Она тили 5-синф 1-вариант (оддий) Qaysi javobda faqat ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar berilgan?



Yüklə 102,63 Kb.
tarix17.04.2018
ölçüsü102,63 Kb.
#38810


Она тили 5-синф 1-вариант (оддий)
1. Qaysi javobda faqat ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar berilgan?

A. qimmat(baho), erk(sevar), xom(tok)

B. hech(qachon), har(bir), hech(nima)

C. sof(dil), har(doim), ko‘z(oynak)

D. shirin(so‘z), kul(rang), ish(yoqmas)

2. Uddaburonlik, abjirlik haqidagi maqol berilgan qatorni belgilang.

A. Har ishing o‘z vaqti bor. B. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.

C. Yetti o‘lchab, bir kes. D. Qalovini topsang qor ham yonadi.

3. Roviylar ro‘yxati nima deyiladi?

A. sanad B. musnad C. matn D. sahoba



4. Qaysi ertak qahramoni egasi tomonidan suv o‘rniga sharbat, o‘t o‘rniga mayiz bilan siylanadi?

A. “Susambil”da Eshak B. “Susambil”da Ho‘kiz

C. “Bulbul”da Haqiqiy bulbul D. “Bulbul”da Soxta bulbul

5. Asli forscha so‘z bo‘lib, topishmoq, jumboq ma’nosini anglatuvchi so‘zni toping.

A. chiston B. ellips C. smatal D. topmacha



6. Maqol, matal, topishmoq kabilar xalq og‘zaki ijodining qaysi turiga kiradi?

A. epik turiga B. maxsus turga C. lirik turiga D. dramatik turga



7. “Olma olmadan uzoq tushmaydi” maqoliga mazmunan yaqinini belgilang.

A. Xalqqa xizmat-oliy himmat B. Qarisan, qartasan-axir aslingga qaytasan.

C. Bilim baxt keltirar D. Bugungi ishni ertaga qo‘yma

8. Dadam, oyim va men hayvonot bog‘iga bordik. Gapda qaysi bo‘lak uyushgan?

A. aniqlovchi B. to‘ldiruvchi C. ega D. hol



9. Qaysi qatorda takroriy so‘z qo‘llangan gap berilgan?

A. Achichiq savol berib, shirin javob kutma.

B. Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi o‘quv dargohi sanaladi.

C. Shoir bu xiyobonga tez-tez kelib turar edi.

D. El-yurt manfaati uchun kurashish hammaning burchidir.

10. Tilshunoslikning punktuatsiya bo‘limida nimalar o‘rganiladi?

A. So‘z birikmasi va gap turlari

B. Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash qoidalari.

C. Tovush va uning turlari

D. Imlo qoidalari

11. Ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so‘z va so‘zlar qo‘shilmasiga ……. deyiladi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.

A. so‘z birikmasi B. so‘z qo‘shilmasi C. gap D. ibora



12. Qaysi qatorda so‘roq olmoshi yordamida ifodalangan so‘roq gap berilgan?

A. Shu aziz Vatan barchamizniki emasmi?

B. Esingni yeb qo‘yibsan-ku?

C. Do‘stlik buyuk ne’mat ekanligini bilasizmi?

D. Boku qaysi davlatning poytaxti?

13. Shaxs otlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A. tadbirkor, mezbon, mashina B. do‘st, gugurt, oftob

C. shisha, daryo, shoir D. bola, mezbon, usta

14. Maktabda shoirlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu gapda otlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelayotganligini tartib bilan ko‘rsating.

A. ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi B. aniqlovchi, ega hol

C. hol, aniqlovchi, ega D. hol, ega, aniqlovchi

15. Menda qalam va daftar bor. Ushbu gapda otning ma’no turiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?

A. shaxs otlari B. narsa-buyum otlari

C. o‘rin-joy otlari D. atoqli otlar

16. Undov so‘z qatnashgan gapni ko‘rsating.

A. Hoy yigit, bu qanday joy?

B. Uzoqdan qo‘y-qo‘zilarning ma’ragani eshitildi.

C. Xalqimizning tinchligi va totuvligiga ko‘z tegmasin.

D. Shu gap rost bo‘lsa-ya?

17. Qaysi javobda faqat ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar berilgan?

A. qimmat(baho), erk(sevar), xom(tok) B. hech(qachon), har(bir), hech(nima)

C. sof(dil), har(doim), ko‘z(oynak) D. shirin(so‘z), kul(rang), ish(yoqmas)

18. Uddaburonlik, abjirlik haqidagi maqol berilgan qatorni belgilang.

A. Har ishing o‘z vaqti bor. B. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.

C. Yetti o‘lchab, bir kes. D. Qalovini topsang qor ham yonadi.

19. Uzoqdan itlarning vov-vov degan tovushi eshitildi. Ostiga chizilgan so‘z qanday so‘z hisoblanadi?

20. O‘shanda, bunda olmoshlarida qanday tovush o‘zgarishi yuz bergan?

21. Tovush paychalari, lablar va til qanday a’zolar hisoblanadi?

22. “Oyog‘ing olti, qo‘log‘ing yeti bo‘lib qoldi-a!” ushbu fikrlar “Uloqda” hikoyasidagi qaysi personaj nutqidan bayon etilgan?

23. Quyidagi parchadagi so‘zlar “Bulbul” ertagining qaysi qahramoni tomonidan aytilgan?

Shunday kichik jonivorning ovozi shu qadar kuchliligini qaranglar! Lekin biz bu qushning ovozini ilgariyam eshitgandaymiz!”.



24. Otasi etikdo‘zlik bilan shug‘ullangan adib kim?

25. Oybekning birinchi she’riy to‘plami nomi nima?
5- sinf. Ona tili . 2-вариант



  1. Sintaksis nimani o’rgatadi?

A. Gap va uning tuzilishini. B. So’z ma’nosini. C. Tovushlarni. D. Iboralarni.

2. So’zlar teng bog’langan qatorni toping.

A. Olmani yemoq; B. Olma va o’rik; C. Sutni ichmoq; D. Toshbaqa;

3. Gap ifoda maqsadiga ko’ra necha turli bo’ladi?

A. 2 tur B. 3 tur C. 4 tur D. 5 tur

4. Til qanday hodisa sanaladi?

A. Til siyosiy hodisa sanaladi. B. Til ijtimoiy hodisa sanaladi.

C. Til hech qanday hodisa emas. D. To’g’ri javob yo’q.

5. Ma’nodosh so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?

A. ma’nosi bir~ biriga yaqin bo’lgan so’zlar; B. shakli bir xil so’zlar;

C. qarama~ qarshi ma’noli so’zlar; D. to’g’ri javob yo’q;

6. “kitobni olmoq” birikmasi qanday usul bilan bog’langan?

A. tobe bog’lanish; B. teng bog’lanish; C. qo’shma so’z ; D. juft so’z;

7. Nonni istof qilma. Gapning turini aniqlang.

A. Darak gap; B. So’roq gap; C. Buyruq gap; D. Istak gap;

8. O’zbek tilida nechta kelishik bor?

A. 5 ta B. 6 ta C. 4 ta D. 7 ta

9. Qanday til o’lik til deyiladi ?

A. Insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til; C. Hamma til o’lik til;

B. Muomalada bo’lgan til ; D. O’lik til yo’q;

10. Mehmon otangdan ulug’. Gapida otangdan so’zi qanday gap bo’lagi?

A. Ega B. Hol C. To’ldiruvchi D. Aniqlovchi

11. « Qo’rqqanga qo’sha ko’rina,r »~ deydi xalqimiz. Qanday gap ?

A. So’roq gap B. Buyruq gap C. Ko’chirma gap D. Istak gap

12. Ko’chirma gapda qanday tinish belgilari ishlatiladi ?

A. nuqta, vergul, B. qo’shtirnoq, tire C. ikki nuqta D. barchasi

13. Dialog nima?

A. bir kishining nutqi; B. ikki kishining nutqi;

C. asardan parcha ; D. o’zgalarning nutqi;

14. Oppoq ko’ylak Boburga juda yarashdi. Ushbu gapdan sifatni toping.

A. ko’ylak B. Boburga C. oppoq D. yarashdi

15. His~ hayajon gapni toping.

A. Qish sovuq keldi. B. Voy, oyim keldilar! C. Ko’ngli qoldi. D. Qo’ng’iroqni chal.

16. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?

A. 10 ta B. 5 ta C. 6 ta D. 4 ta

17. Kecha men bayramga bordim. Bu gapdagi fe’lni aniqlang.

A. bayramga B. men C. kecha D. bordim

18. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so’zlar nima deyiladi?

A. olmosh B. fe’l C. ravish D. sifat

19. Gapning markazi qaysi bo’lak?

20. Joy nomlari qanday yoziladi?

21. Men kinoga bordim. Ushbu gapda fe’lning qaysi zamoni qo’llangan?

22. Mustaqil so’z turkumlarini sanab bering.

23. O’zbek tilida nechta tinish belgisi bor?

24. Sifat deb nimaga aytiladi?

25. Ko’chirma gapga misol yozing.



6- sinf. Ona tili . 1 вариант
1.Qaysi qo’shimcha asosga birinchi bo’lib qo’shiladi?

A. Egalik qo’shimchalari; B. So’z yasovchi qo’shimchalar;

C. Shakl yasovchi qo’shimchalar: D. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar;

2. Morfologiya bo’limida nima o’rganiladi?

A. so’zlarning atash ma’nosi B. so’zning grammatik ma’nosi

C. so’z birikmasi va gapning tuzilishi D. tovushlar tizimini

3. Qaysi qatorda old qoshimchalar berilgan?

A. ~bon, ~shunos, B. ~lar , ~ guncha, C. be~, ser~ D. ~lar, ~ gi

4. Qaysi qatorda o’timli fe’l berilgan?

A. uxladi B. qaradi C. ishladi D. o’xshadi

5. Qaysi qatorda mustaqil so’z turkumlari berilgan?

A. undov so’z , yuklama B. taqlid so’z, C. undov so’z, ko’makchi

D. ot, sifat, son , olmosh, fe’l, ravish

6. Holat fe’li qaysi qatorda berilgan?

A. silkinmoq, B. oqlamoq, C. qimirlamoq D.o’ylamoq

7. Qaysi fe’lda harakat bajaruvchi shaxs aniq?

A. kuldi B. bajarildi C. pishirishdi D. tarandi

8. Yasama so’zlarni toping.

A. temir, yutuq B. ko’chki, gapdon C. qushcha , gullar D ko’ylak, kitoblar

9. Fe’l nisbatlarining qaysi birida harakat bajaruvchi birdan ortiq?

A. majhul nisbat B. aniq nisbat C. birgalik nisbat D. orttirma nisbat

10. Fe’llarning vazifa shakllari nechta ?

A. 5 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 2 ta

11. Fe’lning otga xoslangan shakli nima deyiladi ?

A. sof fe’l B. sifatdosh C. ravishdosh D. harakat nomi

12. Chiroyli yozishni o’rgan. Berilgan gapda harakat nomi ganday vazifada kelayapti?

A. ega B. kesim C. hol D. to’ldiruvchi

13.Ishlayotgan xonamiz keng va yorug’. Yuqoridagi gapdan sifatdoshni toping.

A. ishlayotgan B. xona C. keng D. yorug’

14. Zamon, shaxs~ son qo’shimchalari qaysi fe’llarga qo’shiladi?

A. faqat ko’makchi fe’lga B. faqat yetakchi fe’lga

C. ikkalasiga ham D. to’g’ri javob yo’q

15. Aqliy faoliyat fe’li berilgan qatorni toping.

A. gapirmoq B. kesmoq C. ijod qilmoq D. qaramoq

16. Fe’llar tuzilishiga ko’ra necha turli bo’ladi?

A. 2 turli B. 3 turli C. 4 turli D. 5 turli

17. O’timsiz fe’l ishtirok etgan gapni toping.

A. Shaxnoza uyi tomonga yugurdi. B. Yoz kelguncha ularga hech kim tegmaydi, yo’lini to’smaydi. C. Mehnat baxt keltiradi. D to’g’ri javob yo’q.

18. BMT, MDH so’zlariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?

A. juft so’z B. qisqartma so’z C. qo’shma so’z D. yasama so’z

19. Fe’l asosiga birdan ortiq nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkinmi?

20. So’z tarkibini ketma ~ ket yozing.

21. Orttirma nisbat shaklini yasovchi qo’shimchalarni yozing.

22. Yetakchi fe’l deb nimaga aytiladi?

23. Fe’lning vazifa shakllarini ketma~ ketlikda yozing.

24.Fe’llarning ma’noviy guruhlari qaysilar?

25.Payt ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarga misollar yozing.
Она тили 7-синф 1-вариант (оддий)
1. Qaysi qatorda o‘rin-payt kelishigi noto‘g‘ri qo‘llanilgan?

A. Senda biror kishining haqqi yo‘q. B. Betga aytganning zahri yo‘q.

C. Yosh ko‘nglimga orzularim ko‘p. D. Kutubxonadan keldim.

2. Bizning uyimiz juda katta. Ushbu gapda qanday qo‘shimchalar ishtirok etgan?

A. egalik, kelishik B. egalik, shaxs-son

C. kelishik, kesimlik shakli D. shaxs-son, murakkab qo‘shimcha

3. Orqa, old, ost, ust so‘zlari qaysi yordamchi so‘z o‘rnida qo‘llanilishini mumkin?

A. bog‘lovchi B. yuklama C. ko‘makchi D. undalma



4. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning qaysi turi gap bo‘laklarini va gaplarni tobelantirib bog‘laydi?

A. chunki, negaki B. agar C. ya’ni D. basharti



5. Julqunboy, ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir. Ushbu gapda bog‘lovchilarning qaysi turi ishtirok etgan?

A. shart bog‘lovchisi B. sabab bog‘lovchisi

C. aniqlovchi bog‘lovchisi D. A va C javoblar

6. Qaysi qatorda Saida Zunnunova qalamiga mansub pyesalar berilgan?

A. “Do‘stlik”, “Qanot” B. “Ko‘chalar charog‘on”, “Gulxan”

C. “Ona”, “Ko‘zlar” D. “Gullar vodiysi”, “Xayrixon”

7. Shuhratning qaysi romani vafoti sababli tugallanmay qoldi?

A. “Mashrab” B. “Oltin zanglamas” C. “Raymonda” D. “Ona va farzand”



8. Mirmuhsin 1963-1971-yillarda qaysi jurnalning bosh muharriri lavozimida ishladi?

A. “Mushtum” B. “Sharq yulduzi” C. “Guliston” D. “Qizil O‘zbekiston”



9. Yurtimizning qaysi hududida xalq dostonlari tor jo‘rligida aytiladi?

A. Surxon vohasida B. Qashqadaryo hududida

C. Farg‘onada D. Xorazmda

10. “Ravshan” dostonida Shirvon bozorining tasviriga bag‘ishlangan tasvir necha misrani tashkil etadi?

A. 150 misra B. 145 misra C. 125 misra D. 100 misra



11. Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos xususiyatni orttirib ko‘rsatishga ....... deyiladi.

A. mubolag‘a B. obraz C. timsol D. sujet



12. Qaysi shoirning otasi o‘z davrining iste’dodli shoiri bo‘lib, Ozodiy taxallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozgan, turkman adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan edi?

A. Berdaq B. Maxtumquli C. Turdi Farog‘iy D. Abay



13. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?

A. –chi, -a, -li, -ser B. –lar, -cha, -choq, -roq

C. –ser, -a, -cha, -li D. –cha, -choq, -li, -ser

14. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping.

A. olmosh, sifat, son, atoqli gap B. arra, randa, qo‘shish

C. gavra, beshik, belanchak. D. paranji, qumg‘on

15. Qaysi qatorda belgilash olmoshi qatnashgan gap berilgan?

A. Dunyoda nima kuchli?

B. O‘z yurtimda ozod farzandman.

C. Butun xalq yopirilib, masalaga oydinlik kiritishdi.

D. Kimdir bu boylikka ko‘z tikkan edi.

16. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbat yasalmaydi?

A. qiynamoq B. kavshamoq C. yayramoq D. so‘kmoq



17. O‘qigan maqsadiga yetadi. Ushbu gapdagi sifatdosh gapning qaysi bo‘lagi vazifasida kelgan?

A. ega B. kesim C. hol D. ravishdosh



18. Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda o‘zgarishiga nima deyiladi?

A. tuslanish B. turlanish C. otlashish D. birikish



19. “Oq kema” qissasidagi qaysi obraz toʻkislik, mehr-oqibat, diydor ramzi sanaladi?

20. “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga ko‘ra”, “Yer yonganda” dramalari muallifi kim?

21. Alisher Navoiy qaysi shaharni o‘z asarlarida “firdavsmonand” (jannatmisol) deb ta’riflaydi?

22. Olmoshlarning qaysi turiga egalik va kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush tushishi va orttirilishi yuz beradi?

23. Qaysi kelishik shakli o‘timli fe’l bilan bog‘lanib keladi?

24. Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchilarida tinish belgisi qay tartibda qo‘llaniladi.

25. Ismlarning ko‘plik, kichraytirish, erkalash ma’nosini bildiruvchi qo‘shimchalari qo‘shimchaning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?


7-sinf ona tili 2 вариант
1.Olmoshlar ma’nosiga ko’ra necha turga bo’linadi?

A.8 B.5 C.6 D.7

2.Kishili olmoshlarini belgilang.

A.u, bu, biz, kim

B.men, sen u

C.kimdir, allakimdir

D.hamma barcha

3.Kelishik qo’shimchasi qo’shilganida bir n tovushi ortirilib talaffuz qilinadigan olmoshlar qatorini toping.

A.men, sen

B.shu, bu

C.biz, siz

D.qancha, qalay

4.Mustaqillik bizga milliy ma’naviyat olamini ochib berdi. Ushbu gapdagi olmosh turini aniqlang

A.ko’rsatish

B.belgilash

C.kishilik

D.gumon

5.Har, so’zi orqali qaysi olmosh turi yasaladi



A.bo’lishsizlik

B.belgilash

C.kishilik

D.gumon


6.Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha turli?

A.4 B.3 C.2 D.7

7.Har kim bilganicha maslahat bera boshladi.

Gapda qo’lanilgan olmoshning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang

A.sodda, olmosh

B.qo’shma olmash

C.juft olmosh

D.takror olmosh

8.Nuqtalar o’rniga mos munosabat shaklini yasovchi qo’shimchalar qo’ying.

Dono….. koptok…..

A.san, dir C.ning, i

B.man, siz D.im, ingiz

9.Undosh bilan tugagan ismlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi

A.-im, -imiz C.-I, -si

B.-m, -imiz D.-im, -ngiz

10.Gaplardan ot kesimli gapni aniqlang

A.u she’rni yod oldi

B.qo’shiq ijro etildi

C.Toshkent bunchalar go’zalsan

D.Tong otdi

11.O’zbek tilida nechta kelishik bor

A.5 B.6 C.7 D.8

12.Betda aytganning zahri yo’q

Qo’llanilgan kelishik qo’shimchalarini belgilang

A.tushum, jo’nalish

B.jo’nalish, chiqish

C.qaratqich, jo’nalish

D.jo’nalish, o’rin-payt

13.Bosh kelishik shakli qanday qoshimchaga ega

A.maxsus qo’shimchaga ega emas

B.qo’shimchaga ega

C.-ning, -ni

D.-ga, -da

14.Kitob o’qidim. Gapda qaysi kelishik qo’shimchasi tushib qolgan

A.jo’nalish

B.tushum


C.qaratqich

D.chiqish

15.Yordamchi so’zlar qatorini belgilang

A.ot, sifat

B.fe’l, olmosh

C.ko’makchi, bog’lovchi

D.yuklama, son

16.Sof ko’makchilarni aniqlang

A.bilan, uchun

B.sayin, orqa

C.singari, so’ng

D.kabi, keyin

17.Takror qo’llanadigan bog’lovchilarni toping

A.va, ammo

B.yo-yo, goh-goh

C.lekin, biroq

D.ammo, dam…dam

18.Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra necha turga bo’linadi

A.2 B.3 C.4 D.5

19.Bo’lishsizlik olmoshi qanday hosil qilinadi?

20.Fonetika nimalar haqida maslahat beradi?

21.Olmoshning atash ma’nosi bo’ladimi?

22.Orfografiya nimani o’rgatadi?

23.Qadimda so’zlar qanday guruhlarga bo’lingan?

24.Ismlar deganda qaysi so’z turkumlari tushuniladi?

25.Turlanish nima?




Она тили 8-синф 1-вариант (оддий)
1. Men o‘qidim. Ushbu gap ega va kesimning ishtirok etish darajasiga ko‘ra qanday gap?

A. sodda yoyiq gap B. atov gap C. sodda yig‘iq gap D. so‘z-gap



2. Qaysi qatorda ega taqlid so‘z bilan ifodalangan?

A. Qars ikki qo‘ldan chiqadi B. Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi

C. O‘qish jafoli, keti vafoli D. Ishlamoq ishtaha ochar

3. Payt holi ishtirok etgan gap qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A. Hozir maktab o‘quvchisiman, kelasi yil talaba bo‘laman.

B. Shu gapni besh marta aytdingiz.

C. Bulbulning xush ovozi barchaga birdek yoqdi.

D. Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqib ketishdi.

4. Biror bo‘lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodalash uchun zarur bo‘lgan hamma bo‘laklari saqlangan gaplar….

A. to‘liqsiz gap B. to‘liq gap C. sodda gap D. qo‘shma gap



5. Hozirgi o‘zbek yozuvida necha xil tinish belgisidan foydalaniladi?

A. 5 xil B. 6 xil C. 10 xil D. 3 xil



6. Sal o‘tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. Ushbu gapda holning qaysi ma’no turi ishtirok etgan?

A. maqsad holi B. ravish holi C. payt va o‘rin holi D. miqdor holi va payt holi



7. “Qutadg‘u bilig ”asarining Vena nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan?

A. uyg‘ur yozuvida B. arab yozuvida

C. turkiy yozuvida D. so‘g‘d yozuvida

8. Chinliklar “Qutadg‘u bilig ”asarini qanday antaganlar?

A. “Adab ul-muluk” B. “Amin ul- mamlakat”

C. “Ziynat ul-umaro” D. “Shohnomai turkiy”

9. Muqarrabi shohiy atamasiga qaysi javobda to‘g‘ri izoh berilgan?

A. shohning do‘sti-birodari

B. shohning maktublarini nazorat qiluvchi

C. shohning eng yaqin kishisi

D. shohning boshqa davlatlar bilan olib boradigan yozishmalarini qayd qiluvchi kotib.

10. Faqat otli so‘z birikma berilgan qatorni toping.

A. chumchuqning chug‘urlashi, tez yugurmoq

B. chiroyli ko‘cha, mehribon murabbiy

C. bolalarning beshtasi, kitobni o‘qimoq

D. ohista gapirmoq, beqiyos o‘lka

11. Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang.

A. gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq

B. baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo

C. yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi

D. maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq

12. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim?

A. Kitob bilim manbayi.

B. Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman.

C. Men baxtli insonman.

D. Hammayoq top-toza chiroyli.

13. Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar….

A. qo‘shimcha gap deyiladi B. sodda gap deyiladi

C. so‘roq gap deyiladi D. qo‘shma so‘z deyiladi

14. Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. Ushbu gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap?

A. qo‘shma gap B. sodda gap B. sodda yoyiq gap D. darak gap



15. Qaysi qatorda ega ishtirok etmagan gap berilgan?

A. Bekzodjon bugun maktabga bordi.

B. Azizjon oyisiga yordam berdi.

C. Bog‘bon yangi uzilgan mevalardan keltirdi.

D. Yangi filmni tomosha qildik.

16. Ritorik so‘roq gap berilgan qatorni toping.

A. Bekzodjon judayam sho‘x bola.

B. Maktabga qachon borasan?

C. Qanday go‘zal bu olam?!

D. Qachon dars tayyorlaysan?

17. Dunyoda hamma baxtli bo‘lsa edi. Ushbu gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap.

A. darak B. so‘roq C. istak D. buyruq gap



18. To‘ylar muborak! Ushbu gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap?

A. darak B. undov C. istak D. buyruq gap


19. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq baxshisi”qachon ta’sis etildi?

20. Kuntug‘mish dostonida Xolbeka unga uylanmoqchi bo‘lib, sovchi qo‘ygan yigitlarga qanday shart qo‘ygan edi?

21. “Muxtasar islom tarixi”, “O‘qi”singari darsliklar muallifi kim?

22. Har bandi yetti misradan iborat musammat qanday nomlanadi?

23. Fitratning fors tilida yozilgan ilk she’riiy to‘plami qanday nomlanadi?

24. Hamza dastlabgi asarlarida qanday taxallusni qo‘llagan?

25. Usmon Nosirning qaysi she’rida Petrarka, Sapfo, Gamlet,Otello, Dezdemona singari ijodkor va adabiy qahramonlar obrazi uchraydi?


8-sinf ona tili 2 вариант
1.Mustaqil so’z turkumlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang

A.fe’l, ot, sifat, son.. B.fe’l, ot, bog’lovchi C.fe’l, ko’makchi, ot

2.Yordamchi so’zlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang

A.fe’l,bog’lovchi, ko’makchi

B.ot. bog’lovchi, yuklama

C.bog’lovchi, ko’makchi, yuklama

3.Quyidagi ta’rif qaysi so’z turkumiga tegishli?

Mustaqil ma’noga ega bo’lib, gapda biror gap bo’lagi vazifasida keladi.

A.yordamchi so’zlar

B.mustaqil so’zlar

C.yordamchi va mustaqil so’zlar

4.Olmoshning nechta ma’no turi mavjud?

A.5 B.6 C7

5.Insho mazmun mohiyatiga ko’ra necha turli bo’ladi?

A.3 B.2 C.4

6.O’quvchining ijodiy munosabati qo’shilib ifodalanadigan insho inshoning qaysi turiga kiradi?

A.erkin mavzudagi inshoga

B.adabiy-ijodiy

C.adabiy mavzudagi inshoga

7.Muayyan badiiy sar yoki undagi badiiy qahramonlar haqidagi insho inshoning qaysi turiga kiradi?

A.adabiy mavzudagi

B.adbiy-ijodiy

C.erkin mavzudagi

8.Tilshunoslik fanining tinish belgilarini o’rganadigan bo’limi qaysi?

A.Punktuatsiya

B.sintaksis

C.leksikologiya

9.So’z birikimasi qanday so’zlardan tuziladi?

A.ma’nodosh

B.hokim va tobe so’zlardan

C.juf so’zlardan

10.Bitishuv yo’li bilan bog’langan so’zlar qatorini belgilang

A.tez termoq, chiroyli gapirmoq

B.paxtani termoq, mavzuni gapirmoq

C.paxtaning bargi, matnni mavzusi

11.Ko’zini yog’ bosgan Quyidagi jumlaga izoh bering

A.so’z birikmasi

B.ibora


C.yo’g’ri javob yo’q

12.So’z birikmasini toping

A.maqolani o’qimoq

B.maqolani o’qidim

C.maqolani o’qib chiqdim

13.Gapni toping

A.qiziqarli mashg’ulot

B.Mashg’ulot qiziqarlidir

C.maqolani o’qimoq

14.Soz birikmasi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping

A.dori boshog’rig’ini qoldiradi

B.”Boshog’riqni ko’paytirma “ – dedi rahbarimiz.

C.to’g’ri javob berilmagan

15.Boshqaruv yo’li bilan bog’langan so’zlar qatorini belgilang

A.chiroyli o’qimoq, charchagan o’quvchi

B.do’stlarni ko’rmoq, sharoitga moslashmoq

C.sizning ukangiz, bizning sinfimiz

16.Moslashuv yo’li bilan bog’langan so’zlar qatorini belghilang

A.chiroyli gapirmoq, shoshgan o’quvchi

B.Do’stlarni ko’rmoq, sharoitga moslashmoq

C.sizning ukangiz, bizning sinfimiz

17.Teng bog’langan so’zlar qatorini ko’rsating

A.kitob va daftar, men va singlim

B.mening kitobim, mening singlim

C.to’g’ri javob yo’q

18.Tobe bog’lanishli so’zlar qatorini ko’rsating

A.mening kitobim, mening singlim

B.kitob va daftar, qalamning rangi

C.to’g’ri javob yo’q

19.So’z birikmalari tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi necha turli?

A.3 B.2 C.4

20.Epigraf nima?

21.Erkin mavzudagi inshoga ta’rif bering

22.Tilning qanday bolimi sintaksis deyiladi?

23.So’z birikmasida so’zlarni bog’lashga xizmat qiluvchi vositalar qaysilar

24.Til birliklari deb nimaga aytiladi?

25.Gap nima? Gapning so’z birikmasidan farqi nimada?

Она тили 5-синф 1-вариант (ихтисослаштирилган)
1. Faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qatorini toping.

A) Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi B) bola, o‘quvchi, temir, mis C) bo‘ron, qo‘zg‘olon, qo‘l, muallim D) ko‘z, quloq, burun, g‘ildirak

2. Ko‘plik ma’nosi qo‘shimchasiz holda ifodalangan qatorni aniqlang.



A) Har doim sofdil bo‘laylik. B) Ko‘chada bir qancha bola ko‘rindi. C) B,D D) Har rastada ming-ming do‘kon

3. Turlanish bilan bog‘liq tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping

A) kitob, xo‘roz, ittifoq B) samo, osmon, shivir

C) bo‘taloq, chiroq, etik D) o‘qish, pedagog, etti

4. Tushum kelishigining belgisiz ishlatilishi asosan qaysi so‘z turkumlariga xos?

A) ot turkumidagi barcha so‘zlarga xos B) faqat turdosh otlarga xos C) ot, olmosh, sifat va songa xos D) ot va olmoshga xos

5. Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k yoki q tovushi o‘zgarmaydi?

A) o‘rik, tuproq, istak B) o‘rtoq, kelajak, qarmoq C) idrok, nutq, axloq D) koptok, pichoq, tirnoq

6. Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo‘shilganda, keyingi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi?

A) bilim, vazir, bog‘ich B) vakil, voris, do‘stlik C) o‘rin, bo‘yin, o‘g‘il D) idish, ilik, ayiq

7. -m egalik qo‘shimchasining vazifasi to‘g‘ri ifodalangan javobni toping.

A) fe’llarga qo‘shilib, birinchi shaxsni ifodalaydi B) fe’llarga qo‘shilib, ot yasaydi C) unli bilan tugagan otlarga qo‘shilib qarashlilikni ifodalaydi D) fe’llarga qo‘shilib miqdor anglatuvchi ot yasaydi

8. Qaysi qatordagi otlarga II shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan?

A) kitobim, onam B) xulqingiz, onangiz D) yurlaring, borlaring C) daftaring, ukang

9. «G`аnim» sо`zining zid mа’nоli juftini аniqlаng.

А. Tо`g`ri В. Dо`st. S. Yоv D. Yaхshi

10. –dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi?

А. Bo’ylab В. Yarasha S. Yanglig’ D. Asosan

11.”Uch og’a-ini botirlar”ning otlari ketma-ketlikda sanalgan qatorni ko’rsating?

А. Boychibor,Qora toy,Ko’k toy В.Saman toy,Jiyronqush,Qora toy S. Qora toy,Ko’k toy,Saman toy

D. Qora toy,Saman toy,Ko’k toy.

12. Roviylar asosan necha xil bo’lgan?

А. Sahobalar,ummatlar В. Ummatlar,tobeinlar S. Sahobalar,tobeinlar D. Sahobalar,tobeinlar,ummatlar.

13. Tintuvdan so`ng Gulliverning nimalarini olib qo`yishadi?

А. Qilich, to`pponchalar, o`q va porox solingan sumka В. Qilich, to`pponchalar, o`q , porox solingan sumka va soat S. Qilich, to`pponchalar, o`q va porox solingan sumka, oltin D. Qilich, to`pponchalar, o`q va porox solingan sumka, taroq

14. Ekzyuperining”Erkaklar zamini”romaniga qanday mukofot berilgan?

А. Fransiya akademiyasining Gran Pri mukofoti В. “Femina” S. “Nobel” D. “Oltin qalam”

15. “Ey sarbon,ohista yur,oromijon ketmoqdadur…”Misra muallifi kim?

АNavoiy В. Bobur S. Hofiz Sheroziy D. Sa’diy Sheroziy

16. “Bo’ston”va “Guliston”asarlari qachon yozilgan?

А 1256-1257-yillarda В. 1257-1258-yillarda


S. 1258-1259-yillarda D. 1260- 1261-yillarda

17. “Kichkina shahzoda” asarida korchalon nechanchi astroidda yashaydi ?

18. “Ohu” kema kapitani kim

19. Mistar so`zining ma’nosi nima?

20. Kichkina Shahzodaga doimiy yo`ldosh….

21. Mirtemirning 1-she’ri qachon e’lon qilingan?

22. Turlanish qaysi so`z turkumlariga xos

23. Urg`u turlari nechta?

24. Gap urg`usi qanday aniqlanadi?

25. Olmosh turlari nechta?



Она тили 6-синф 1-вариант (ихтисослаштирилган)
1.Quyidagi gaplarning qaysi birida ko`chma ma`noli so`z ishtirok etgan. 1) U ko`l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi .2) Osmonda to`lin oy charaqladi. 3) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugur di. A) 1,2 B) 1,3 C)2,3 D) 1,2,3.

2.Shakldosh so`zlar qatorini belgilang. A) ter, bor, burj B) tuz,tup, tush C) soz, yuz ,tog` D) bor, tuz, tush

3. Ushbu parchadan eskirgan so`zlarni toping: soni nechta? Amir Temur katta olimlarni, xususan , fiqhshunoslar, muhaddislar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar ,tabiblarni xush ko`rardi. A) 5. B) 8. C) 7. D) 6.

4.Iboralarga berilgan to`g`ri izohni toping. A) Kavushini to`g`irlab qo`ymoq- qaqmoq. B) Ko`klarga ko`tarmoq – xursand. C) Kapalagi uchib ketmoq – qo`rqmoq. D) Qovog`idan qor yog`moq – oson.

5.Morfologiya haqida bildirilgan noto`g`ri fikrni toping. A) Leksikologiya bilan morfologiya o`rtasida uzviy aloqa mavjud , har ikkalasida so`z o`rganiladi. B) Morfologiya – so`zlarning grammatik ma`nolari va ularni ifodalovchi grammrtik shakllarni o`rganuvchi tilshunoslik bo`limi. C) Morfologiya va leksikologiya so`zning qaysi tomonini o`rganish bilan farqlanmaydi. D) Morfologiya yun, morphe “ shakl”, logos “ so`z”, talimot so`zlaridan olingan bo`lib ,so`z shakllari haqidagi ta`limoti.

6. Ota-bobolarimiz, momolarimiz mehnatkash yoza qalbli, imonli , odobli , e`tiqodli , vijdonli ,bir-biriga oqibatli , mehir –muhabbatli , saxovatli insonlar bo`lishgan . Ushbu gapda nechta yasama so`z ishtirok etgan. A) 10. B) 11. C) 9. D) 12.

7. Xalq ( tabobat) qulupnay ( meva) terlatuvchi , bezgak ( xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so`zlarga kerakli qo`shimchalardan mosini qo`ying . A) i,dan, ni, B) da, dan, ga C) ni, da,dan D) ida, sidan, iga

8. Odatda so`z tarkibida tartib –,, Asoslar- so`z yasovchi- lug`aviy shakil yasovchilar- sintaktik shakl yasovchi“ bo`lib shunga ko`ra o`zgargan tartibda berilgan so`zlar qatorini belgilang. A)A va B B) Bog`bonlari paxtachiliklarga ishchilarga. C) Bilimdonlarga, siyohdonlar, D) Angladim , oshpazlarga , kitobxonlardan.

9. So`z turkumlari ma`no va vazifasiga ko`ra nechta guruhga bo`linadi? A) 6. B) 4. C) 5. D) 3.

10. O`timli fe`llar berilmagan qatorni belgilang. A) o`qidi ,yozdi , kiydi B) almashmoq ,jiringlamoq C) so`roqlamoq , yuzlanmoq D) qaramoq , so`ramoq , o`xshamoq

11. Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe`l shakillari nima deb ataladi? A) Harakat va holat fe`llari B) o`timli va o`timsiz fe`llari C) fe`lning vazifa shakillari D) nisbat shakillari

12. Ota o`g`lini o`zga yurtga safarga otlantirib , oq fotiha berarkan , balo –qazolardan saqlaydi degan manoda farzandining qo`liga non tutqazgan . Ushbu gapda nechta nisbat shakli ishtirok etgan va ular qaysilari? A) 4ta: o`zlik , orttirmo , aniq B) 3ta: birgalik , orttirma , o`zlik C) 4ta: 2ta orttirma , 2ta aniq D) 4ta: 3ta orttirma , 1ta aniq.

13.Xastani , keksalarni ko`rish , ustozni ziyorat qilish, hol – ahvol so`rash uyiga non tugib borishdan boshlangan. Ushbu gapda vazifasiga ko`ra qanaqa va nechta qo`shimcha ishtirok etgan? A) 15ta: 9ta lug`aviy ,6ta sintaktik B) 13ta: 8ta lug`aviy , 5ta sintaktik C) 14ta: 8ta lug`aviy , 6ta sintaktik D) 13ta: 7ta lug`aviy ,6ta sintaktik.

14.Majhul nisbatda berilgan gapni belgilang . A) Buyuk bobokulonimiz A. Navoiy 1441- yilda tug`ilganlar B) U yuziga belbog`ini tashlab ,ko`rpachaga cho`zildi C) A va B D) belbog`imga bitta kulcha tug`ilgan

15. Orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi qo`shimchalar berilgan qatorni belgilang. A) – giz ,-tir , -ir ,-ar ,-iz ,-t B) –dir,-gaz ,-lan ,-ish ,-sh C) –n, -in,-l,-il,- kaz,-iz D) –sh,-dir,-l,- ar,-,t

16.Orttirma nisbat qo`shimchalarningqaysi birida undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi . A) –giz,-g`iz,-kiz,-qiz B) –ir,-ar,-iz C) –dir,-tir,-t D) –ish,-sh,-ar

17. 1.Odamlar bilan ullarning aqliga monand gaplash 2. Qushlar uni yaxshi ko`rishib, Mayna deb ism qo`yishibdi . Ushbu gaplarda fe`lga qo`shilgan –sh ,-ish qo`shimchalariga berilgan to`g`ri ta`rifni belgilang. A) 1- gapda birgalik nisbat ,2-gapda aniq nisbat B) 2-gapda ham birgalik nisbat C) 1- gapda aniq nisbat , 2- gapda birgalik nisbat D) har ikkala gap aniq nisbatda.

18. Xuddi g’azaldek qofiyalanadigan janr bu?

19. Qaysi nisbat shakillari fe`l asosiga birdan ortiq qo`shilishi mumkin?

20. T To’laning qaysi to’plamlarida barcha xalqlar qatorida o’zbek xalqining ham ko’nglida to’lib-toshgan fashizmga nafrat tinch va osoyishta hayotni qo’msash urushga ketgan farzandlarini sog’inish hislari badiiy ifoda etilgan?

21. Shokir va Shavkat qaysi asar qahramonlari?

22.Qaysi asar qahramoni qorni to’ysa ashula aytib yuboradigan odati bor edi? 23..Qaysi yozuvchi yoshligi qo’g’irchoq yasovchi usta yoki rassom bo’lishni xohlagan? 24 ” Olov sochlar” muallifi?

25”.Mahbub ul qulub” asarini nasriy bayonini tayyorlagan olimni nomi?

Она тили 7-синф 1-вариант (ихтисослаштирилган)
1. Yordamch so`z turkumlari haqidagi qaysi hukm noto`g`ri?

A) Hech qanday so`roqqa javob bo`lmaydi.

B) Gap bo`laklari vazifasida keladi.

S) Atash ma’nosiga ega emas.

D) Grammatik ma’no bildiradi.

2. Quyidagi qaysi gapda sof ko`makchi ishtirok etgan?

A) Kitob ustida uzoq ishladi.

B) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.

S) Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher.

D) A’zamjon qilmishi uchun undan uzr so`radi.

3. Vazifadosh ko`makchilar qaysi qatorda qo`llanilgan?

A) ko`ra, old, qadar

B) atab, ust, avval

S) oldin, bilan, ushun

D) uzra, deb, qarab

4. –ga qo`shimchasiga ma’nodosh bo`lib keluvchi ko`makchini bel-gilang.

A) bo`ylab B) tomon

S) A va B D) ko`ra

5. Sof ko`makchi qatnashgan gapni belgilang.

A) Do`stlik haqida suhbatlashdik.

B) Zamin uzra quyosh nurlari taralmoqda.

S) Daryo bo`yi chig`anoqlarga to`lgan.

D) Dastlabgi ikki variantda mavjud.

6. Qayso qatorda o`xshatish qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin?

A) Qanday hislarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bilmog`i va shunga intilmog`i lozim.

B) Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga.

S) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab turadi.

D) Unday demang, hamma ham birday emas.

7. Qaysi gapda kelishik qo`shimchali to`ldiruvchini ko`makchili to`ldiruv-chiga almashtirib bo`lmaydi?

A) Qishloqqa avtobusda ketadigan bo`ldim.

B) Xat qizil qalamda yozilgan edi.

S) Bekorchidan xudo bezor.

D) Sayohat vaqtida ko`rganlarimdan barini gapirdim.

8. Ko`makchilar qaysi kelishiklar bilan vazifadosh bo`la oladi?

A) tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin-payt

B) jo`nalish, o`rin- payt, chiqish

S) barcha kelishiklar bilan

D) jo`nalish va chiqish kelishiklari bilan

9. Jo`nalish kelishigini boshqarib keluvchi ko`makchini belgilang.

A) muvofiq B) sayin

S) chog`li D) uzra

10. Old, ost, ust ko`makchilari qaysi kelishik shaklidagi ismlarga qo`shilib keladi?

A) qaratqich kelishigi

B) o`rin-payt kelishigi

S) tushum kelishigi

D) jo`nalish kelishigi

11. Shart bog`lovchisi berilgan qatorni belgilang.

A) basharti B) mutlaqo

S) ya’ni D) zero

12. Bog`lovchi vazifasida kelgan yuklama qatnashgan gapni belgilang.

A) Nosir Oxun eski bo`lsa-da, ozoda kiyimda edi.

B) Birrov kirdi-da, chiqib ketdi.

S) Choy qaynatib ichishni-da unutdi.

D) Majlis ertaga qoldirilmaydi-da.

13. Biriktiruv bog`lovchilari o`rnida qanday tinish belgisi qo`yiladi?

A) vergul B) chiziqcha, vergul

S) chiziqcha D) ikki nuqta, vergul

14. Bu jarang-jurung ovozlar uning g`ashini keltirmas, balki xayolini chalgi`itib, unga orom bag`ishlardi.

Ajratib ko`rsatilgan soz`ni izohlang.

A) modal so`z

B) yuklama

S) zidlov bog`lovchisi

D) mustaqil so`z

15. Qaysi bog`lovchilar teng bog`lovchilarga mansub emas?

A) zidlov bog`lovchilari

B) ayiruv bog`lovchilari

S) bog`lovchi- yuklamalar

D) aniqlov bog`lovchilari

16. Qaysi qatorda shart bog`lovchilari to`g`ri ko`rsatilgan?

A) chunki, zero, zotan, gar

B) toki, mabodo, basharti

S) agar, basharti, mabodo, garchi

D) ammo, yoki, garchi, gar

17. Go`yo, bamisoli, xuddi bog`-lovchilari ergashtiruvchi bog`lov-chilarning qaysi turiga mansub?


A) qiyoslash B) maqsad

S) shart D) sabab

18. Adabiyot o`qituvchisi Yunus Latipov qaysi ijodkorning hayot yo`lida uchraydi?

A)Chingiz Aytmatov S) Shuhrat

B)Mirkarim Osim D) Asqad Muxtor

19. Asardagi voqealar tizimi - _________

20. “Xamsa”dagi qaysi dostonda yaxlit bir voqea hikoya qilinmay, u fik- mulohaza, mushohada va tah-lillardan iborat, kichik hajmli hiko-yalardan tuzilgan?_______

21. “Oq kema” qissasida xalq ramzi bo`lgan obrazni yozing. ________

22. Eski o`zbek tilida faqir, qulingiz kabi so`zlar ega vazifasida kelganda kesim asosan qaysi shaxs shaklida bo`lgan? ____

23. Olmoshning qaysi turlarida kelishik qo`shimchasi belgisiz qo`llanishi mumkin?

24. “Cho`li iroq” asari janri va muallifini yozing. ________

25. Boshqa bo`laklar bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydigan faqat maz-munan bog`lanadigan birlik qatnash-gan gap yozing. ___________



Она тили 8-синф 1-вариант (ихтисослаштирилган)
1.Asli yunoncha bo`lib, “yopishtirish”, “bog`lash”, “qurish” ma’nolarini bil-diruvchi atama qaysi bandda berilgan?

A) Ellepsis B) sintaksis S) tavtologiya D) parafraza

2.Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qo`llangan?

A)Hamma paxta terimiga! B) Oling qo`lingizni.

S) Nega topshiriq bajarilmadi? D) Bu yerda chekilmasin.

3. “Mirzo Ulug`bek” fojiasida rus elchilari Ulug`bek saroyiga nima maqsadda tashrif buyurishgan?

A) Samarqandni ziyorat qilish uchun

B) kitoblar nusxasidan olib ketish uchun

S) Turkistonning shohi matolaridan olib ketish uchun

D) Ulug`bek madrasasida tahsil olish uchun

4.Quyidagi gapda na so`zi qanday gap bo`laklarini bog`lashga xizmat qilgan?

Avvalo shuki, kovush tikishga na charm, na sirach, na mix, na lok.

A) kesim B) ega S) to`ldiruvchi D) ega, to`ldiruvchi

5. Nomustaqil hol qo`llangan gapni toping.

A)Har yerda bor tosh-u tarozu.

B) Xiyobon oxirida ayvoni baland bahavo binoni butun hovlining ko`rki desa bo`ladi.

S) Lakshman esa darrov tanidi,ularni Chorsu maydonida,bozorda, to`y-tomoshalarda ko`p ko`rgan.

D) Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi.

6. Usta Binoqul shishib ketgan oyoq-larini sudrab bosganicha zorlanib inqillaydi.

Berilgan gapda nechta sifatlovchi qo`llangan?

A)1ta B) 2 ta S) 3 ta D) sifatlovchi qo`llanmagan

7. Ega qatnashmagan, shu bilan birga, uchinchi shaxs shaklidagi fe’l kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gapga qaysi bandda misol keltirilgan?

A) Yam-yashil o`tov. Hulkar bu yerga kelsa, qanday quvonadi.

B) –Sog`ligingiz yaxshimi?

-Rahmat.

S) Yo`lda biroz to`xtashga to`g`ri keldi.

D) Jo`jani kuzda sanashadi.

8. Qaysi gap tarkibida ega otlashgan so`z bilan ifodalangan?

A) Hayot shunisi bilan ham qiziqki, hammaning ham o`ylagani bo`la-vermaydi.

B) Bilmaganin so`rab o`rgangan olim.

S) Ijobiy xislatlar hammada mavjud, faqat kimlardadir u bo`y ko`rsata ol-magan.

D) Aytganingga o`zing ishonmasang, boshqalar ishonmaydi.

9. So`zlarga tushum kelishigi qo`shim-chasi qo`shilganda qanday fonetik o`z-garish sodir bo`lishi mumkin?

A) tovush almashishi B) tovush tushishi

S) tovush orttirilishi D) tovush almashishi va tushishi

10. Qaysi hukm noto`g`ri?

A) kesim sifat yoki ravish bilan ifo-dalansa, ega va kesim orasida tire qo`yilmaydi.

B) kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalansa, ega bilan kesim orasida tire qo`yiladi.

S) Ega bilan kesim bu, u, mana bu so`zlari bilan ajratilganda tire ishla-tilmaydi.

D) agar ega va kesim orasida ham yordamchisi bo`lsa, tire ishlatilmaydi.

11. Dostonda tasvir etilayotgan voqea yoki harakat sur’ati tezlashgan hollarda necha bo`g`inli she’rlardan foydalaniladi?

A) o`n bir bo`g`inli B) yetti bo`g`inli S) sakkiz bo`g`inli D) to`qqiz bo`g`inli

12. Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol birikmasidagi so`z birikmalari sonini aniqlang.A) 5 ta B) 4 ta S) 3 ta D) 6 ta

13. Berilgan so`z birikmalari tarkibida ajratilgan vositalardan qaysi birlari qo`shimcha ma’no berayotganini aniqlang.

A) g`alabaga erishmoq, buyuk baxt

B) tinchlik haqida suhbat, so`nggi qo`ng`iroq

S) do`stlar bilan uchrashuv, baxt kaliti

D) mustaqilliknigina sharaflamoq, chog`roqqina xona

14. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar.

Ushbu gap ega ishtirokiga ko`ra gaplarning qanday turiga mansub?

A)Egali gap B) egasi noma’lum gap S)Egasi ma’lum gap

D) egasi umumlashgan gap

15. Bog`imizda qovun (1) handalak (2) olma (3) o`rik (4) shaftolilar pishib yotibdi.

Ushbu gapda raqamlar o`rniga qanday tinish belgisi qo`yiladi?

A)Hammasi vergul B) 1,3,4-vergul,2-ikki nuqta

S) 1,3,4-vergul,2-tire D) 1,3,4-vergul,2-nuqtali vergul

16. Senday yashamayman endi bir zum ham.

Ushbu gapda kesim oldida kelgan bo`lak holning qanday ma’no guruhiga mansub?

A) payt holi B) maqsad holi S) daraja-miqdor holi D) ravish holi

17. Qaysi ijodkor Mirza Fatali Oxundov asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Usmon Nosir B) Maqsud Shayxzoda S) Asqad Muxtor D) O.Sharafiddinov

18. Zamonaviy mavzuda yozilgan romanlarni yozing.---------

19. “deyin” radifli g`azalining matla’si va maqta’sida qaysi she’riy san’at qo`llangan?

20. Qit’aning qofiyalanish tartibini yozing.------------

21. Harakat nomidan keyin jo`nalish kelishigi qo`shimchasi yoki uchun ko`makchisini keltirish bilan holning qaysi ma’no turi hosil qilinadi? ______

22. G`afur G`ulomning qaysi she’rida “ o`zbek otasi” ning bo`rtma, umumiy, hamma uchun tanish , yaxlit siymosi aks etgan?-------------------- 23. Ba’zida bir nafas olgulik fursat

Ming yulduz so`nishi uchun yetgulik. Misralar muallifi kim?------------

24. “Ufq” romanida qaysi obraz o`g`lidan kelgan qora xatni xotinidan yashirib yuradi?



25. Til birligi nima?----------------------
Yüklə 102,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə