Oilaning turlari


Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat?



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#140308
1   2   3   4   5   6
OILANING TURLARI

Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat?
Nikox- oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabkt, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bо‘lib kelgan xususiyatlardan biri uni о‘z a’zolarining munosabat talablaridan biri uni о‘z a’zolarining axloqiy- psixologik ximoyalanishni ta’minlash, yosh bolalarga va mexnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam kо‘rsatish kabilardan iborat bо‘lib kelgan.
Bu xolat о‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil bо‘lish. Oilaning rekreativ funksiyasi – о‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam kо‘rsatish, bir-birining salomatligini mustaxkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish demakdir.Bu funksiya keyingi yillarda yanada muxim axamiyat kasb etmoqda. Oila a’zolari salomatligini mustaxkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish, oila a’zolarning bevosita mexnat, о‘qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlardan xoli xolda, ya’ni bо‘sh vaqtlarni birgalikda о‘tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning о‘zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustaxkamligi uchun muxim axamiyatga ega bо‘lgan omillardan xisoblanadi.Bо‘sh vaqt jamiyatining nixoyatda muxim ijtimoiy qadriyatlaridan birdir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bо‘sh vaqtni muntazam ravishda qanday о‘tkazishga qarab xar bir odamning yetuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baxo berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki-dam olish va sog‘lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida axamiyat berila boshlandi. Lekin kо‘pchilik turli sabablar bilan (ularning о‘zlari kо‘proq moddiy sababni kо‘rsatishda) madaniy dam olishga e’tibor bermay qо‘yganligini xam aytib о‘tish lozim. Xozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizim va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda. Shuni xam ta’kidlab о‘tish joizki xozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini kо‘p xollarda davlat va ijtimoiy tashkilotlar о‘z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a’zolarining xafsizligini ta’minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam kо‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bо‘lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va о‘z sog‘liklarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriyalarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning о‘z a’zolarining axloqiy-psixologik ximoyanganligini ta’minlashdagi roli toboro ortib bormoqda. Chunki inson faqat о‘z oilasidagina va faqat о‘z yaqinlari qurshovidagina о‘zini tom ma’noda xotirjam,erkin xis qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning о‘rnini xech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə