O ‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi mamatova Feruzaning Mulohazalar. Inkor Kon’yunsiya va Diz’yunksiya mavzusidagi malaka


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARI HAQIDA ESSE



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə9/10
tarix28.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#124362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O ‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand vilo

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARI HAQIDA ESSE.
Tarixdan ma`lumki, O`rta Osiyo dunyoga ko`plab mutafakkir olimlarni, shoirlarni va jahongashta sarkardalarni yetkazib berdi.
Mumtoz inson, tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatic siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo bor yo`g`i qirq yeti yillik qisqa umri davomida jahon tarixidan shavkatli o`rin olib ulgurdi.
Buyuk Temuruylarning zabardast vorisi Bonbur Mirzo 1483 yilda Andijonda tavallud topadilar. Qismat uni bir tomonda, o`n ikki yoshida hukmdor bo`lishga, o`n to`qqiz yoshida o`zi tug`ilgan diyorini tark etishiga, ikkinchi tomondan yigirma besh yoshidan boshlab Afg`oniston, Pokiston, Hindiston , Bangladesh kabi qator mamlakatlarni bo`ysundirib, 1526-yil Boburiylar saltanalati nomli yirik davlat barpo etishga musharraf bo`ldi.
Uning mamlakat qurish siyosati, harb ilmi asrlar davomida jahon hukmdorlari uchun ibrat makrtabi bo`lib xizmat qildi. Shu sababli bu boradagi noyob tajribalari Yuliy Sezar, Bonapart Napoleon, Amir Temur singari mumtoz davlat arboblarining nomlari bilan bir qatorga qo`yib o`rganiladi.
Bobur Mirzo shoir, adiB, she`rshunos-adabiyotshunos, donishmand, faqih, tilshunos, tabiatshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi sifatida o`zidan bebaho ma`naviy meros qoldiridi.
Boburdan bizga ulkan meros qoldi. Bu meros shoirning devoni, “Boburnoma” si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy –ta`limiy ruhdagi asarlaridan iboratdir. U Xo`ja Ubaydullohning “Risolayi Volidiya” sini o`zbekchalashtirdi. Musulmon arkonlariga oid “Mubayyin” asarini yaratdi, “Xatti Boburiy” ni ixtoro qildi.
“Boburnoma”-adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o`z davridagi ko`plab kishilarning turli vaziyatlaridagi kechinmalari, Osiyoning ko`plab tog`lari, daryolari, o`rmon va cho`llari, iqlimi, aholisi, ijtrimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi ma`lumotlar jamlangan.
“Boburnoma”- O`rta Osiyo, Afg`oniston, Pokiston, Hindiston, Eronning XIV-XV asr boshlaridagi tarixi, jug`rofiyasi, hayvonott va nabotot olami, aholiasi, mashg`ulotlari, buyuk tarixiy shaxslari, qabilalar, ularning turmush tarzi, hududlarning iqlimi, mazkur davrdagi murakkab siyosiy vaziyat,bilan birgalikda adabiy jarayonlar, mazkur davrdagi ilmiy muhit, olimu shoirlar va ularning ijodlari haqida ma`lumot beruvchi shoh asardir.
Asar memuar xarakterga ega asar bo`lib, 1493-1529 yillarda kechgan voqelar bayon etilgan. Asarda tarixning Bobur yashab o`tgan davri voqealari ifodalangan. Bu coqealar Andijon, Samarqand, Xo`jand, Hirotdan boshlab, Qobul va Agragacha bo`lgan qamrovga ega. Ya`ni unda O`rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo`lgan o`lkalardagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqelar bayoni aniq, ixcham va lo`nda, ta`sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e`tiborlidir.
“Boburnoma” asari muallif tomonidan dastlab “Voqeoti Boburiy”, “Tarix” nomlari bilan atalgan, keyinchalik asrlar davomida unga nisbatan “ Boburnoma” nomi berilgan. Asar 3 qismdan iborat: Movorounnahr, Qobul, Hindiston qismlaridir.
Asarning Movorounnahr qismida asosiy voqea va hidisalar 1493-1500 yillarni o`z ichiga olgan bo`lib, muallifning nasl-nasabi, oilasi, shajarasi, ularga ta`rif, hayoti, o`ziga xos xusuiyatlari, muallifning yoshlik yillari, taxtga chiqishi, mazkur davrda Temuriylar saltanati siyosiy inqirozi va taxt uchun kurashning avj olishi va bu kurashga Boburning ham qo`shilishi, undagi siyosiy jarayonlar va 1501 yil Movorounnahrdan bosh olib chiqib ketishi kabi tarixiy lavhalar joy olgan.
Asarning Movorounnahr qismida o`lkaning tabiati, shaharlari, aholisi, ekinlari, nabotot olami, o`lkaning o`ziga xos iqlimi aks etgan. Jumladan, asarda Andijonni shunday ta`riflaydi “ Farg`ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig`i g`ofur, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo`lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noshpotisidan yaxshiroq noshpoti bo`lmas. Movorounahrda Samarqand va Kesh qo`rgonidan so`ngra, mundin ulug`roq qo`rg`on yo`qdur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo`libdur. To`qqiz tarnov suv kirar. Eli turkturur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yo`qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur.” deya keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda “Boburnoma” nafaqat adabiy asar, balki tarixiy, jug`rofiy, memuar asardir. Butun O`rta Sharqning o`rta asrlardagi ensklopedik ma`lumotlari jamlangan bebaho asardir.Turkiy til rivojining yorqin namunasi. XV asrda Alisher Navoiy turkey tilni nazmda yuksak cho`qqiga ko`targan bo`lsa, Bobur mirzo esa XVI asrda nasrda uni yuksak cho`qqiga olib chiqdi.
“Boburnoma” nafaqat o`zbek xalqining ma`naviy mulki, balki butun turkey xalqlar, forsiy xalqlar, hindlar, doriylar, pushtunlar, tojiklar tarixini o`zida aks ettirgan butun O`rta Sharq xalqlarining ma`naviy mulkidir.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə