Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi uning yosh xususiyatlari oliy nerv faoliyati tiplari



Yüklə 86 Kb.
səhifə1/4
tarix07.10.2023
ölçüsü86 Kb.
#126252
  1   2   3   4
15. zamonaviy o\'qitishning pedagogik psixologik texnologiyalari


ZAMONAVIY O'QITISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI
Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra «pedagogik tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir».
Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘ydi. Chunonchi, Milliy dastur ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi (pedagog) faoliyati yangilanadi, o‘quvchi-talabalarda hur fikrlilik, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.
Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi (pedagog)lar metodikani ko‘p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Metodika (uslubiyat) o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida o‘qituvchi (pedagog)ning kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi yig‘indisidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan rivojlangan mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.
Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Endilikda ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda mazmun ham, pedagogik jarayon ham yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron, axborot) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda «O‘rganish»ning birlamchi jarayonlarini an’anaviy metodika va o‘qitish vositalari qolipiga sig‘may o‘qituvchi (pedagog)ning individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining tarkibiy komponentlariga aylanib borayotgan va una o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik texnologiyani real voqelikka aylantirmoqda.
O‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ob’ektiv voqelikka aylandi. Axborotlashtirish esa bu jarayondagi inqilobiy «burilish»dir, ya’ni, ta’lim axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi-talaba-kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish – har qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga erisha omaydi. O‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari va vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish imkonini beradi.
Keng ko‘lamli va mustahkam bilim, ko‘nikma, malaka, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, muammolarni mustaqil hal etishda aniq maqsadga intilish va shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba yoshlar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllanishining zaminidir.
Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu – faoliyatdir. Demak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil etish shakl, metod, usul, vosita va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ta’minotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal etmaydi. Shu sababali axborot ta’minotini pedagogik jihatdan boshqarish, ularning ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitilganligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pedagogik jihatdan boshqarishning predmeti inson omili bo‘lib, u o‘ziga xos ta’limtarbiya ishlari va uni boshqarish, ijodiy masalalarni yechish metodikasi va algoritmini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish, tayyorlash jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va yaratuvchanligini boshqarishning bosh masalalaridan biri hisoblanadi va u o‘z ichiga zaruriy axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, uni qayta ishlash, maqsadni aniqlash, maqsadga erishish rejasini ishlab chiqish, reja bo‘yicha ijodkorlik ishlarini tashkil qilish, uning amalga oshishini nazorat qilish, ushbu tizim faoliyatini tartibli olib borish va maxsus yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.
Har qanday boshqarish jarayoni, avvalo, maqsadni belgilash, ya’ni maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish ob’ektining ayni paytdagi holatini tahlil qilish va uning rivojlanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini o‘rganishdan boshlanadi. Ilmiy-texnik ijodkorlikni maqsadli pedagogik boshqarish mohiyatiga ko‘ra ob’ektiv tavsifga ega, unda inson shaxsini kamol toptirishning ob’ektiv qonunlari o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari maqsadli boshqarish tafakkur mahsuli va ular shaxslarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida shakllanadi. Maqsad, o‘z navbatida, pedagogik ob’ektdagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlari, boshqarish faoliyatini uning asosiy turlari va ularning mazmunini belgilab beradi.
Maqsadli pedagogik boshqarish o‘z mazmuniga ko‘ra vaqt omili va sharoitiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Yo‘nalish mazmuni esa, shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy va ilmiy-texnikaviy maqsadlar sifatida guruhlanadi.
Ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning muhim sharti maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Ob’ektiv axborotgina maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita bo‘la oladi.
Insonning miyasi turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish qobiliyatiga ega, bu esa ma’lumotlarni yengil, erkin va qiziqarli uzatishni talab etadi. Texnik vositalardan mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida samarali foydalanish didaktika muammosi hisoblanib, asosan, ko‘rsatmalilik prinsipini ta’minlash borasidagi faol harakat, usul deb baholanadi. Ta’lim jarayonida ko‘rsatmalilik zarurati bilish jarayonining xarakteri, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, undan keyin esa amaliyotga o‘tishi bilan bog‘liq. Pedagog va psixologlarning ta’kidlashicha, sezgi va tasavvur qilishdan tashqarida fikrlar harakatlanmaydi, shuningdek, o‘qitish jarayonida ham olg‘a siljish bo‘lmaydi. Demak, ko‘rsatmalilik faqat ongga ta’sir etish bilan chegaralanmasdan o‘rganuvchidan ma’lum his-hayajonli, motivni ham yuzaga chiqaradi, his etish va mantiqiy fikrlash birligi asosidagina egallangan bilimlar mustahkamlanadi.
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishning yangi pog‘onasida o‘qitishni texnik vositalarsiz ko‘tarib bo‘lmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri – axborotlarni o‘quvchitalabalarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yordamida ta’minlanadi Shunday qilib, fanning rivojlanishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyot birbirini taqozo etib, ijodiy faoliyatni tashkil etish jarayonini axborotlar bilan ta’minlash muayyan darajada boshqarish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Ammo o‘quv mashg‘ulotlarini ta’lim metodlari bilan boyitish ta’lim tizimi va mantiqini buzmasligi kerak. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quvchitalabalarda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga imkon beruvchi axborotlar yig‘ish hamda ulardan mashg‘ulot jarayonida foydalanish yo‘lida ma’lum imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu ma’lumotlar esa fan asoslarining axborot ta’minoti mazmuni va ijodkorlik metodlarini boshqarish imkoniyatlarini belgilaydi. Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayonining samarasi ko‘p jihatdan uning axborot ta’minotiga ega bo‘lishini va pedagogik jihatdan boshqarish yo‘nalishlarining tizimli hamda uzluksiz bo‘lishini taqozo etadi.



Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə