Ommaviy oferta


Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 2.8



Yüklə 146,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix12.05.2023
ölçüsü146,99 Kb.
#109885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
oferta

2.7.
Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
2.8.
Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari operatorning 
maxsus hisobraqamida foizsiz saqlanadi.
3
. Operatorning huquq va majburiyatlari
.
3
.1 Operatorning huquqlari quyidagilar:
a) “Operator” axborot bazasida operatorning hisob raqamiga zakalat to‘liq hajmda tushmagan 
taqdirda “Ishtirokchi”ning arizasini veb-portalda rad etish;
b) auksion natijasi bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini belgilangan tartibda taqsimlash 
(qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
d) talabgorlarni elektron onlayn-auksion va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga 
qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
e) mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 
axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
f) elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining 
sertifikatlarini berish;
g) auksionda sotilgan obyektning qiymatini (operator xizmat haqini) belgilangan muddatda 
to‘lamagan auksion (tanlov) ishtirokchilariga zakalat pulini qaytarmasdan “Operator”ning tasarrufida 
qoldirish;
h) operator auksion ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, saqlash, uzatish va qonuniy 
asosga ega bo‘lgan holda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilinishiga yoki boshqa turdagi qayta ishlash 
huquqiga ega.
3
.2 Operatorning majburiyatlari quyidagilar:
a) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni belgilangan vaqtda tashkil etish (auksion va tanlov 
savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilgan hollar bundan mustasno);
b) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida 
o‘tkazilishini ta’minlash;
d) savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda imkoniyatlar 
tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno;
e) auksion yoki tanlov yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborotlarni e’lon qilinishini ta’minlash;
f) elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy 
ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish;
g) elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, qonunchilik 
hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
h) foydalanuvchilar savdo platformasi yana-da qulayroq ishlashi borasida o‘z fikrlarini erkin va 
oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va 
imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash;


i) aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda 
savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.
“Operator” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

Yüklə 146,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə