Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti 5-1 arx-17 guruh Arxivshunoslik yo’nalishi arxiv evristikasi fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/4
tarix28.12.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#97987
  1   2   3   4
Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari




Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti 5-1 ARX-17 guruh Arxivshunoslik yo’nalishi arxiv evristikasi fanidan Mustaqil ishi

Mavzu: Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari.


Bajardi: Shokirova.Y
Tekshirdi: To’rayev.A


Mavzu: Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari.
Reja.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o’tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

  2. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondida saqlanadigan hujjatlarning salmog’i.

  3. Arxiv hujjatlarini doimiy saqlashga doir asosiy tushunchalar.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) muvofiq hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) hamda shaxsiy arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
dublet hujjat — hujjatning ko‘paytirilgan nusxasi yoki bir qancha nusxalari. Dublet hujjatlar bir tashkilotning yoki uning tarkibiy tuzilmalaridagi arxiv fondida bo‘lishi mumkin;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash uchun tanlab olish maqsadida hujjatlar yoki arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmui;
Ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda EK deb yuritiladi) — tashkilotlarda hujjatlarni, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ularni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va olib borish uchun tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
Markaziy ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) — vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora va yuridik shaxslar birlashmalarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlarning EKlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarning EK va MEKlari faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2347-1, 01.08.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 373-modda)
Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalarini ko‘rib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida ish olib boradigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
Milliy arxiv fondi (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) — O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui;
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat (bundan buyon matnda hujjatlarning namunaviy ro‘yxati deb yuritiladi) — “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, tarmoq ro‘yxatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi, hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat;
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq ro‘yxati (bundan buyon matnda hujjatlarning tarmoq ro‘yxati deb yuritiladi) — hujjatlarning namunaviy ro‘yxati asosida tarmoq boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan ro‘yxat;
shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar — xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari.
II bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari
3. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
hujjatlarning ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatidan kelib chiqib ularning saqlash muddatlarini aniqlash;
hujjatlarni noto‘g‘ri va asossiz yo‘q qilish holatlarini bartaraf etish.
4. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlaridan kelib chiqib aniqlash va tanlab olish;
etishmaydigan materiallar o‘rnini to‘ldirish yo‘li bilan arxiv fondlari tarkibining to‘liqligiga erishish;
hujjatlarning jismoniy holatiga baho berish.
III bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy bosqichlari
5. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
ish yuritish jarayonida;
hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida;
arxivda.
6. Ish yuritish jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish hujjatlarning yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish, hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va ularni idoraviy saqlashga tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi.
7. Hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish hujjatlarning yig‘majildlarini tartibga solish va arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi.
8. Arxivda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
egasiz hujjatlar arxivga tartibga solinmagan holda saqlash uchun olinganda;
arxiv ro‘yxatlarini takomillashtirish va qayta ishlash jarayonida.
IV bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish mezonlari
9. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish hujjatlarning kelib chiqishi, mazmuni va tashqi o‘ziga xosliklarining tegishli mezonlarini kompleks qo‘llash yo‘li bilan tarixiylik, tizimlilik va butlilik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
10. Hujjatlarning kelib chiqishi mezonlariga quyidagilar kiradi:
hujjatli fond tashkil etuvchining (faoliyatida hujjatli fond hosil bo‘ladigan yuridik shaxs) va u tomonidan bajariladigan vazifalarning ahamiyati;
hujjatlarning muallifliligi, ularning tuzilgan vaqti va joyi.
11. Hujjatlarning mazmuni mezonlariga quyidagilar kiradi:
hujjatlarda saqlanayotgan axborotning qimmatliligi;
hujjatlarning yuridik kuchi va aslligi;
hujjatlarning maqsadli yo‘naltirilganligi;
hujjatning turi va ko‘rinishi.
12. Hujjatlarning tashqi o‘ziga xosligi mezonlariga quyidagilar kiradi:
qayd etish shakli va mazmunini yetkazish (hujjatning tashqi ko‘rinishi, ko‘rsatma, qayd yozuvi va belgilarning mavjudliligi);
hujjatlarni tasdiqlash va rasmiylashtirish (badiiy, paleografik, tilga oid va boshqa xususiyatlar);
hujjatlarning jismoniy holati va moddiy asosining xususiyatlari.
V bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish jarayoni va uning natijalarini rasmiylashtirish
13. MAF tarkibiga kiruvchi hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tashkilotlarning EK (MEK) bilan tegishli ETK (ETUK)ning ilmiy-uslubiy rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
MAF tarkibiga kiruvchi hujjatlarni aniqlash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish METK yoki tegishli ETK (ETUK) tomonidan amalga oshiriladi.
14. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tashkilotning tarixini yoki arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarning tarjimai holini, ulardagi hujjatlarning tarkibi va mazmunini o‘rganishdan boshlanadi.
Katta hajmdagi, murakkab va bir turdagi arxiv fondlarining hujjatlari bilan ishlash uchun ishchi yo‘riqnoma hamda doimiy va vaqtinchalik saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarning taxminiy ro‘yxati tuziladi.
Har bir yig‘majildni betma-bet ko‘zdan kechirish orqali unda dublet yoki yaroqsiz hujjatlarning mavjudligi aniqlanadi va ushbu hujjatlarning nusxalari saqlash uchun qaysi yig‘majildda qoldirilishi belgilanadi.
15. Arxiv fondlarini o‘rganish hujjatlarning quyidagi guruhlarini aniqlashga yordam beradi:
doimiy saqlash muddatidagi hujjatlar;
alohida qimmatli va noyob hujjatlar;
vaqtincha saqlash muddatidagi hujjatlar;
yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar.
16. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish jarayonida asosiy e’tibor tashkilotlarning ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarini aniqlash va tanlab olishga qaratiladi.
17. Zarurat tug‘ilganda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish uchun boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb qilish mumkin.
18. Yig‘majilddagi hujjatlarning ko‘p qismi vaqtincha saqlash muddatidagi hujjatlar bo‘lganida, shuningdek hujjatlar yig‘majildiga 250 tadan ko‘p varaq kiritilgan yoki hujjatlar yig‘majildining eni 4 santimetrdan ortiq bo‘lgan hollarda tikilgan hujjatlar yig‘majildi so‘kiladi va qayta rasmiylashtiriladi.
19. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish vaqtida ularni saqlash muddatlarini aniqlash uchun hujjatlarning namunaviy va tarmoq ro‘yxatidan, shuningdek tashkilotlarning tasdiqlangan yig‘majildlar ro‘yxatidan foydalaniladi.
20. Hujjatlarning namunaviy va tarmoq ro‘yxatlariga kiritilmagan hujjatlarni saqlanish muddatlari tashkilotlarning tegishli davlat arxivlari ETK (ETUK) yoki METK bilan kelishilgan EK (MEK) qarori bilan belgilanadi.
21. Axboroti takrorlanadigan, shuningdek dublet hujjatlarni yo‘q qilishga ajratib olish faqatgina ularni saqlash uchun olib qo‘yilgan hujjatlar bilan solishtirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatlarning asl nusxalaridan tashqari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarning dubletlari, shuningdek matnida qayd yozuvi, ko‘rsatma, belgilar va tuzatishlari mavjud bo‘lgan hamda tez-tez ishlatiladigan hujjatlarning nusxalari ham saqlash uchun qoldirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
22. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish natijasida quyidagilar tuziladi:
doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxati (1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq);
alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxati (2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq);
saqlash muddati 10 yildan ortiq bo‘lgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxati (3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq);
shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxati (4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq);
hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati (yagona ilmiy-uslubiy asosda tuziladigan arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro to‘ldiruvchan arxiv ma’lumotnomalari majmui);
hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma (5, 5a va 5b-ilovalarga muvofiq).




  1. Yüklə 1,28 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə