Ona tili fanining am



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə6/70
tarix08.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#116099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
12951 1 99234C91AAA9B781A564BE115B42B7673518E851

103- mashq. O‘qing. Toshkent shevasida qo‘llangan so‘zlarni aniqlang va ularni adabiy shakli bilan birga (kep-kelib) yozing.
1. Sultona: «Endi boring, ular hozir kep qolishadi», - dedi. (Sh. Siddiqiy.) 2. Bir kun keyin mulla bo‘ladi. Zixni o‘tkir bola. (S. Ahm.) 3. Popop tikishga shundog‘am chevarki! Toshkanning to‘rt dahasida hech kim unga teng kela olmaydi. (O.) 4. O‘shaqqa ketsak yomon bo‘lmaydi. Mani aytdi, dersan. (S.

153
Ahm.) 5. «Ha, inim,– dedi Zebixonning opasi,–uxlagani ketyapsizmi? Vahli-ku?» (S. Ahm.) 6. «Qatta yuribsiz daydib, boydan nima davo topib keldingiz?» – so‘radi Buvsara kesatib. (O.) 7. – Tavba, hech kim seni Portugaliya yo Janubiy Afrika Ittifoqi fuqarosi deyayotgani yo‘q-ku. – Sal bo‘lmasa shunday demoqchiyding. (F. Muhammadiev.) 8. «Umi... u ...anavi yerda, oti minnamaydi»,– deya oldi, xolos. (SH. Siddiqiy.) 9. Oyimla aytdilarki, qolgan ikki oy uchun haqni yaqin kunlarda to‘lar emishlar. (SH. Siddiqiy.) 10. Biletiyla manda, yetib borganda qaytaraman, - dedi. (N.A.) 11. – Opoqing qani? – Ana, kevottila! (H. G‘.)

3. Blits texnologiyasi. (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda oz javoblarini belgilaydilar)


1 CHetdan kirib kelgan sollarga ……deyiladi.
2 O‘xshash shevalar yig‘indisi

3 Kitob, maktab so‘zlari qaysi tildan o‘zlashtirilgan?


4 Non, suv, pul so‘zlari qaysi qatlamga mansub sozlar hisoblanadi?
5 Eskirgan sozlar qatorini belgilang.

6 Ozbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.


7 Leksikologiyada nima o‘rganiladi? 8 Ma’lum bir hududda
qo‘llaniladigan til shakliga ....deyiladi.
9 Kyaylak so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘gri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
10 Paronim so‘zlar qatorini toping
Etti,etdi

Qarluq, qipchoq, o‘g‘iz


Lahja(dialekt)

Faol qatlamga

Syazlarning lug‘aviy ma’nolari
Kiyim turi

SHeva


Kanizak, mingboshi

o‘zlashgan so‘zlar

Arab tilidan

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so‘ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o‘z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.


Tekshirish uchun namuna
1 CHetdan kirib kelgan sollarga 10 Etti,etdi ……deyiladi.
2 O‘xshash shevalar yig‘indisi 6 Qarluq, qipchoq, o‘g‘iz
3 Kitob, maktab so‘zlari qaysi tildan 2 Lahja(dialekt)

154





o‘zlashtirilgan?
4 Non, suv, pul so‘zlari qaysi qatlamga mansub sozlar hisoblanadi?
5 Eskirgan sozlar qatorini belgilang.

6 Ozbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.


7 Leksikologiyada nima o‘rganiladi? 8 Ma’lum bir hududda
qo‘llaniladigan til shakliga ....deyiladi.
9 Kyaylak so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘gri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
10 Paronim so‘zlar qatorini toping

4 Faol qatlamga

7 Syazlarning lug‘aviy ma’nolari
9 Kiyim turi

8 SHeva


5 Kanizak, mingboshi

1 o‘zlashgan so‘zlar



3 Arab tilidan


3. Mustaqil va ijodiy ish. Talabalar o‘zlari mansub bo‘lgan lahja shevasiga xos bo‘lgan sozlar ishtirokida misollar yozadilar.(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning oz misolini to‘g‘ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)
Na’muna- Ulim inagingni jildirib qo‘y.(SH.Xolmirzaev) Ulim-o‘g‘lim, inak-sigir singari.Qipchoq lahjasiga xos bo‘lgan shevalardan olingan so‘z.
5. Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig‘ishtirib olinib natijalari keyingi mashg‘ulotgacha e’lon qilinadi.)
Namuna
1. O‘zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
A) ichki manba B) tashqi manba C) shevalar adabiy tilning emas, balki o‘zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi
D) shevalar adabiy til uchun manba bo‘la olmaydi
2. Quyidagi sinonimik qatordagi so‘zlarning qaysi biri eskirgan? A) osmon B) samo C) ko‘k D) gardun
3. Quyidagi birliklardan qaysi biri nutqqa tayyor holda olib kiriladi? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) ibora; 4) birikma; 5) tasviriy ifoda; 6) gap.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5 4. Shevaga xos so‘zlar qaysi qatorda?
A) maktab, suv, tosh B) yaxshi, yomon, sariq C) men, sen, biz D) moma, mayak, o‘jak
5. Kasb-hunar so‘zlari qaysi qatorda?
A) Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi. B) Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda. C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do‘konxona yuzini
155

tutgan. D) Deraza tokchalarida tuvaklarda gullar bor.
6. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega?
A) yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq B) og‘zi qulog‘ida bo‘lmoq C) boshga ko‘tarmoq D) boshida yong‘oq chaqmoq
7. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardan iborat qatorni toping.
A) ijod, lug‘at, hikmat B) o‘rda, kamtar, mirshab C) maktab, pichoq, bahor D) g‘isht, peshona, dono
8. Iboralar nutqning qaysi uslubida ko‘proq qo‘llanadi?
A) ilmiy uslubda B) badiiy uslubda C) so‘zlashuv uslubida D) B, C. 9. Iborani aniqlang.
A) It bolaning barmog‘ini tishlab olibdi. B) Otaxonning avaylab olib ketayotgan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi.
C) Xabarni eshitib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi. D) Qizcha oyisining etagidan ushlab borar edi.
10. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar birikib, bir ko‘chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?
A) qo‘shma so‘z B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi C) frazeologik birikma D) so‘z birikmasi

167-mashq. Berilgan so‘zlarni adabiy til va shevaga oid so‘zlarga ajratib yozing.
Do‘ppi, go‘sala, to‘sin, juvona, zangi, gujum, donasho‘rak, buzoq, inak, narvon, zaldori, shoti, sabzi, qaroli, sigir, paypoq, dala, o‘rik, bodberak, chayla, xapitmoq, varrak, g‘olin, turshak, dala, qayrag‘och, yobon, koza, mag‘al, mos, kalapo‘sh, qo-lin, ota, gilam, lo‘li, qayish, shilpildoq, gilos, mo‘ylov, olcha, qaptal, yon, g‘o‘z, objo‘sh, ada, bo‘lakdan, bopta, burut, o‘jak, jo‘gi, jelatka, nimcha, jilob, g‘ilak, sho‘rdanak, burjaq, do‘l, gashir, olxo‘ri, novvos, atiz, karvich, g‘isht, bolor, cho‘-milmoq, pichak, somsa, dajam, g‘azab.

168-mashq. Gaplardagi sheva so‘zlarni topib, ma’nosini izohlang. Yozuvchi bu so‘zlarni nima maqsadda ishlatganini tushuntiring.

1. Xudoyor muhr bosish asnosi yozilgan yorlig‘ va nomalarni o‘qitib eshitar, munshiylarning eshitilmagan arab va fors so‘zlari orqali to‘qig‘an yarim turkiy jumlalariga aksar vaqt tushunmas: “Enalaring‘ arapqa tekkanma?” deb mirzo, muftilarni koyir edi. (A. Qodiriy) 2. Qora burti ko‘kka o‘sgan, bet qip-qizil. (G. G‘u-lom) 3. Uyiga militsioner yuborib yuragini po‘killatib qo‘yardim. O‘zi oyogini qo‘liga olib yugurib kelardi elanib! (S. Nurov) 4. Oying bilan magazinga chiqinglar-da, yetmaganiga qo‘shib, bitta bopta kostum olinglar. (M. Ismoiliy) 5. Rayim yaznamiz sal g‘irrom kuyovlardan chiqib qoldi. (S. Siyoyev) 6. Toshsoqa magistral kanalining ham quti o‘chib qolgan – suv o‘ltangda shildirab qolgan. (E. Rahim) 7. Odamlar cholni o‘rlikda qancha ayblamasin, lekin u jo‘n turmushga ko‘nikib ketolmadi. (N. Norqobilov) 8. Hoy uka, sekinroq gapir, qopining orqasida odam bor. (J. Sharipov) 9. – Osilgan kim? – Qiyotlik g‘o‘ch yigit. (J. Sharipov) 10.

156
Poyteshada bolor chopaverib bellaring qotib ketgandir. (S. Ahmad) 11. Bir kun deng, shunday isitma qildim, varaja tutdi. (N. Aminov)


12. – Zomicha dumcha berib, Qovun pishdi, yor-yor! Bizning Sayyot qishloqqa
Kelin tushdi, yor-yor! (T. Jo‘ra)
13. Shundoq ajib yurtsan, jon Qozog‘iston, Qardoshim, qurdoshim, bovurim azal! (A. Oripov)

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə