshiriq matnida 

qayd  etilmasada,  o’quvchilarning  o’zlari  ob’ektning  aylana  shaklida  ekanligini 

topishlari kerak bo’ladi. 

-  odatda  matematika  darsliklarida  standart  masalalar  beriladi  va  ular  standart 

usullar yordamida yechiladi, ya’ni o’quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum 

algoritmlar asosida yechishga o’rgatiladi. PISA topshiriqlarida esa unday emas. Odatda 

matematika  darsliklaridagi  masalalar  muayyan  bobda  beriladi  va  bu  bilan  ularni 

yechish usullari ham shu bobda ko’rilgan usullarga bog’langan holda beriladi, ya’ni 

muayyan bo’limining masalalari qanday yechilishi haqida ko’rsatma beriladi, bundan 

tashqari,  darslikdagi  masalalar  sof  matematik  masalaning  tavsifidan  iborat  bo’lib, 

odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo’ladi; 

-  o’quvchilarda  o’qish  va  tushunish  savodxonligining  pastligi,  aksariyat 

masalalarda ko’rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi  keragidan ortiq 

axborot  berilib,  ularda  juda  ko’p  yangi  matnli  ma’lumotlarning  borligi  -  masalani 

tushunish, kerakli ma’lumotlarni ajratib olish va uni yechishni yanada og’irlashtiradi; 

- mamlakatimiz maktablari matematika fani o’quv dasturi PISA tadqiqotlarining 

matematik savodxonlikni baholash dasturi  mazmuni va ketma-ketligidan farq qiladi. 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 2

May 2020

458


www.openscience.uz


PISA  sinovlarida  hali  o’tilmagan  mavzular  bo’yicha  topshiriqlar  ham  berilishi 

mumkin; 


-  PISA  topshiriqlarining  berilishi  va  unga  javob  berishning  o’zgachaligi  ham 

o’quvchilarda ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi.  

-  sinovning  kompyuter  asosida  o’tkazilishi  esa  kompyuterda  ishlash  va  ba’zi 

maxsus  ilovalardan  foydalanish  ko’nikmalarini  ham  talab  etadi.  Ba’zi  intraktiv 

topshiriqlarni  bajarish  oldindan  bunday  topshiriqlar  bilan  tanish  bo’lish  va  ularda 

ishlash dasturidan foydalanish ko’nikmalrining shakllanganligiga ham bog’liq bo’ladi.  

Bu  va  shunga  o’xshash  muammolar  borki,  PISA  tadqiqotlarida  ilk  bor 

qatnashayotgan  mamlakatimiz  ta’lim  tizimi  oldida  bir  qator  qo’shimcha  vazifalarni 

ko’ndalang qilib qo’yadi. Bu muammolarni oldindan bilish va ularni hal qilish bo’yicha 

kompleks chora-tadbirlar grafigi va rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.  

Shundan kelib chiqib, sinovlarga tayyorlanish ishlarini tashkil qilishda quyidagi 

jihatlarga e’tibor qaratilishini tavsiya qilamiz: 

-

 

barcha tadqiqot yo’nalishlari doirasidagi umumta’lim fanlari o’qitucvhilarning 



maqsadli  malakasini  oshirish,  PISA  tadqiqotlari  bilan  tanishtirish,  topshiriqlar 

mazmuni va tuzilishi haqida ma’lumot berish, ularni tahlil qilishga qaratilgan seminar-

treninglar tashkil qilish; 

-

 



seminar qatnashchilarini tegishli o’quv materiallari bilan ta’minlash, turli o’quv-

uslubiy adabiyotlarni chop ettirib, joylarga yetkazish; 

-

 

matematika fani o’qituvchilarini nafaqat matematik savodxonlik bo’yicha, balki 



kreativ fikrlash bo’yicha ham tadqiqotlarni o’tkazishga tayyorlash;  

-

 



malaka  oshirishdan  o’tgan  o’qituvchilar  maktabda  to’garak  soatlari  hisobidan 

”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan fakultativ kurslarni 7-, 8- 

va  9-sinf  o’quvchilari  uchun  haftasiga  2  soat  hajmida  tashkil  qilish  tavsiya  etiladi. 

Asosiy e’tiborni 2021-yilda sinovdan o’tadigan 8-sinf o’quvchilariga qaratish lozim 

bo’ladi;  

-

 



matematikani  o’qitishga  tayanch  maktab  sifatida  belgilangan  maktablarning 

PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanishga mas’ul markaz sifatidagi faoliyatini tashkil 

qilish va ularga har tomonlama uslubiy yordam ko’rsatish; 

-

 



televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida 

maxsus  o‘quv  ko‘rsatuvlari  va  videodarslarni  tashkil  qilish.  Ularda  keng  targ’ibot 

ishlarini olib borish. Bu ko’rsatuv orqali ochiq PISA topshiriqlari bilan tanishtirish, 

ularni tahlil qilish va o’qituvchilarga yil bo’yi tegishli uslubiy tavsiyalarni berib borish; 

-

 

vazirlikning  rasmiy  portalida  ”PISA-2021  tadqiqotlariga  tayyorlanamiz”  deb 



nomlangan  maxsus  platformani  va  interaktiv  trenajerni  ishlab  chiqish  va  ularga 

tadqiqotlar bilan bog’liq barcha ma’lumot, xabar va materiallarni joylashtirib borish. 

Onlayn maslahat olish imkoniyatlarini yaratish. 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 2

May 2020


459

www.openscience.uz




-

 

kompyuter  bilan  ishlashning  quyidagi  ko’nikmalarini  shaklllantirishga  e’tibor 



qaratish: kompyuterning dialogli oynasi va “sichqoncha”dan foydalanib, tasvirlarning 

shaklini o‘zgartirish, burish, ko‘chirish va akslantirish; berilgan ma’lumotlar asosida 

jadval,  diagramma,  sxema,  grafiklarni  qurish;  funksiyalarning  tayyor  grafiklaridan 

foydalanish; ma’lumotlarni saralash; qo‘l yoki kompyuter kalkulyatoridan foydalanish; 

maxsus  dastur  yordamida  kasr,  daraja,  ildiz,  katta  yoki  teng,  kichik  yoki  teng, 

ko‘paytirish va bo‘lish kabi belgilarini tera olish.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quvchilarni PISA tadqiqotlari bilan 5- sinfdan 

boshlab tanishtirib borish lozim bo’ladi. Chunki, aynan 5-6- sinflarda matematikaning 

asosiy  hisob-kitob,  ya’ni  arifmetik  ko’nikmalarini  tizimli  ravishda  shakllantisrish 

boshlanadi.  Shuningdek,  PISA  topshiriqlarining  ko’pchiligi  aynan  sonlar  ustida 

arifmetik amallarni bajarish, hisoblash texnikalaridan foydalanishni taqozo qiladi. 7- 

9-sinflarda esa algebra va geometriya fanlarini tizimli o’rganish boshlanadi. 

Matematika  fani  o’quv  dasturini  PISA  tadqiqotlarida  matematik  savodxonlik 

mazmunidan kelib chiqib takomillashtirish lozim bo’ladi. Undagi ba’zi mavzularning 

oldingi  sinflarga  surish  kerak  bo’ladi.  Masalan,  dasturga  kombinatorika,  ehtimollar 

nazariyasi  va  matematik  statistika  elementlarining  5-sinfdan  boshlab  erta qo’shilishi 

lozim.  Shuningdek,  5-6-sinflarda  planimetriya  elementlari  va  fazoyiy  shakllarni 

o’rganishga  ko’proq  e’tibor  berish,  hamda  7-9-sinf  geometriya  kursida 

stereometriyaning boshlang’ich tushunchalarining ham kiritilishi lozim bo’ladi.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  PISA  topshiriqlarini  yechish  uchun 

matematikada chuqur bilim va ko’nikmalarni talab qilinmaydi. Lekin, o’zlashtirilgan 

muayyan  bilim  va  ko’nikmalarni  hayotiy  vaziyatlarga  qo’llashga  juda  katta  e’tibor 

beriladi.  Ularni  fakultativ  kurs  (to’garak)  mashg’ulotlarida  ham  muhokama  qilish 

tavsiya etiladi. Shuningdek, matematika fanidan loyiha ishlariga ham alohida e’tibor 

qaratish  lozim.  Bu  loyiha  ishlariga  mavzu  sifatida  PISA  topshiriqlari  yoki  ularga 

o’xshash kichik ilmiy ishlanishlarni talab qiladigan topshiriqlarni berish tavsiya etiladi. 




Yüklə 168,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə